Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЯ ВОЗРОЖДЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПРАЗДНИКОВ И ТРАДИЦИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРИОД НЕЗАВИСИМОСТИ
Gulchehra Abduhakimova
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В статье рассматриваются национальные праздники узбекского народа, их самобытные обычаи и обряды, различные взгляды на их возникновение, а также этапы развития праздников, которые отмечаем мы и наши предки. Ключевые слова: Праздник, археологи, этнографы, первобытная эпоха, зороастрийская религия, фольклор, свадьба, стихия. Bayramlar eng qadimiy davrlardan boshlab inson hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tassavur qilib bo‘lmaydi. Bayramlar xalq hayotining eng yaxshi va go‘zal tomonlarini aks ettiruvchi ko‘zgudir. “Bayram xalqning shodlik va xursandlik kuni”, - degan edi sharqning buyuk olimi Mahmud Koshg‘ariy. Darhaqiqat, bayramlar yordamida hayotdagi xursandchilik, shodiyona, tantanavorlik holatini vujudga keltirgan yirik voqealar, muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram insoniyatning o‘zi bosib o‘tgan yo‘llarni chuqur anglashi, qo‘lga kiritilgan g‘alabalardan mag‘rurlanishi, ertangi kunga yaxshi umid bilan qarashiga yordam beradi. Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o‘rin egallaganki, ularni nishonlamaydigan hech bir shaxs, oila, jamoa topilmaydi. Shuningdek, har bir millat va ellat xalqning o‘z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayramlari mavjud. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqining ham eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, asrlar bo‘yi avloddan-avlodga o‘tib, kamol topib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko‘p. Bu bayramlarning ma’lum qismi tarixning “sovuq shamollari” - bosqinchilar va turli tarixiy shaxslar-hukmdorlar tazyiqiga uchrab, nohaq yo‘qotilgan, ayrim bayramlar esa 1 29 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qarama-qarshiliklarni yengib, ko‘pgina fazilatlardan ajralsa-da, butunlay yo‘qolib ketmagan, yana boshqalari esa xalq hayotidan mustahkam o‘rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Azaldan do‘stparvar o‘zbek xalqining bayramlari qon-qardosh xalqlarning tarixiy- madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga ta’sir etgan va o‘z navbatida ular ta’sirida boyigan. Xullas, eng qadimiy davrlardan xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan, muayyan vaqtlarda taqiqlangan, katta qarama- qarshiliklar, to‘siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan o‘zbek bayramlari uzoq va boy tarixga ega. Biroq hanuzgacha o‘zbek xalq bayramlarining tarixi va hozirgi ahvoli maxsus o‘rganilgan emas. O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan avlodlar bayramlarining paydo bo‘lishi, tarixiy rivojlanishi, hozirgi kuni, muammolari haqida ilmiy -ommabop kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish- tarixiy zaruriyatdir. Chunki xalq o‘z avlodlari nishonlab kelgan va hozirgi paytda o‘zlari nishonlayotgan bayramlarining mohiyati va tarixini bilmog‘i kerak. Ayniqa, bunday bilmlar va ma’lumotlar xalq bayramlari tashkilotchilari uchun juda zarurdir. Ya’ni biz uchun. Shu maqsaddda bayramlarni paydo bo‘lish tarixi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilaman. Agar tarixchi-madaniyatshunos olimlarning “bayram inson bilan birga paydo bo‘lgan va rivojlangan” degan fikriga tayansak, bayramlar kurtaklarini eng qadimiy paleolit davridan, ya’ni O‘rta Osiyoda odam zoti paydo bo‘la boshlagan 500ming yil avvalgi vaqtdan izlasa bo‘ladi. Arxeologlar, tarixchilar, etnograflar, san’atshunoslar bergan ma’lumotlarga qaraganda bayramlar eng qadimgi davrlardayoq mavjud bo‘lgan va ibtidoiy odamlar hayotida muhim rol o‘ynagan. Bu fikrni madaniyatshunos olimlar ham e’tirof etishadi. Masalan, D.M Genkinning fikricha, “bayramlarning chuqur ildizi insoniyatning “go‘daklik davriga borib taqaladi” [1:44]. Yoki, M.M Baxtinning ta’kidlashicha “Bayram - insoniyat madaniyatining boshlang‘ich shaklidir”[2:11] Bayramlarning eng qadimiy davrlarda mavjud bo‘lganligi umuman tan olingan bo‘lsada, biroq bu masalalar hanuzgacha maxsus o‘rganilmay kelinmoqda. Ammo hozirgacha bo‘lgan manbaalarga tayanib, ilk bayram shakllarining paydo bo‘lishi haqida mantiqiy fikr yuritsa va ular to‘g‘risida muayyan tasavvur hosil etsa bo‘ladi. Ma’lumki, inson o‘z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash uchun kurash jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan. Kurash va mehnatda erishilgan muvaffaqiyatlar esa xursandchilikni vujudga keltirgan. Bu jarayon ibtidoiy odamlar ovchilik bilan kun ko‘rayotgan davrlarda yaqqol sodir bo‘la boshlagan. Chunki arxeologlar qazilmalar va g‘orlardan topilgan ibtidoiy davrlarda chizilgan suratlarda asosan hayvonlar, ov qilish, ovchilar raqsi, (ba’zan hayvonlar niqobida) kabi tasviriy qadimiy tasvirlarning o‘z mehnati (ovi) natijasini tantana qilganliklaridan dalolat beradi. Darhaqiqat, ibtidoiy odam mehnati qanchalik samarali tugasa, qorni to‘ygan, xursand bo‘lgan va aksincha, mehnati natija bermasa, och qolgan, xafa bo‘lgan. Ovdan o‘lja bilan qaytish va o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lish xursandchilik, s
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются национальные праздники узбекского народа, их самобытные обычаи и обряды, различные взгляды на их возникновение, а также этапы развития праздников, которые отмечаем мы и наши предки.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются национальные праздники узбекского народа, их самобытные обычаи и обряды, различные взгляды на их возникновение, а также этапы развития праздников, которые отмечаем мы и наши предки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Holiday, archaeologists, ethnographers, primitive era, Zoroastrian religion, wedding, их самобытные обычаи и обряды, различные взгляды на их возникновение, свадьба, folklore, археологи, первобытная эпоха, Праздник, фольклор, которые отмечаем мы и наши предки., стихия., этнографы, В статье рассматриваются национальные праздники узбекского народа, а также этапы развития праздников, element., зороастрийская религия
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024