К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

PEDAGOGIK ASOSLARI · Ziyoviddinova Aqida Zafar qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, uning pedagogik mohiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar, interfaol metodlar va o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan bog‘liq jihatlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, refleksiya, mantiqiy tahlil, innovatsion ta’lim, interfaol metod, shaxsiy rivojlanish. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchidan nafaqat tayyor bilimlarni egallashni, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish, dalillarga asoslangan xulosa chiqarish va yangicha qarorlar qabul qila olishni talab etadi. Bu esa tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda dunyo miqyosida ta’limning asosiy maqsadi — axborotga to‘la muhitda yo‘qolib qolmaydigan, ma’lumotni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradigan, ongli qarorlar qabul qila oladigan shaxsni tarbiyalashdir. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – 2030” hamda Prezidentning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qarorlarida zamonaviy fikrlovchi, ijodkor va tanqidiy tahlilga qodir shaxsni tayyorlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Bu esa pedagoglardan an’anaviy o‘qitishdan voz kechib, o‘quvchilarni faol o‘quv jarayoniga jalb etuvchi metod va texnologiyalarni qo‘llashni talab etmoqda. Tanqidiy fikrlash — bu insonning muammolarni chuqur anglash, turli nuqtai nazarlarni tahlil qilish, dalillarni solishtirish va asosli qaror qabul qilish qobiliyatidir. U nafaqat mantiqiy tafakkurni, balki shaxsiy mas’uliyatni, tahliliy yondashuvni, kommunikativ kompetensiyani ham shakllantiradi. Shu bois tanqidiy fikrlashni rivojlantirish nafaqat aqliy, balki ma’naviy va ijtimoiy tarbiya bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda o‘quvchi faqat bilim oluvchi emas, balki o‘rganilayotgan jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lishi zarur. O‘qituvchining vazifasi esa unga tayyor bilimni yetkazish emas, balki bilimni mustaqil izlab topish, uni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shu ma’noda, tanqidiy fikrlash o‘quvchi shaxsining intellektual va ijtimoiy rivojlanishida markaziy o‘rin tutadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘quvchining tafakkurini faollashtiradi, muloqot madaniyatini oshiradi va qaror qabul qilish mas’uliyatini mustahkamlaydi. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun o‘qituvchi interfaol metodlardan foydalanishi, muammoli vaziyatlar yaratishi hamda har bir o‘quvchining fikrini qadrlashi zarur. Tanqidiy fikrlash tushunchasi inson tafakkurining eng yuqori bosqichini ifodalaydi. Uning mohiyati axborotni idrok etish, tahlil qilish, baholash va o‘z fikrini asosli tarzda ifoda etish jarayonidan iborat. 443 Oktabr, 2025-Yil Pedagogik nuqtayi nazardan tanqidiy fikrlash – bu o‘quvchining bilimga faol munosabatini shakllantiruvchi, mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan tafakkur turi hisoblanadi. Amerikalik olim J. Dewey tanqidiy fikrlashni “ongli tafakkur jarayoni, insonning fikrni tekshirish va dalillashga asoslangan tahliliy faoliyati” deb izohlaydi. D. Halpern esa uni “aniq maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy, tahliliy va dalillarga asoslangan fikrlash jarayoni” sifatida talqin etadi. Ushbu yondashuvlar tanqidiy fikrlashni faqat aqliy faoliyat emas, balki shaxsiy, ijtimoiy va madaniy tajriba bilan bog‘liq jarayon sifatida ham ko‘rsatadi. Psixologik jihatdan, tanqidiy fikrlash tafakkurning mantiqiylik, tahliliylik, reflektivlik va ijodkorlik elementlarini o‘zida mujassam etadi. Shuning uchun u ta’lim jarayonida shaxsning bilish faoliyatini chuqurlashtiradi va o‘quvchining kognitiv mustaqilligini shakllantiradi. Hozirgi ta’lim tizimida o‘quvchi passiv bilim oluvchi emas, balki faol o‘rganuvchi sifatida maydonga chiqmoqda. Bu esa o‘qituvchining darsni tashkil etishdagi yondashuvini tubdan o‘zgartiradi. An’anaviy, reproduktiv o‘qitish o‘rniga, o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtiruvchi, ularni mantiqan fikrlashga undovchi metodlar qo‘llanilishi zarur. Tanqidiy fikrlashning pedagogik zarurati bir necha omillar bilan belgilanadi:  Birinchidan, zamonaviy axborot oqimida o‘quvchining mustaqil tahlil qila olish qobiliyatini rivojlantirish – hayotiy zaruratdir.  Ikkinchidan, tanqidiy fikrlash o‘quvchida mantiqiy va ijodiy tafakkur uyg‘otadi, bu esa fanlararo bilimlarni integratsiya qilish imkonini yaratadi.  Uchinchidan, u o‘quvchini erkin fikr bildirish, dalil keltirish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilishga o‘rgatadi.  To‘rtinchidan, tanqidiy fikrlovchi shaxs jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatli, ongli qaror qabul qila oladigan fuqaroga aylanadi. Bu omillar tanqidiy fikrlashni rivojlantirish nafaqat o‘quv jarayonining, balki shaxs tarbiyasining ham ajralmas qismi ekanligini ko‘rsatadi. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish o‘qituvchining metodik mahoratiga, dars jarayonini qanday tashkil etishiga bev

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, uning pedagogik mohiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, uning pedagogik mohiyati va ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interfaol metod, innovatsion ta’lim, shaxsiy rivojlanish., mantiqiy tahlil, refleksiya, tanqidiy fikrlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники