К содержанию
РецензированоUZ2025

JINOYAT SODIR ETISHDA AYB SHAKLLARI VA ULARNING JINOIY JAVOBGARLIKKA TA'SIRINI HUQUQIY JIHATDAN TAHLIL QILING

Turdimurodova Marjona Yunusbek-qizi · Turdiyev Abdulfayz Sherali o’g’li · Contact: +--- Abdulfayz@gmail.com

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada jinoyat huquqi nazariyasining asosiy va eng murakkab bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan ayb instituti va uning shakllari har tomonlama yoritilgan. Ayb shaxsning o‘z harakatlari yoki harakatsizligiga nisbatan ruhiy-psixologik munosabatini ifodalaydi va jinoyat tarkibining zaruriy subyektiv elementi sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, aybning mavjudligi yoki mavjud emasligi shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maqolada aybning shakllari — qasd (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita) hamda ehtiyotsizlik (beparvolik va o‘z kuch va imkoniyatlariga ortiqcha ishonish) turlari chuqur tahlil qilinadi. Har bir shaklning mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro farqlari va jinoyat sodir etishdagi o‘rni amaliy misollar hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalariga asoslangan holda izohlanadi. Shuningdek, ayb shakllarining jinoyat tarkibini kvalifikatsiya qilishdagi, shaxsning ijtimoiy xavfli harakatini baholashdagi, va jazoni tayinlashdagi o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tiladi.Tadqiqot davomida aybning mavjudligi jinoyat huquqida aybsizlik prinsipi, adolatli jazo tayinlash, hamda subyektiv tomonning individual baholanishi kabi tamoyillar bilan uzviy bog‘liq ekanligi yoritiladi. Muallif ayb shakllarining turlicha bo‘lishi jinoyat sodir etgan shaxsning ichki ruhiy holatini to‘g‘ri aniqlashga, demakki, jinoiy javobgarlikni to‘g‘ri belgilashga xizmat qilishini asoslaydi.Shuningdek, maqolada sud amaliyotida ayb shakllarini noto‘g‘ri baholash oqibatida yuzaga keladigan huquqiy xatoliklar, ularning adolat va qonun ustuvorligiga salbiy ta’siri, hamda ushbu muammolarning oldini olish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy takliflar ilgari suriladi. Muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenum qarorlari, jinoyat huquqi bo‘yicha ilmiy manbalar, xalqaro tajriba hamda zamonaviy yuridik adabiyotlar asosida tahliliy yondashuv qo‘llanilgan.Ushbu ilmiy maqola jinoyat huquqining subyektiv tomonini yanada chuqur o‘rganish, ayb shakllarini aniqlashda yagona huquqiy yondashuvni shakllantirish hamda jinoyat-protsessual amaliyotda adolatli va qonuniy qarorlar qabul qilishga ilmiy-nazariy asos yaratish maqsadida yozilgan. Kalit so'zlar: ayb, qasd, ehtiyotsizlik, subyektiv tomon, jinoyat tarkibi, jinoiy javobgarlik, aybsizlik prinsipi, adolatli jazo, huquqiy tahlil, jinoyat kodeksi, sud amaliyoti.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada jinoyat huquqi nazariyasining asosiy va eng murakkab bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan ayb instituti va uning shakllari har tomonlama yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada jinoyat huquqi nazariyasining asosiy va eng murakkab bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan ayb instituti va uning shakllari har tomonlama yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ayb, qasd, ehtiyotsizlik, subyektiv tomon, jinoyat tarkibi, jinoiy javobgarlik, sud amaliyoti., adolatli jazo, huquqiy tahlil, jinoyat kodeksi, aybsizlik prinsipi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники