К содержанию
РецензированоUZ2025

SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO’RNING O’LIMI” ASARIDAGI TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI

NEW RENAISSANCE · TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI · Odinayeva Mohinur

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article analyzes the toponyms and their etymology in Sadriddin Ayni's story "The Death of the Usurer". It shows the dependence of toponyms on the cultural and historical context and emphasizes that they serve to provide a deeper understanding of the literary text. Keywords: toponym, etymology, The Death of the Usurer, story, literary analysis. Sobiq sho‘ro davlati parchalanib ketgandan keyin joy nomlari milliy qadriyat qatlamlaridan biri sifatida qaralib, mustaqil toponimik siyosat yurgizila boshlandi, xalq, tarixi, madaniyati, tiliga aloqador bo‘lmagan shahar va qishloqlar, ko‘chalar va boshqa geografik obyektlarning nomlari o‘zgartirila boshlandi, tarixiy nomlar tiklandi, qayta nomlandi. Toponimlar xalq ijodi mahsuloti o‘laroq xalq kabi sodda, oddiy, hamma uchun tushunarli bo‘lmasa, real haqiqatni aks ettirmasa, uzoq vaqt yashay olmaydi.1 Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” asaridagi toponimlar etimologiyasi bilan tanishamiz: Azizobod - “Aziz qishlog‘i” demakdir. XII-XIII asrlarda ijod qilib, 10 jildlik “Mu’jam ul- buldon” ni tuzgan arab geografi va filologi Yoqut Hamaviy shahar-qishloqlarning nomlari tarkibida keladigan “obod” unsuri fors tilida “aholi punkti” maʼnosini bildiradi.2 Buxoro – shahar. Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Yozma manbalarda keltirilishicha, Buxoro turli nomlar bilan mashhur bo‘lgan: No‘mijkat, Madinatus Sufriya, Madinatus Tujjor va boshqalar. Ayrim manbalarga ko‘ra, shahar turk qabilasiga mansub Buxorxudot ismli kishi nomiga qo‘yilgan. Buxoro forscha (kishi ismi) va roh “yo‘l” so‘zlarining qo‘shilishidan tashkil topgan. Talaffuzni yengillatish maqsadida Buxoro deb atalgan izoh ham bor. Toponimning eng ko‘p tarqalgan talqini Sanskrit va so‘g‘d tili asosidadir. Buxoro sanskritcha Vixara so‘zi bilan aloqador bo‘lib, “monastr, ibodatxona, haram” degan maʼnoni beradi. 1 Suyun Qorayev. Toponimika. –Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B.23. 2 Suyun Qorayev. Ko‘rsatilgan manba –B.25. 70 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 So‘g‘dcha parxar demakdir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar shu keyingi izohni maʼqul topadilar. Buxoro shahriga Suyun Qorayevning “Toponimika” asarida “Azim shahar, Movarounnahrning eng obod shahri” degan izoh beriladi. Bo‘lmaxo‘ron – tumanning Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi punkti nomi. Taxminlarga ko‘ra, qishloq aholisining ko‘pchiligi “bo‘lama kochi” va bo‘tqaga o‘xshash ovqatni ko‘p iste’mol qilishgan. Chetdan kelgan kishilar bo‘lamani ko‘p iste’mol qiluvchilar “bo‘lamaxo‘ronlar” deb atashgan. Z.Madrahimov kishilarning xo‘jalik faoliyati, mehnat taqsimotini ko‘rsatadigan qadimgi kasb-hunar nomlari bilan bog‘liq oykonimlarga misol keltirar ekan, Bilamixchi (atala- bo‘lamiq sotuvchilar) toponimini qayd etgan.3 Devonbegi – xonaqoh. Devonbegi “devon (hukumat idorasi) boshlig‘i” demakdir. O‘rta asrlarda soliq yig‘uvchi muassasa boshlig‘i, keyinchalik esa unga mamlakatning barcha moliya ishlari topshirilgan. Xususan, Xiva xonligida devonbegilar ko‘p bo‘lgan, ular elchilik, yasovulchilik va boshqa ishlarni bajargan. Maʼlum devonbegiga qarashli yerlar uning nomi bilan yuritilgan.4 Denov – O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida uchraydigan ushbu nom negizidagi “deh” so‘zi asli qadimiy forsiy “dah” – o‘lka,viloyat, yurt so‘ziga borib taqaladi va toponimlar tarkibida deh, de, di, dek, deg, dev, dey shakllarida uchraydi. Deh- qishloq, nav- yangi, yaʼni yangi qishloq. Boshqa qishloqlarga nisbatan yangi qurilgan qishloq maʼnosini beradi. Denavning yangiligi unga asos solingan davrda, unga nom qo‘yilayotgan davrga tegishlidir. Hozirda esa u tarixiy toponimlar sirasiga kiradi. Yonidagi shaharcha qishloqdan keyin so‘nggi davrda qurilgani uchun shu nom bilan atalgan.5 Govkushon – mahalla nomi. Bu toponim tojik tili asosida ikki qismga bo‘lib izohlanadi, yaʼni gov- “sigir”, kush- so‘ymoq maʼnosidagi “kushidan - fe’lining hozirgi zamon asosi ”, ushbu toponim sigir so‘yuvchilar degan maʼnoni bildiradi, yaʼni toponim kasb nomi bilan bog‘liq. Ko‘kaldosh- madrasa, madrasani Buxoro xonining noibi Qulbobo Ko‘kaldosh XVI asrda qurdirgan. Ko‘kaldosh- ko‘krakdosh, yaʼni asli begona bo‘lsa ham bir onani emib qarindoshlashgan kishilar maʼnosini bildiradi. Sangsabz- qishloq nomi, sang- “tosh”, sabz- “yashil”, “ko‘kalamzor joy”, “ bog‘-u rog‘ ” maʼnolariga ega. Bu joy nomining maʼnosini “yashil tosh”, “ toshloqdagi bog‘-u rog‘ “ tarzida sharhlash mumkin.6 Sarrofon- hammom nomi, sarrof-pul almashtiruvchi, pul maydalaydigan va valyuta almashtiradigan shaxs. O‘rta Osiyoda sarroflik serdaromad kasb hisoblangan.7 Hammom nomi kasb nomidan olingan bo‘lishi mumkin. Salloxxona- darvoza nomi, salloh arabcha so‘z bo‘lib, “ kushxonada mol so‘yuvchi qassob” maʼnosini anglatadi. Darvoza nomi kasb nomidan olingan. Xitoyon- chorbog‘ nomi, xitoy+on, yaʼni xitoylar degan maʼnoni anglatadi. Xitoy qavmiga mansub kishilar yashaydigan joy. 3 Adizova N. Yuqoridagi manba. –B.32. 4

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the toponyms and their etymology in Sadriddin Ayni's story "The Death of the Usurer".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the toponyms and their etymology in Sadriddin Ayni's story "The Death of the Usurer". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
toponym, etymology, The Death of the Usurer, story, literary analysis, toponim, этимология, «Смерть ростовщика», литературный анализ., qissa, literary analysis., топоним, повесть, Sudxo’rning o’limi, adabiy tahlil., etimologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники