К содержанию
РецензированоUZ2026

GLOBALIZATSIYA DAVRIDA BOQIMANDALIKNING YANGI SHAKLLARI

Tadjibayeva Venera Sharafutdinovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida inson ongida va ijtimoiy tizimlarda shakllanayotgan boqimandalikning yangi ko‘rinishlari sotsiologik tahlil etilgan. Iqtisodiy, madaniy va axborot oqimlarining kuchayishi natijasida yuzaga kelayotgan passivlik, iste’molchilik ruhining ortishi hamda raqamli muhitda shakllanayotgan virtual boqimandalik fenomeni yoritilgan. Shuningdek, global tarmoq madaniyatining shaxsga ta’siri, yoshlar orasida mustaqil fikrlashga bo‘lgan qiziqishning susayishi, hayotiy mas’uliyatdan chekinish holatlari ilmiy tahlilga tortilgan. Maqolada boqimandalikning zamonaviy ko‘rinishlarini kamaytirish bo‘yicha sotsiologik va ma’naviy yo‘nalishdagi takliflar ham ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: globalizatsiya, boqimandalik, raqamli madaniyat, iste’molchilik, sotsiologik tahlil, passivlik, shaxsiy mas’uliyat, axborot jamiyati, ijtimoiy ong, texnogen muhit. Kirish: Hozirgi globallashuv davrida insoniyat o‘z tarixidagi eng murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar bosqichini boshdan kechirmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, ommaviy madaniyat va iste’molchilik qadriyatlarining kengayishi jamiyat hayotining barcha qatlamlariga chuqur kirib bordi. Bu jarayonlar inson tafakkuri, qadriyat tizimi, hayotiy maqsadlari va o‘zini anglash shakllarini tubdan o‘zgartirmoqda. Shu bilan birga, inson mustaqilligini, mas’uliyatini va faol hayotiy pozitsiyasini zaiflashtiruvchi yangi sotsiologik hodisalar ham yuzaga keldi. Shulardan eng muhimlaridan biri – boqimandalikning yangi shakllaridir. Boqimandalik tarixan insonning ijtimoiy hayotida mavjud bo‘lgan, ammo turli davrlarda turlicha mazmun kasb etgan hodisadir. U avvalgi asrlarda iqtisodiy yoki siyosiy qaramlik shaklida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, bugungi global davrda u ongiy, ma’naviy, madaniy va texnologik darajada yangi qiyofada namoyon bo‘lmoqda. Endilikda inson faqat moddiy jihatdan emas, balki axborot va texnologiyalar tizimiga qaram bo‘lib qolmoqda. Bu esa sotsiologiya fanida “raqamli boqimandalik” yoki “virtual passivlik” sifatida ta’riflanadi. Globalizatsiya – bu nafaqat iqtisodiy integratsiya yoki madaniy almashinuv, balki inson tafakkuriga, qaror qabul qilish jarayoniga, qadriyatlar tizimiga chuqur ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy mexanizm hisoblanadi. U har bir insonni yagona axborot maydoniga bog‘laydi, dunyoqarashni standartlashtiradi, hayot tarzini bir qolipga soladi. Natijada, shaxs o‘z fikrini mustaqil shakllantirish o‘rniga, tayyor andozalar, global qadriyatlar va ommaviy madaniyat ko‘rsatmalariga tayanadi. Bu holat jamiyatda passivlik, iste’molchilik va mas’uliyatdan chekinish kabi xatti-harakatlarni kuchaytiradi. Globalizatsiya sharoitida boqimandalikning yangi shakllari, eng avvalo, inson ongida shakllanayotgan “tayyor hayot falsafasi” bilan bog‘liq. Ya’ni, inson hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun mehnat, izlanish, o‘z ustida ishlash zarurligini emas, balki tizim tomonidan taqdim etilgan tayyor imkoniyatlardan foydalanishni afzal ko‘radi. Bu, o‘z navbatida, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, mas’uliyat kabi ijtimoiy qadriyatlarning susayishiga olib keladi. Sotsiologik nuqtayi nazardan boqimandalik — bu inson va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning zaiflashgan shaklidir. U shaxsning jamiyatdagi rolini, mehnatga bo‘lgan munosabatini, ijtimoiy faolligini belgilab beradi. Shaxs o‘z imkoniyatlarini ishga solmay, tashqi kuchdan kutishni afzal bilganida, u faqat o‘zini emas, balki jamiyatni ham rivojlanishdan 121 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 to‘xtatadi. Shu ma’noda, boqimandalikni faqat individual muammo emas, balki ijtimoiy tizimning kasalligi sifatida ham ko‘rish mumkin. Hozirgi davrda boqimandalikning ko‘plab yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Ularning eng asosiylari quyidagilardir: – Axborot boqimandaligi – insonning o‘z fikrini mustaqil shakllantirish o‘rniga internetdagi tayyor ma’lumotlarga tayanishi. – Texnologik boqimandalik – har bir kundalik faoliyatni avtomatlashtirish natijasida inson tafakkurining sustlashuvi. – Madaniy boqimandalik – mahalliy qadriyatlar o‘rniga global madaniyatni qabul qilish va o‘z madaniy kodini yo‘qotish. – Ijtimoiy boqimandalik – shaxsning o‘z hayot mas’uliyatini jamiyat, davlat yoki boshqalarga yuklashi. – Ruhiy boqimandalik – insonning o‘z kuchiga ishonchsizligi, tashqi qo‘llab-quvvatlarsiz harakat qila olmaslik holati. Ayniqsa, raqamli davr sharoitida “texnologik boqimandalik” tobora kuchaymoqda. Masalan, ilgari inson kundalik faoliyatda o‘zi hisob-kitob qilgan, o‘zi izlanish olib borgan bo‘lsa, bugun bularning o‘rnini sun’iy intellekt, internet qidiruv tizimlari egallagan. Dastlab bu qulaylik sifatida qaralgani bilan, uzoq muddatda tafakkur faolligini pasaytiradi, mustaqil fikrlashni cheklaydi. Shuningdek, global ommaviy madaniyat insonni “iste’molchi”ga aylantiradi. Unga “nimani sotib olish”, “qanday yashash”, “nimalarni qadrlash” kerakligi tashqaridan ko‘rsatiladi. Shu tariqa inson o‘z hayotining subyekti

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida inson ongida va ijtimoiy tizimlarda shakllanayotgan boqimandalikning yangi ko‘rinishlari sotsiologik tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida inson ongida va ijtimoiy tizimlarda shakllanayotgan boqimandalikning yangi ko‘rinishlari sotsiologik tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sotsiologik tahlil, passivlik, texnogen muhit., shaxsiy mas’uliyat, raqamli madaniyat, globalizatsiya, iste’molchilik, axborot jamiyati, ijtimoiy ong, boqimandalik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники