К содержанию
РецензированоRU2025

АКАДЕМИЧЕСКАЯ СВОБОДА В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА И ЕЁ ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ

Mardonov Mirafzal Murodjonovich · LEGAL FOUNDATIONS · ЕЁ ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ (Keywords: Academic freedom, education system, university autonomy, academic)

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье широко рассматривается понятие академической свободы в системе образования Узбекистана, её содержание и правовые основы. Академическая свобода анализируется как демократический принцип, предоставляющий возможность свободного выбора научных исследований, содержания и методов обучения в деятельности образовательных учреждений, преподавателей и студентов. В статье рассматриваются законодательная база Республики Узбекистан в сфере образования, реформы в соответствии с международными стандартами, роль государства и общества в обеспечении академической свободы. Также предлагаются практические предложения по укреплению академической независимости, повышению качества образования и укреплению университетской автономии. 1 45 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ключевые слова: академическая свобода, система образования, университетская автономия, академическая независимость, правовые основы, образовательная политика, академическая этика, педагогическая свобода, законодательство Республики Узбекистан. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimi oldiga yangi, yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda ta’lim sifati, mazmuni va metodologiyasini takomillashtirish bilan bir qatorda, akademik erkinlik tamoyilini amaliyotda to‘liq joriy etish dolzarb masalaga aylandi. Akademik erkinlik — bu o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun bilim olish, o‘qitish hamda ilmiy izlanishlarda erkin fikr yuritish va tashabbus ko‘rsatish imkonini beruvchi asosiy demokratik tamoyildir. Ushbu tushuncha ta’lim jarayonining markazida inson omilini, ya’ni fikr mustaqilligi, ijodkorlik va tanqidiy tafakkurni joylashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida chuqur islohotlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Prezident Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot muhitini rivojlantirish borasida tub o‘zgarishlar yuz berdi. 2019–2025-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”, “Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda “Ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi” singari dasturlar ta’limda akademik erkinlik tamoyillarini joriy etishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. Akademik erkinlik faqat o‘qituvchining yoki talabaning huquqi emas — u butun ta’lim muassasasining mustaqilligini ifodalaydi. Ya’ni, o‘quv dasturlari, baholash mezonlari, ilmiy yo‘nalishlar va metodikalar davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilmasdan, muassasa tomonidan mustaqil shakllantiriladi. Shu orqali universitetlar global ilmiy raqobatga kirishish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda o‘z intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 41-moddasida “Har bir inson bilim olish huquqiga ega” deb belgilangan bo‘lib, bu norma ta’limda erkinlik va tenglik tamoyillarining konstitutsiyaviy kafolatidir. Shu bilan birga, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020-yil 23- sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan) akademik erkinlik, ta’lim muassasalarining avtonomiyasi va ilmiy mustaqillik prinsiplari bilan boyitildi. Unda oliy ta’lim muassasalari o‘z o‘quv rejalari, fan dasturlari va ilmiy yo‘nalishlarini mustaqil belgilash huquqiga ega ekani qayd etilgan. Xalqaro miqyosda ham akademik erkinlik oliy ta’lim sifatining asosiy mezonlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Masalan, YUNESKO, Yevropa Kengashi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi (26-modda) hamda “Bologna jarayoni” doirasida qabul qilingan hujjatlar ta’limda erkinlik, fikr mustaqilligi va ilmiy avtonomiya tamoyillarini mustahkamlab beradi. Shu bois O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki ham bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlar ochmoqda — xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar, ikki diplomli ta’lim loyihalari va akademik almashinuv dasturlari kengaymoqda. Biroq, akademik erkinlikni to‘liq amalga oshirish jarayoni hali yakuniga yetgani yo‘q. 1 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘quv dasturlarining markazlashuvi, byurokratik to‘siqlar, baholash mezonlarining qat’iyligi, ba’zi hollarda o‘qituvchilarning tashabbus ko‘rsatish imkoniyatlari cheklanganligi bu tamoyilning amaliyotda to‘liq ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, akademik erkinlikni huquqiy va tashkiliy jihatdan yanada mustahkamlash — ta’lim tizimining raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur shartdir. Demak, O‘zbekiston ta’lim tizimida akademik erkinlik nafaqat ilmiy salohiyatni rivojlantirishga, balki jamiyatda erkin fikr, mustaqil qaror qabul qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada akademik erkinlikning nazariy asoslari, uning huquqiy bazasi, xalqaro tajri

Доказательный фрагмент

«В статье широко рассматривается понятие академической свободы в системе образования Узбекистана, её содержание и правовые основы.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье широко рассматривается понятие академической свободы в системе образования Узбекистана, её содержание и правовые основы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Academic freedom, education system, university autonomy, academic, educational policy, universitet avtonomiyasi, правовые основы, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi., pedagogik erkinlik, система образования, legal foundations, академическая этика, ta’lim tizimi, образовательная политика, academic independence, pedagogical freedom, педагогическая свобода, academic ethics, legislation of the Republic of Uzbekistan., академическая свобода, законодательство Республики Узбекистан., huquqiy asoslar, Akademik erkinlik, ilmiy mustaqillik, ta’lim siyosati, академическая независимость, akademik etikа, университетская автономия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники