Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI BANK TIZIMINING O‘RNI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH O‘RNI
Sheraliyev Abbos Xolmuminovich
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук · 5 · 2020
Аннотация
ushbu tezisda tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar, jumladan bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi haqida, aktivlarining rentabelligini oshirish, sof foydaning oʻsish surʼati bilan brutto aktivlarning oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash yuzasidan, Respublikamizning yirik banklaridan biri bo‘lgan, Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi va Turonbankda aktivlar va sof foyda miqdorining oʻzgarishi 2020-2024 yillarda 4 yillik hisobot ma’lumotlari asosida o‘rganilgan hamda tegishli xulosalar qilingan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, tijorat banklari daromadlari, bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi, sof foyda, brutto aktivlar. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda ikki koʻrsatkichdan, yaʼni aktivlarning rentabelligi va oʻz kapitalining rentabelligi koʻrsatkichlaridan keng foydalaniladi. Shunisi xarakterliki, aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichining xalqaro bank amaliyotida umumeʼtirof etilgan meʼyoriy darajasi yoʻq, ammo, oʻz kapitalining rentabelligi koʻrsatkichining xalqaro bank amaliyotida umumeʼtirof etilgan meʼyoriy darajasi mavjud boʻlib, 15 foizni tashkil etadi. Tijorat banklari aktivlarining rentabelligini aniqlash uchun joriy yilning sof foydasi brutto aktivlar summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi. Ushbu koʻrsatkichning meʼyoriy darajasi boʻlmaganligi sababli, uni darajasiga baho berish uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlil usulidan foydalaniladi: *bankning aktivlarning rentabellik koʻrsatkichini joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi; *tijorat bankining aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi boshqa tijorat banklarining shu koʻrsatkichi bilan taqqoslanadi. Tijorat banklari oʻz kapitalining rentabelligini aniqlash uchun joriy yilning sof foydasi regulyativ kapital summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi. V.Fatuyev va V.Alxasov yozadi: “aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi aktivlarga joylashtirilgan resurslarning sof foyda koʻrinishida qaytib keladigan qismini koʻrsatadi va bankning samaradorligini tavsiflovchi ajoyib indikator hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkichning meʼyoriy darajasi 0,35 foizdan 1,15 foizgachani tashkil etadi”1. Haqiqatdan ham, aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi bir birlik aktivga toʻgʻri keladigan sof foydaning darajasini koʻrsatadi va resurslarning aktivlarga joylashtirish samaradorligi toʻgʻrisida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 1 Фатуев В.А., Алхасов В.Л. Анализ прибыли и рентабельности банка//Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки. – 2012. – №1. Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) 8 ISSN: 2181-2861 5 4,5 4,5 4 3,5 3,1 3 2,4 2,5 2,5 2,2 2 1,5 1,1 0,8 0,8 0,9 1 0,3 0,5 0 2020.y 2021.y 2022.y 2023.y 2024.y Turonbank O'zsanoatqurilishbank 1-rasm. Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi, foizda2 1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibtiki, Turonbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2022- yillarda oshish tendensiyasiga ega boʻlgan. Buning ustiga, bank aktivlarining rentabelligi 2024-yilda 2020- yilga nisbatan yuqori surʼatda oshgan. Keltirilgam ma’lumotlardan ko‘rinadiki tahlil qilingan davr mobaynida Turonbank aktivlarining rentabellik darajasi sezilarli darajada past bo‘lgan.Bu esa,sof foydaning brutto aktivlarga nisbatan kichchik miqdorga ega ekanligi bilan izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. 1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibtiki, Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2024-yillarda nisbatan yuqori boʻlgan. Buning ustiga, ushbu koʻrsatkichning darajasi 2024-yilda 2020- yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan O‘zsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasini 2024-yilda-2020 yilga nisbatan sezilarli drajada oshganligi sof foydaning osish suratini brutto aktivlarning o‘sish suratidan yuqori bo‘lgnaligi bilan izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtai- nazaridan ijobiy haolat hisoblanadi. Tijorat banklari aktivlarining rentabelligini oshirish sof foydaning oʻsish surʼati bilan brutto aktivlarning oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. 1-jadval Turonbankda aktivlar va sof foyda miqdorining oʻzgarishi, mlrd. soʻm3 Koʻrsatkichlar 2020y. 2021y. 2022y. 2023y. 2024y. Brutto aktivlar 8714 11009 12878 15938 17585 Sof foyda 115 101 52 57 23 1-jadval maʼlumotlaridan aniq koʻrish mumkinki, Turonbankda brutto aktivlarning miqdori 2020-2024- yillarda oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Biroq, mazkur davrda bank sof foydasining miqdori beqaror boʻlgan. Buning ustiga, sof foydaning miqdori 2024-yilda 2020-yilga nisbatan keskin kamaygan. Ushbu holatlar Turonbank brutto aktivlarining oʻsish surʼati bilan sof foydasining oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlanmaganligini koʻrsatadi. Turonbankd
Доказательный фрагмент
«ushbu tezisda tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar, jumladan bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi haqida, aktivlarining rentabelligini oshirish, sof f…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu tezisda tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar, jumladan bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi haqida, aktivlarining rentabelligini oshirish, sof f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tijorat banklari, sof foydaning, oʻsish surʼati, aktivlarning rentabellik, rentabelligi koʻrsatkichi, rentabellik darajasi, sof foyda
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021