К содержанию
РецензированоRU2026

ИСТОРИЧЕСКИЙ ОБЗОР СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МАТЕРИАЛЬНО-ТЕХНИЧЕСКОЙ БАЗЫ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

Asrorbek Muxtorov · OF INDEPENDENCE (HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN DURING THE YEARS) · ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ (development of the infrastructure of higher educational institutions based on government)

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье анализируется постепенное совершенствование материально-технической базы в процессе развития системы высшего образования Республики Узбекистан в годы независимости, оснащение учебных заведений современной инфраструктурой, лабораториями, информационно-ресурсными центрами, а также влияние этого процесса на качество образования и научный потенциал. В статье освещаются этапы развития инфраструктуры высших учебных заведений на основе государственных решений, реформ и практических результатов. Ключевые слова: независимость, высшее образование, материально-техническая база, инфраструктура, реформа, инновации. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uni xalqaro talablarga moslashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Oliy ta’lim muassasalari mamlakat intellektual salohiyatini shakllantirishda, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli mustaqillik yillarida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 1991–2000-yillar mobaynida O‘zbekiston hukumati tomonidan oliy ta’lim tizimini qayta tiklash, mavjud binolarni ta’mirlash va zarur o‘quv asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha 9 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 bir qator dasturlar amalga oshirildi. Xususan, 1997-yilda qabul qilingan ta’lim to‘g‘risidagi qonun va 'Kadrlar tayyorlash milliy dasturi' oliy ta’lim tizimining huquqiy asosini yaratdi. Mazkur dastur doirasida ko‘plab oliy o‘quv yurtlari moddiy bazasini yangilash, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora- tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu yillarda ta’lim tizimi uchun xorijdan yangi laboratoriya jihozlari, kompyuterlar va o‘quv materiallari olib kelindi. 1990-yillarning oxiriga kelib O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarining aksariyati kompyuter sinflariga ega bo‘ldi. 2000–2016-yillar oralig‘ida mamlakatda oliy ta’lim tizimining moddiy-texnik infratuzilmasi sezilarli darajada rivojlandi. Shu davrda yirik rekonstruksiya ishlari olib borilib, yangidan qurilgan o‘quv binolari, talabalar turar joylari va sport inshootlari ishga tushirildi. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining kirib kelishi natijasida elektron kutubxonalar, virtual laboratoriyalar va multimedia markazlari faoliyat boshladi. Shuningdek, bu davrda xalqaro grantlar asosida jihozlangan ilmiy laboratoriyalar soni ortdi. Oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv dasturlari, kredit-modul tizimi va malaka oshirish markazlari tashkil etildi. Masalan, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalqaro standartlarga mos laboratoriyalar yaratildi. Bundan tashqari, 2010-yilda 'Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi' asosida barcha oliy o‘quv yurtlarini internet tarmog‘iga ulash choralari ko‘rildi. 2017-yildan boshlab oliy ta’lim tizimi islohoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida oliy ta’limni jadal rivojlantirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Xususan, 2017-yil 20-apreldagi 'Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida'gi PQ-2909-son qaror oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini tubdan yangilashni nazarda tutdi. Unga ko‘ra, zamonaviy o‘quv majmualari, ilmiy laboratoriyalar, axborot texnologiyalari markazlari, sport majmualari, yotoqxona va kampuslar qurilishi boshlandi. Natijada, so‘nggi yillarda mamlakatda 100 dan ortiq yangi oliy o‘quv yurtlari va filiallari tashkil etildi, qolganlari rekonstruksiya qilindi. Misol uchun, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Andijon mashinasozlik instituti bazasida yangi o‘quv binolari foydalanishga topshirildi. 2020-yildan so‘ng raqamli texnologiyalarni ta’limga keng joriy etish boshlandi. Pandemiya davrida masofaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi, bu esa oliy ta’lim muassasalarining texnik bazasini yanada mustahkamlash zaruratini keltirib chiqardi. 2021-yilda 'Raqamli universitet' konsepsiyasi ishlab chiqildi va 'Smart campus' loyihalari doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida zamonaviy server markazlari tashkil etildi. Bu jarayon natijasida talabalarning o‘qish, ma’lumot olish va amaliyot o‘tash sharoitlari keskin yaxshilandi. Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi takomillashuvi nafaqat ta’lim sifatini, balki ilmiy-tadqiqot salohiyatini ham oshirdi. Ilmiy laboratoriyalar, texnoparklar va innovatsion markazlar sonining ko‘payishi ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamladi. Masalan, Toshkent davlat texnika universitetida 'Yosh ixtirochilar markazi', Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 'Innovatsion texnopark' faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bunday infratuzilma ilmiy g‘oyalarni amaliy mahsulotlarga aylantirish imkoni

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется постепенное совершенствование материально-технической базы в процессе развития системы высшего образования Республики Узбекистан в годы независимости, оснащение учебных заведений современной инф…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется постепенное совершенствование материально-технической базы в процессе развития системы высшего образования Республики Узбекистан в годы независимости, оснащение учебных заведений современной инф… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
independence, higher education, material and technical base, infrastructure, reform, материально-техническая база, независимость, innovatsiya., moddiy-texnik baza, реформа, islohot, oliy ta’lim, infratuzilma, высшее образование, mustaqillik, innovation., инновации., инфраструктура
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники