К содержанию
РецензированоUZ2026

LUTFIY IJODIDA TASHXIS VA INTOQ SAN’ATINING QO‘LLANISHI

Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется использование художественных тропов, в частности приёмов ташхис (олицетворение – наделение неодушевлённых предметов человеческими свойствами) и интоқ (персонификация – предоставление речи безмолвным предметам) в творчестве одного из крупнейших представителей тюркской классической литературы – Мавлоно Лутфий. На основе примеров из его газелей показаны художественная функция этих приёмов, их роль в выражении поэтического мастерства автора и их эмоционально-эстетическая сила. В процессе анализа раскрываются особенности поэтического стиля Лутфия, степень оживления образов, а также проблема символического единства человека и природы в классической поэзии. Ключевые слова: ташхис, интоқ, олицетворение, Лутфий, газель, художественный приём, классическая литература, образ, поэтика, символ. Annotation. This article analyzes the use of artistic devices, particularly tashkhis (personification – attributing human qualities to inanimate objects) and intoq (animation – giving speech to voiceless entities), in the works of one of the prominent representatives of Turkic classical literature – Mavlono Lutfiy. Based on examples from his ghazals, the study demonstrates the artistic function of these devices, their role in expressing the poet’s mastery, and their emotional-aesthetic power. The analysis also highlights Lutfiy’s poetic style, the degree of imagery animation, and the symbolic harmony between human and nature in classical poetry. Keywords: tashkhis, intoq, personification, Lutfiy, ghazal, artistic device, classical literature, imagery, poetics, symbol. Mavlono Lutfiy (1366-1465) o‘z davrining eng yetuk turkiy shoiri sifatida Alisher Navoiygacha bo‘lgan davrda o‘zbek mumtoz adabiyotining poydevorini mustahkamlab berdi. U o‘z g‘azallarida inson ruhiyatini, muhabbatni, sadoqatni va tabiat go‘zalligini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlagan. Lutfiy ijodida tashbeh, tazod, tajnis, husni ta’lil kabi san’atlar bilan bir qatorda tashxis va intoq san’atlari ham muhim o‘rin tutadi. Bu ikki san’at orqali shoir jonsiz narsalarni “jonlantirib”, o‘quvchi qalbiga yaqinlashtiradi. Tashxis va intoq mumtoz she’riyatda shoirning badiiy idroki, tasavvur kengligi hamda obraz yaratishdagi noziklik darajasini ko‘rsatuvchi mezonlardan biridir. Lutfiy bu uslublarni o‘z ijodida o‘ta nozik did bilan qo‘llagan, ularning har biri g‘azalning umumiy ohangiga xizmat qiladi. 37 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Tashxis va intoq san’atlarining nazariy asoslari. “Tashxis” arabcha “shaxs” so‘zidan olingan bo‘lib, “shaxslantirish, jonlantirish” degan ma’noni anglatadi. Adabiyotda bu uslub jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, abstrakt tushunchalarga insoniy fazilat yoki holat berish orqali tasvirni jonlantirishni bildiradi. Masalan, “shamol yig‘ladi”, “gul kuldi”, “tong uyg‘ondi” kabi ifodalar tashxis san’atining namunalaridir. Ko‘zing qorasi fitna, vale oqi balodur, Jonlar oladur, vah, ne balo ko‘zi qarodur? Baytda ko‘zning qorasi va oqining fitna qilib jon olishi tasvirlangan. “Jon olish” tushunchasi ko‘zga bog‘liq emas, shu sababdan ushbu baytda tashxis san’ati qo‘llanilgan deya olamiz. Arz qilma gullaringni bizga onsiz, ey bahor, Qaysi gulning etagi oxir aningdek pok erur. Baytda gullarning bahorga arz qilishi tasvirlangan, lekin arz qilish insonlarga xos xususiyat hisoblanadi, bu misradan aynan tashxis san’ati qo‘llanilgan. “Intoq” arabcha “nutq” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “gapirtirish” ma’nosini anglatadi. Bu san’atda aslida gapira olmaydigan narsa, hayvon yoki hodisaga so‘zlatish orqali o‘quvchiga hissiy ta’sir kuchaytiriladi. Masalan, “daryo shikoyat qildi”, “bulbul nolidi”, “oy sir so‘zladi” kabi tasvirlar intoq san’atiga misoldir. Bu ikki san’at turkiy mumtoz she’riyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shoirlar ko‘pincha ularni bir bayt ichida uyg‘unlashtirib qo‘llaydilar. Arz qilma gullaringni bizga onsiz, ey bahor, Qaysi gulning etagi oxir aningtek pok erur. Baytda gullarning bahorga arz qilishi tasvirlangan, lekin arz qilish insonlarga xos xususiyat hisoblanadi, bu misradan aynan intoq san’ati qo‘llanilgan. Lutfiy g‘azallarida gul, bulbul, shamol, oy, quyosh kabi obrazlar insoniy fazilatlar bilan jonlantirilgan. Ular go‘yo inson singari his qiladi, sevadi, hijolat tortadi yoki kuladi. Quyidagi bayt bunga yorqin misoldir: Naysonda bulut har nechakim ko‘z yoshi qildi, Tishing kibi dur topmadi ummon orasinda. Bu baytda “bulut” insoniy hislarga ega holda tasvirlangan: u ko‘z yoshi qiladi, chunki tishing kabi durni topmagan edi. Shoir ma’shuqaning go‘zalligi oldida bulut ham ko‘z yoshi qilayotganini aytadi. Bu – jonlantirishning, ya’ni tashxis san’atining go‘zal namunasi. Bulutning “ko‘z yoshi qilishi” insoniy holatdir, bu orqali yor go‘zalligi yanada yuksak ifodalanadi. Yuzingni ko‘rib, o‘ftonibon gul qochar erdi, Miskin yugura olmadi tikon orasinda. Bu yerda gulning mashuqning yuzining korib qochishi kabi insoniy harakat tasvirlangan. Bu jonlantirish orqali shoir yorga nisbatan h

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется использование художественных тропов, в частности приёмов ташхис (олицетворение – наделение неодушевлённых предметов человеческими свойствами) и интоқ (персонификация – предоставление речи…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется использование художественных тропов, в частности приёмов ташхис (олицетворение – наделение неодушевлённых предметов человеческими свойствами) и интоқ (персонификация – предоставление речи… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashkhis, intoq, personification, Lutfiy, ghazal, artistic device, classical, поэтика, ramz., jonlantirish, Лутфий, poetika, ташхис, badiiy san’at, газель, mumtoz adabiyot, g‘azal, imagery, poetics, олицетворение, символ., tashxis, symbol., classical literature, художественный приём, классическая литература, tasvir, интоқ, образ
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники