К содержанию
РецензированоRU2025

ВИДЫ УЧРЕЖДЕНИЙ ПО ИСПОЛНЕНИЮ НАКАЗАНИЙ И ОРГАНИЗАЦИЯ ИСПОЛНЕНИЯ НАКАЗАНИЙ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ

Shuxrat Irnazarov

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения наказаний в виде лишения свободы. Отмечается, что уголовно-исполнительное законодательство нашей страны совершенствуется на основе гуманных принципов, введена новая система освобождения от наказания на основе помилования и поручительства общественных объединений. Ключевые слова: Лишение свободы, учреждения по исполнению наказаний, исправительные колонии, тюрьмы, исправительные колонии, колонии строгого режима, колонии особого режима, гуманность, уголовно-исполнительное законодательство. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, jumladan ma’muriy, jinoiy, jinoyat- protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqyelik bo‘ldi. 2 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi”. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida og‘ir jazolardan biri sifatida ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo‘lib, bu borada huquqshunos olimlar ham mazkur jazo haqida o‘z fikrini bildirgan. Jumladan, M.Usmonaliyev va G‘.O.Ermatovlar “jinoyatchilikka qarshi kurashda faqat qattiq jazo choralarini qo‘llash orqali ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini, G‘. Abdumajidov “o‘ta og‘ir jazo jinoyatchilikka qarshi kurashishda samara bermasligini”, professor Q.R.Abdurasulova “sudlar tomonidan faqat muqaddam sudlangan shaxslarga og‘ir jazo tayinlanishini”, A.A.Shamansurov, Ch.A.Sattorov, A.R. Payziyevlar esa “ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa jazolarni qo‘llash samarasiz bo‘lganida”6 qo‘llanilishi zarurligini o‘rinli qayd etadilar. Ayrim holatlarda, jazoni ijro etish joylariga yuborilgan mahkumlar qayta tarbiyalanish o‘rniga, jinoyat olamining barcha qonun-qoidalarini o‘zlashtirib, “professional” jinoyatchilarga aylanishiga sabab bo‘lmoqda1. Natijada keng jamoatchilik diqqat-e’tiboridan chetda qolish ehtimoli ko‘proq bo‘lmoqda. Bunday shaxslarni “qayta tarbiyalash” murakkab kechadi. Oxir oqibatda, jinoyat sodir etgan shaxsni umrbod ta’qib etilishi davlatga, jamiyatga nisbatan ishonchsizligini vujudga keltirishi mumkin. Shu o‘rinda professor I. Ismailov o‘rinli ta’kidlaganidek, “Amaliyot javobgarlikni kuchaytirish, ayniqsa ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy jazolarni qo‘llash orqali jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali tashkil etib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda”. Mazkur holatlarni batafsil o‘rganish maqsadida, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlardan “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llanilishi natijasida qanday imkoniyatlardan mahrum bo‘ldingiz” deb so‘ralganida, ularning 43 foizi “oilasi bilan birga bo‘lishdan, ularga moddiy tomondan yordam berishdan mahrum bo‘lganligi”, 24 foizi “kelajakda o‘qish va erkin ish tanlash huquqidan mahrum bo‘lganligi”, 14 foizi “sudlanganlik holatini keltirib chiqarganligi”, 19 foizi “ozodlikka chiqqandan so‘ng jamiyatga moslashishida qiyinchiliklarga duch kelishi”ni qayd etganlar. Shu o‘rinda professor E.X. Narbo‘tayev fikricha, “qonunchilikda jazolash yo‘nalishini kuchaytirish tendensiyasiga barham berish kerak”. Bu borada professor R. Kabulov “Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga katta xavf tug‘diradigan yoki boshqa jazo turlarini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlayotgan shaxslarga oxirgi jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi kerak”, deya o‘rinli ta’kidlaydi. Shu o‘rinda F.M. Muhitdinov o‘rinli ta’kidlaganidek, “xususiy manfaat bu omma manfaatining bir qismini tashkil etadi”. 2 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mamlakatimizda barcha shaxslarning manfaatlari davlat qonunlari bilan adolatli himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuni ham qayd etish kerakki, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan jazolarni qo‘llash orqali mahkumlarning jazoni ijro etadigan organlariga yuk kamayadi va ularni saqlash uchun mablag‘lar tejaladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Og‘ir jazo, ayniqsa, fuqarolarni jami

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения наказаний в виде лишения свободы.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения наказаний в виде лишения свободы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Deprivation of liberty, penal institutions, penal colonies, prisons, correctional, колонии строгого режима, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari, jazoni ijro etish muassasalari, maxsus tartibli koloniyalar, humaneness, колонии особого режима, criminal-executive legislation., turmalar, special regime colonies, тюрьмы, исправительные колонии, correctional colonies, уголовно-исполнительное законодательство., jinoyat-ijroiya qonunchiligi., insonparvarlik, manzil-koloniyalar, гуманность, strict regime colonies, Лишение свободы, Ozodlikdan mahrum qilish, учреждения по исполнению наказаний
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники