Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASINING SHAXS PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI
Kurbanbaeva Jarqinay
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the influence of the history and theory of pedagogy on the development of personality psychology, their interconnectedness, and their role in the modern educational process. The influence of pedagogical ideas and educational approaches on psychological mechanisms in personality formation is illuminated on a scientific basis. Keywords: personality psychology, pedagogical theory, upbringing, personality formation, educational process, socio-psychological factors, pedagogical idea. Pedagogika va psixologiya fanlari inson shaxsining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganishda bir-biri bilan uzviy bog‘liq sohalardir. Pedagogika insonni tarbiyalash, o‘qitish va shakllantirish jarayonini tahlil etsa, psixologiya bu jarayonning ichki — ruhiy, hissiy va kognitiv tomonlarini o‘rganadi [1]. Shu jihatdan pedagogika tarixi va nazariyasining shaxs psixologiyasiga ta’siri chuqur va ko‘p qirrali bo‘lib, insonning ongli faoliyatini yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi [2]. Bugungi kunda shaxs psixologiyasini chuqur tushunish pedagogik faoliyatning samaradorligini belgilaydi. Chunki har qanday pedagogik nazariya, avvalo, insonning psixologik ehtiyojlari, qobiliyati, temperamenti va motivatsiyasi bilan bog‘liqdir [3]. 1. Pedagogika tarixida shaxsga yo‘naltirilgan g‘oyalar evolyutsiyasi Pedagogika tarixi qadimiy Sharq mutafakkirlari ta’limotlarida insonni komil shaxs sifatida shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilganini ko‘rsatadi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Abdulla Avloniylar insonni “axloqiy mukammallikka” yetkazish uchun ta’lim va tarbiyani asosiy vosita deb bilganlar [4]. 5 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Avloniy o‘zining mashhur fikrida shunday deydi: “Tarbiya biz uchun hayot-mamot masalasi, chunki tarbiya orqali insonning qalbi va ruhiy dunyosi shakllanadi” [5]. Bu g‘oya shaxs psixologiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, pedagogik yondashuvning psixologik mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, Yevropa pedagogikasida ham J. J. Russo, I. G. Pestalotsi, K. D. Ushinskiy kabi pedagoglar inson shaxsining tabiiy va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish orqali shaxs psixologiyasiga katta hissa qo‘shganlar [6]. Ularning fikricha, ta’lim jarayoni faqat bilim berish emas, balki shaxsning ruhiy ehtiyojlarini, his-tuyg‘ularini ham rivojlantirish jarayonidir. 2. Pedagogika nazariyasining shaxs psixologiyasi bilan uzviy bog‘liqligi Pedagogika nazariyasining asosiy vazifasi – ta’lim va tarbiyaning maqsadi, mazmuni, metod va vositalarini aniqlashdir. Biroq bu elementlarning barchasi shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olmasdan samarali bo‘la olmaydi [7]. Shuning uchun pedagogika nazariyasining asosiy tayanchi – psixologik qonuniyatlardir. Masalan, L. S. Vygotskiy ta’lim jarayonini “yaqin rivojlanish zonasi” tushunchasi orqali izohlab, bolalar psixologik rivojida pedagogik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini asoslagan [8]. Unga ko‘ra, har bir o‘quvchining rivojlanish sur’ati, diqqat, xotira va tafakkur jarayonlari o‘ziga xos bo‘lib, pedagog shularni hisobga olgan holda ta’lim strategiyasini belgilashi kerak. Bugungi kunda konstruktivistik ta’lim yondashuvlari ham aynan shaxs psixologiyasiga tayangan holda shakllanmoqda. Chunki bilim o‘zlashtirilishi – bu tashqi ta’sir emas, balki shaxsning ichki psixologik faoliyatining natijasidir [9]. 3. Shaxs psixologiyasi rivojida pedagogik omillarning roli Shaxsning rivojlanishida pedagogik omillar — o‘qituvchi shaxsiyati, ta’lim muhiti, tarbiyaviy jarayonning ijtimoiy-psixologik sharoitlari muhim o‘rin tutadi [10]. O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki shaxs psixologiyasini shakllantiruvchi yetakchi kuchdir. Zamonaviy pedagogik nazariyalar (masalan, humanistik pedagogika — K. Rojers, A. Maslou konsepsiyalari) shaxsni markazga qo‘yadi. Ularning fikricha, insonning o‘zini namoyon etish ehtiyoji, mustaqillik va ijobiy “Men” obrazini shakllantirishda pedagogik jarayon muhim psixologik rag‘batlantiruvchi omildir [11]. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham shaxs psixologiyasiga e’tibor ortmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Yoshlar siyosati” konsepsiyalarida yoshlarning psixologik salomatligini ta’minlash, individual yondashuvni kuchaytirish pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishiga aylangan [12]. Pedagogika tarixi va nazariyasi shaxs psixologiyasining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tarixiy pedagogik g‘oyalar inson ruhiyatini tarbiyalashda boy tajriba to‘plagan bo‘lsa, zamonaviy pedagogika nazariyasi bu tajribani ilmiy asosda takomillashtirmoqda. Shaxs psixologiyasini o‘rganish pedagogik yondashuvlarning markazida turadi, chunki ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsning ichki psixik holati va motivatsiyasini hisobga olgan holda tashkil etilgandagina natijador bo‘ladi. Demak, pedagogika tarixi va nazariyasi shaxs psixologiyasini chuqur anglashga, insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Ularning i
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the influence of the history and theory of pedagogy on the development of personality psychology, their interconnectedness, and their role in the modern educational process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the influence of the history and theory of pedagogy on the development of personality psychology, their interconnectedness, and their role in the modern educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personality psychology, pedagogical theory, upbringing, personality, ijtimoiy psixologik omillar, educational process, теория педагогики, воспитание, ta’lim jarayoni, психология личности, формирование личности, pedagogik g‘oya., педагогическая идея., pedagogika nazariyasi, shaxs psixologiyasi, социально-психологические факторы, shaxs shakllanishi, tarbiya, personality formation, pedagogical idea., образовательный процесс, socio-psychological factors
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014