Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЯ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА С ЕВРОПЕЙСКИМ СОЮЗОМ
Abdulbosit Abdugopporov Fayoziddin O’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся стран. Если обратиться к его истории, то можно увидеть, что одной из главных причин его нынешних успехов является установление теплых отношений с Европейским Союзом в различных областях. В данной статье будет рассмотрено сотрудничество Узбекистана с Европейским Союзом в политической, экономической и культурно- гуманитарной сферах. Ключевые слова: Отношения, Европейский Союз, страна, соглашение, экономическое, политическое, между. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan olib borgan siyosiy hamkorligi mamlakatlar o‘rtasida juda katta o‘rin tutadi. Bunday hamkorlik O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yo‘lga qo‘yilgan. 1992-yil 15-aprel kuni tomonlar do‘stona va foydali hamkorlikni boshlash maqsadida O‘zaro anglashuv memorandumini imzolashgan. Oradan bir necha yil o‘tib, 1996- yil iyun oyida Italiyaning Florensiya shahrida ular “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”ni imzolashgan. Bu bitim huquqiy kuchga ega bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarning rasmiy asosini yaratgan. Shu kelishuv doirasida O‘zbekiston va YEI o‘rtasida 6 ta qo‘shma tashkilot tuzilgan. Ular turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: Hamkorlik kengashi — eng yuqori darajadagi uchrashuvlar (odatda vazirlar yoki elchilar darajasida). Hamkorlik qo‘mitasi — kundalik ishlarni muhokama qiladigan qo‘mita. Parlament hamkorlik qo‘mitasi — O‘zbekiston va YEI parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtiradi. 80 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita — savdo, biznes va sarmoya masalalari bilan shug‘ullanadi. Adliya, ichki ishlar va inson huquqlari bo‘yicha quyi qo‘mita — inson huquqlari va qonun ustuvorligi masalalariga e’tibor qaratadi. Taraqqiyot maqsadlarida hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mita — iqtisodiy rivojlanish loyihalari bilan shug‘ullanadi. 1995-yilda O‘zbekiston YEI bilan bevosita aloqa o‘rnatish uchun Bryusselda o‘z elchixonasini ochgan, 2011-yildan esa YEI Toshkentda o‘z vakolatxonasiga ega bo‘lgan. 2016-yildan keyingi davr O‘zbekiston uchun yangi bosqich bo‘ldi. Shu yildan boshlab mamlakat ochiq siyosat olib bora boshladi, ya’ni boshqa davlatlar bilan faolroq aloqalar o‘rnatishga kirishdi. Shu davrdan O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyotga kirib bordi — ya’ni dunyo bozoriga, global savdo va diplomatiyaga yanada faol yondasha boshladi. Bu esa Yevropa bilan siyosiy hamkorlikning tezlashishiga va mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi.Ular o‘zaro onlayn uchrashuvlar, loyihalar va yordam dasturlari orqali hamkorlikni davom ettirgan. Qo‘shimcha qilib aytganda, bu davrda siyosiy maslahatlashuvlar ham o‘tkazib turilgan. 2019–2020-yillarda Yevropaning ko‘plab davlatlari — masalan, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya kabi mamlakatlar bilan rasmiy siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.a Shuningdek, O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi siyosiy hamkorlikni kuchaytirish uchun oliy darajadagi uchrashuvlar ham tashkil etilgan. 2017–2018-yillarda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili (bu YEI tashqi ishlar vaziri kabi shaxs) O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurgan. 2019-yilda esa Yevropa Kengashi Prezidenti (Yevropa davlatlarining eng yuqori rahbarlaridan biri) birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shu tariqa Ozbkiston va YEI ortasidagi siyosiy hamkorlik aloqalari ancha rivojlangan va davomiy hamkorliklar bolishiga kata sabab bolgan. [1] Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida siyosiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi va iqtisodiy aloqalar ham rivojlana boshladi. O’zaro aloqalarning keying yillarida Yevropa ittifoqi MDH ga – ya’ni Mustaqil davlatlar hamdostligi mamlakatlariga texnik yordam korsatish maqsadida bir tizimni taqdim qildi ya’ni TACISni (Technical Assistance to Commonwealth of Independent States) jumladan O’zbekiston ham bu dastur ishtirokchilaridan biriga aylangan edi. Bu loyiha asosan yangi mustaqillikga erishgan davlatlar uchun hamda YEI ortasidagi hamkorliklarni mustahkamlashga, hususan bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan edi. O’zbekiston ham bu islohotlarga ehtiyotkorlik ila yondashgan edi. 1996 – yilga kelib mamlakat iqtisodiyotida sezilarli o’zgarishlar yuzaga keldi, - bir payitda nafaqat davlat yalpi ichki maxsulotining 2 foizga pasayishi kuzatildi, balki davlat korxonalarining ham 80 foizi xususiylashtirildi. Shuningdek (XVF) xalqaro valyuta fondi O’zbekiston iqtisodiyotini qollab quvatlash maqsadida 258 million yevro miqdorida moliyavi mablag’ ajratdi. Bu qollab quvatlash mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga kata hissa qoshdi. [2] Yana bir misol sifatida aytish mumkinki, O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorliklarning rivojlanishiga Buyuk Britaniya bilan bo’lgan aloqalar muhim o’rin tutgan. 1993-yilda O’zbekiston davlati rahbari Islom Karimov Buyuk Britaniyaga bo’lgan tashrifi davomida ikki davlat o’rtasida bir qator muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi. 81 Rese
Доказательный фрагмент
«В настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся стран.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ настоящее время Узбекистан относится к числу развивающихся стран. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Relations, European Union, country, agreement, agreement, economic, bitim, Yevropa Ittifoqi, Munosabatlar, Отношения, соглашение, O’rtasidagi., iqtisodiy, экономическое, Between., mamlakat, страна, политическое, kelishuv, Европейский Союз, siyosiy, political, между.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024