К содержанию
РецензированоUZ2026

ARAB VA O’ZBEK TILLARIDA KO’PLIK MASALASI

Toshbotirova Mubinaxon Qudratjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Language is a social phenomenon. Language is a form of communication. In the increase of vocabulary, of course, the role of assimilated words is great. There is no language in the world languages table if there are no master words. In particular, most of the words that cover the artistic layer of the uzbek language came to us from the arabic language. Naturally, certain changes take place during the transition of words from one language to another. This article discusses these changes. Keywords: Art words, assimilation words, arabic words, word changes, words with singular and plural meanings. O’zbek tili juda boy va qadimiy tillar sirasiga kiradi. Ma’lumki, til biron bir qolipga solib bo’linmas, o’zgaruvchan ijtimoiy hodisadir. Tilning o’zgarishidagi eng katta omillardan biri esa tashqi muhit ta’siridir. Jamiyat rivojlangani sari til ham rivojlanaveradi (Xolmonova Z, 2007 15-18b). Tilning me’yorlashgan, umumiy, hamma uchun chunarli shakli adabiy tildir. Adabiy til har bir davlatning o’tmishini, hozirini va kelajagini belgilab beruvchi, jamiyatning ajralmas bo’lagi hisoblanib, ma’lum bir xalq vakilining shu tilda muloqot qilishi, rasmiy hujjatlarning shu tilda yuritilishi, ta’limning davlat tilida olib borilishi, ommaviy axborot vositalarining shu tilda faoliyat yuritishi kabi jihatlar bilan belgilanadi hamda davrlar o’tishi bilan mazkur til shu xalq vakillarining ehtiyojlaridan kelib chiqib muntazam yangilanib boradi (Toshbotirova S, 2019, 9-10 bet). O’zbek adabiy tilining katta qismini arab tilidan o’zlashgan so’zlar egallaydi. Misol uchun: ta’lim ﻢــﯿــﻠــﻌـــــﺗ" ", kitob "بﺎــﺘـــــﻛ" , qalam"ﻢــﻠـــــﻗ" muallim"ﻢــﻠــﻌـــــﻣ" , maktab"ﺐﺘﻜـــﻣ", madrasa"ﺔـــﺳرﺪـــﻣ" , mudarris"سرﺪـــﻣ", tarbiya"ﺔﯿـــﺑﺮـــﺗ" va hokazo 64 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 (Hasanov M, 2012, 5-6 bet). Arablar O’rta Osiyoga olib kelgan islom dinining muqaddas kitobi bo’lmish Qur’oni karim va hadislarning arab tilida ekanligi arab tilining xalq orasida tez tarqalishi va ommaviylashishiga asosiy sabablardan biridir. Shu bilan birga Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab va yana bir qancha buyuk ajdodlarimizning qo’l yozmalarida, qimmatbaho asarlarida arab tiliga mansub so’zlarning mavjudligi arabcha so’zlarining badiiy so’z qatlamiga kirib kelishiga asosiy sabablardan biri bo’lgan. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, arabcha so’zlar nafaqat badiiy uslubdagi so’zlarda, balki, ilmiy, rasmiy, publitsistik uslubidagi so’zlar orasida ham keng tarqalgan. Misol uchun: majlis"ﺲــﻠـــــﺠــﻣ" , rais"ﺲﺋار" , kotib"ﺐﺗﺎﻛ" , jumhuriyyat"ﺔﯾرﻮﮭﻤﺟ" va hokazo. Adabiyotimizdagi aruz ilmi va she’riy san’at turlaridagi deyarli barcha atamalar arab tilidagi so’zlardan iborat. Masalan: Aruz ilmidagi “vasl” so’zi"ﻞـــــــﺻو" [vasola] “ulamoq, bog’lamoq” fe’lining o’zkalaridan, “maqtu” so’zi"ﻊﻄــﻗ" [qotoa’] “kesmoq” fe’lining o’zaklaridan hosil bo’lgan. Shu bilan bir qatorda, she’riy san’at atamalaridagi so’zlar: tazod"ﺪــــﺿ" [zidd] “zid, teskari, qarshi”, ta’did "ﺪــــﻋ" [a’dda] “sanamoq” fe’lining o’zaklaridan, tajnis"ﺲﻨـــﺟ" [jannasa] ya’ni “bir jinsli qilmoq, bir xil yangraydigan qilmoq” felining o’zaklaridan olingan (To’xtarov A, 2014, 250-370 bet). Shu qatorda yana bir qancha so’zlarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, bir tildan boshqa tilga o’zlashgan so’zlarda ayrim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, biz birlik sifatida ishlatadigan ba’zi so’zlar asli arab tilida ko’plik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Insonning fe’l-atvori, uning xarakterini ifodalovchi “axloq” "قﻼـــــــــــﺧا" [axlaq] so’zi aslida arab tilida “ﻖـﻠـــــﺧ” [xulq] “xulq” so’zining ko’plik shakli hisoblanadi lekin, biz bu so’zga nisbatan birlik shaklidagi so’z deb qaraymiz yoki, karomatli shaxs ma’nosida qo’llanuvchi “avliyo” “ءﺎﯿـﻟوا” [avliyau] so’zi ham aslida arab tilidagi “ﻰـﻟو” [valiyy] “valiy” so’zining ko’plik shakli hisoblanadi. Hamda, asosan rasmiy uslubda qo’llanuvchi “huquq” “ قﻮﻘــــﺣ" [huquq] so’zi ham arab tilidagi “ﻖــــﺣ” [haqq] “haq” so’zining ko’plik shaklidir. Yana bir misol, ma’lum bir belgilangan yer ma’nosidagi “hudud” “دوﺪـــــــﺣ” so’zi arab tilidagi “ﺪـــــــﺣ” [hadd] ya’ni chegara so’zining ko’plik shakli hisoblanadi. Badiiy asarlarda uchraydigan “tujjor” "رﺎـــﺠـــــﺗ"[tujjar] va “kavokib”"ﺐـﻛاﻮـﻛ" [kavakib] so’zlarini ham ko’p kuzatganmiz. Bu so’zlar ham“ﺮـﺟﺎـﺗ” [tajir] ya’ni “savdogar”, “tojir” va “ﺐــــــــــــﻛﻮــــــــــــﻛ” [kavkab] “yulduz” so’zlarining ko’paytmasidir. Holat ma’nosidagi “ahvol” “لاﻮــــــﺣا” [ahval] so’zi esa “لﺎــــــﺣ” [hal] “hol” so’zining ko’plik shakli bo’lishiga qaramay biz bu so’zni birlik ma’noni ifodalovchi so’z deb tushunamiz. Eng qiziq o’zgarishga misol qilib esa “axborot” so’zini keltirish mumkin chunki bu so’z "ﺮـــــــﺒـــــﺧ" [xobar] “xabar “so’zining ko’pligi"رﺎﺒـﺧا" [axbar] so’ziga yana bir to’g’ri muannas ko’plik yasovchi qo’shimc

Доказательный фрагмент

«Language is a social phenomenon. Language is a form of communication. In the increase of vocabulary, of course, the role of assimilated words is great. There is no language in the world languages table if there are no…»

Образец извлечения

Демо-превью

Language is a social phenomenon. Language is a form of communication. In the increase of vocabulary, of course, the role of assimilated words is great. There is no language in the world languages table if there are no… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Art words, assimilation words, arabic words, word changes, words with, заимствованные слова, арабские слова, множественное число, words with singular and plural meanings., словосочетания, o’zlashma so’zlar, badiiy so’zlar, so’zdagi o’zgarishlar, arabcha so’zlar, единственное слово., birlik va ko’plik ma’nosidagi so’zlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти