К содержанию
РецензированоUZ2025

KASBIY TAʼLIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR

Usmonova Odinaxon Xabibjonovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

In this article, the author discusses the reforms currently being implemented in our country to improve the professional education system, train competitive specialists with sufficient knowledge and skills to meet modern requirements, develop the professional education system, adapt it to international standards, and integrate it into the local and international labor markets. Key concepts: vocational education, competitive personnel, international standards, international labor market, dual education, short-term courses, international educational program, electronic platform, and employers. “Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki boʻladi”. Sh.Mirziyoyev. Bugungi kunda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, ayniqsa, kasbiy taʼlimni takomillashtirish va real mehnat bozori talablariga moslashtirish – mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan zamonaviy talablarga javob bera oladigan, raqobatbardosh, yetarli bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, malakali 450 Oktabr, 2025-Yil kadrlar tayyorlashda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, mahalliy va xalqaro mehnat bozoriga integratsiya qilish masalalari bugungi davr kun tartibida asosiy oʻrinni egallaydi. Kasbiy taʼlimda institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik oʻzgarishlar va yangilanishlar bilan oʻrinlashgan mos ravishda katta eʼtibor qaratish, ayniqsa, ish beruvchilarning kasbiy taʼlim tizimidagi ishtirokini kengaytirish oʻta muhim ahamiyat kasb etdi.1 Yuqorda aytib oʻtilganidik, mamalakatimizda kasbiy taʼlim tizimi faoliyatini takomillashtirish, bugungi kun talablaridan kelib chiqib malakali oʻrta boʻgʻin professional kadrlar tayyorlash jarayonlarini rivojlantirish, kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy qilish, ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish, oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, oʻqitish yakuni boʻyicha beriladigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda ham tan olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni2 qabul qilindi. Mazkur farmon kasbiy taʼlimni takomillashtirishga qaratilgan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Xususan, kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platformani joriy qilish, kasbiy taʼlim tashkilotlarini zarur oʻquv adabiyotlari, uslubiy qoʻllanmalar va raqamli kontentlar bilan taʼminlash, ularning laboratoriya va ustaxonalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻnikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillarining faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq masalalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari farmonda texnikumlarda kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etilishi, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilishi, oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etilishi, zarur metodik va pedagogik taʼminot, oʻquv va laboratoriya xonalari, ustaxona jihozlari, amaliyot bazalari hamda ish beruvchilarning buyurtmalari mavjud boʻlgan taqdirda, oldin oʻqitish yoʻlga qoʻyilmagan taʼlim 1 Kasbiy taʼlimni rivojlantirishdagi muammo va takliflar muhokama qilindi. https://uzlidep.uz/uz/leads/kasbiy- talimni-rivojlant. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish c

Доказательный фрагмент

«In this article, the author discusses the reforms currently being implemented in our country to improve the professional education system, train competitive specialists with sufficient knowledge and skills to meet mod…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the author discusses the reforms currently being implemented in our country to improve the professional education system, train competitive specialists with sufficient knowledge and skills to meet mod… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
профессиональное образование, конкурентоспособные кадры, elektron platforma, and employers., международный рынок труда, дуальное образование, международные стандарты, xalqaro mehnat bozori, international labor market, raqobatbardosh kadrlar, xalqaro standartlar, работодатели., краткосрочные курсы, kasbiy taʼlim, competitive personnel, qisqa muddatli kurslar, международная образовательная программа, dual education, xalqaro taʼlim dasturi, dual taʼlim, short-term courses, vocational education, international educational program, ish beruvchilar., электронная платформа, electronic platform, international standards
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники