К содержанию
РецензированоUZ2025

DOLZARB EKOLOGIK MUAMMOLAR: SABABLARI, OQIBATLARI VA YECHIMLAR

Abduqayumov Sanjarbek Abdurashidovich · Norboyeva Umida Erkin qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, magistr)

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the most pressing environmental problems of our time, their causes, consequences, and possible solutions. It highlights global, regional, and local environmental issues such as air pollution, the greenhouse effect, ozone layer depletion, acid rain, and water scarcity. The paper also proposes effective measures for environmental protection, rational use of natural resources, implementation of waste-free technologies, and ensuring ecological safety. Key words: environmental problems, greenhouse effect, ozone layer, acid rain, water scarcity, waste-free technology, ecological safety, environmental protection. Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirlar ijobiy va salbiy ko’rinishda bo’lib, salbiy ta’sirlar ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ekologik ta’sir doirasining ko'lamiga qarab, shartli ravishda umumsayyoraviy yoki umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarga bo'lish mumkin. Umumsayyoraviy ekologik muammolar 2 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ sifatida aholining shiddatli tarzda tartibsiz ko'payib borishi ,xomashyo va energetik resurslarning kamayib borayotganligi, havo, suv, tuproqlarning ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni aytib o‘tish mumkin. Shuningdek, Ozon tuynugi, havo tarkibida CO miqdorining 2 oshib borishi, yerda o‘rtacha haroratning ortib borishi kabi hollarini ham umumbashariy ekologik muammolar guruhiga kiritish mumkin. Mintaqaviy ekologik muammolar ta’sir ko’lamiga ko'ra sayyoramizning alohida hududlari yoki davlatlariga xos bo‘lgan muammolardir. Masalan, Markaziy Osiyodagi Orol muammosi, Afrikaning ba’zi hududlaridagi qurg‘oqchilik va qahatchilik, G‘arbiy Yevropa va Amerikadagi ba’zi kuchli industrlashgan hududlarga xos muammolar mintaqaviy ekologik muammolardir. Mahalliy ekologik muammolar ta’sir ko'lamiga ko'ra nisbatan kichikroq hududlarda namoyon bo'ladilar. Bular alohida torroq hududlarga, masalan, shahar, tuman yoki ayrim ishlab chiqarish mintaqasiga xos muammolardir. Ekologik muammolar xususida fikr yuritilganda shuni doimo yodda tutish zarurki, ularni guruhlarga ajratish bu juda shartli bo'lib, ular ma’lum sharoitlarda tezda bir guruhdan ikkinchisiga o'tishi mumkin, ya’ni aslini olganda, ekologik muammolaming katta-kichigi bo'lmaydi, ularning hammasini ham vaqtida oldi olinmasa tabiat va insonga tuzatib bo'lmas darajada zarar yetkazadi. Insonlarning to'laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagi tirik organizmlar: o‘simliklar, hayvonlar , zamburug’lar va bakteriyalar inson uchun biologik resurslar (bioresurs ) hisoblanadi. Ular ahamiyatiga ko‘ra birinchi darajali resurslardir, chunki ular inson hayotining biologik asosini(ozuqa) tashkil etadilar. «Issiqxona effekti» hodisasi. Bir qator mikrogazlar yerning issiqlik muvozanatining o'zgarishida muhim rol o'ynaydi va yer yuzida asta-sekin haroratni oshib borishini xarakterlovchi «issiqxona effekti» deb ataluvchi hodisani sodir qiladi. Bu hodisaning sodir bo'lishida asosiy o'rinni egallovchi gazlar yorug'lik nurlarini o'zidan o'tkazib yuborsa-da, infraqizil nurlarni tutib qoladi. Quyosh nuri atmosfera orqali o'tib, yerning yuza qatlamini isitadi va yer o'zidan issiqlik hamda infraqizil nurlarni qaytaradi. Atmosferadagi «issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlar miqdorining o'zgarmasligi natijasida yerning issiqlik balansi doimiydir. Agar ularning konsentratsiyasi havo tarkibida oshib borsa, shunga monand ravishda harorat balansi ham o'zgarib, yer yuzasining isishi sodir bo'ladi. «Issiqxona effekti»ni hosil qiluvchi gazlardan 3 tasi, ya’ni uglerod qo'sh oksidi, metan va suv bug'lari eng ko'p ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan ularning konsentratsiyalari biosferaga antropogen ta’sirlar natijasida tez oshib boradi. Ozon qavatining yemirilishi. Ozon qavatining yemirilishi haqida olimlar 50-yillarning boshida ogohlantirishgan edi. Uning yemirilishi yuqori tovushli samolyotlar tashlaydigan azot oksidlari bilan bog‘liq degan fikrni ilgari surganlar. Ammo 1974- yilga kelib ozon ekranidagi «teshiklar» sun’iy kimyoviy birikmalar - ftor-xlor uglerodlar(FXU)ning ta’siri natijasi ekanligi aniqlandi. Bu gazlar parfyumer sanoatida, sovutkich qurilmalari, kondensionerlar va o‘t o‘chirish vositalari ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yer sharining har qanday regionidan atmosferaga tashlanadigan FXU butun atmosfera bo‘ylab tarqaladi va Antarktida ustida o ‘ziga xos m a’lum bir chegaralangan qutb girdobiga tushadi. Bu holat yopiq qozonni eslatib, butun qish va bahor fasllari davomida havo massasining almashinuvi sodir bo‘lmaydi va ozonning yemirilishiga ham hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Hozirgi kunda A

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the most pressing environmental problems of our time, their causes, consequences, and possible solutions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the most pressing environmental problems of our time, their causes, consequences, and possible solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
environmental problems, greenhouse effect, ozone layer, acid rain, water, ekologik muammolar, water scarcity, kislotali yomg‘irlar, ecological safety, environmental protection., atrof-muhitni muhofaza qilish., парниковый эффект, кислотные дожди, issiqxona effekti, безотходные технологии, ozon qatlami, дефицит воды, озоновый слой, waste-free technology, охрана окружающей среды., chiqindisiz texnologiya, suv tanqisligi, экологическая безопасность, ekologik xavfsizlik, экологические проблемы
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники