К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABA YOSHLARDA AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

NEW RENAISSANCE · Fayziyeva Gulzoda Ulugbekovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Maqolada zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bo‘yicha usullar va yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: axborot-psixologik xavfsizlik, axborot-psixologik tahdidlar, manipulyatsiya texnikasi, psixologik bosim, dezinformatsiya, kiberbulling, kiberxavfsizlik, psixo-emotsional holat. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi axborot olamining tobora kengayishiga, insoniyatning xabardorlik darajasining oshishiga shu bilan birga axborot xavfsizligi masalasining dolzarbligining oshishiga ham xizmat qilmoqda. Bu borada davlatimiz raxbarining 2020-yil 25- dekabrdagi yoshlar bilan uchrashuvida, yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi.Forumda, jahonda turli nizo va ziddiyatlar avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm balosi va boshqa tahdidlar internet makoniga chuqur kirib, moslashib olgani ta’kidlandi. Prezidentimiz: “Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi, har bir masalada, avvalo Vatan manfaatlarini o‘ylab ish tutishi zarur. Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz, millatimizning qonida bo‘lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak. Shu o‘rinda men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimizni bu masalaga befarq bo‘lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishga da’vat etaman[1] degan so‘zlari ham aslida yoshlarimizni axborot xavfsizligini ta’minlashning takomillashishiga jiddiy munosabatda bo‘lishimizga murojaat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari forumda yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi. Darxaqiqat, zamonaviy axborot texnologiyalari inson ongi va imkoniyatlariga taʼsir koʻrsatdi, uning turmush tarzi va qadriyatlarini o‘zgartirdi, bu esa insoniyatning axborot muhitini sifat jihatdan qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Jamiyatning maʼnaviy-madaniy sohasida axborot texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanish xavfi inson ongini manipulyatsiya qilish, shaxsning ruhiy va ijtimoiy moslashuvi xavfini keltirib chiqargan boʻlsa, harbiy siyosiy sohada yangi turdagi axborot qurolini ishlab chiqarish imkoniyatlariga bo‘lgan zaruriyat keskin oshdi, shuning uchun ham, hozirgi zamonaviy urushda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari zarba berishning asosiy usullari va vositalari deb qabul qilinmoqda, bunda axborot targʻiboti alohida oʻrin egallayotgani nam hech kimga sir emas[2]. Bu o‘z navbatida, yoshlarda axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlashni takomillashtirishga jiddiy ahamiyat berishimiz kerakligidan dalolat. Ushbu forumda, davlatimiz rahbarining: Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. 66 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz[3], – deganlari ham bejizga emas edi. Axborot muhiti jamiyat faoliyatining sifatini, uning rivojlanish darajasi va xavfsizligini belgilash bilan bir qatorda jamiyat hayotini taʼminlashning barcha jarayonlarini tartibga soladi. Shuning uchun zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bugungi olimlardan yeng shimarib ishlashni talab qiladi. Quyida esa talabalarning axborot ta'siriga psixologik barqarorligiga hissa qo'shadigan asosiy omillarni aniqlashga, shuningdek, psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish va axborot ta'sirining salbiy oqibatlarini oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan: 1. Yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligi muammosi bo'yicha ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, psixologik jihatlarga alohida e'tibor berish. 2. Talaba yoshlar duch keladigan asosiy axborot tahdidlarini va ularning psixo- emotsional holatga ta'sirini aniqlash. 3. Axborot hujumlari va manipulyatsiyalarga qarshilik ko'rsatadigan psixologik omillarni o'rganish. 4. Talabalarning axborot va psixologik xavfsizligi darajasini oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan himoya mexanizmlarini aniqlash. 5. Axborot-psixologik tahdidlarning salbiy oqibatlarini oldini olish va minimallashtirishga qaratilgan tarbiyaviy va psixologik strukturalar uchun tavsiyalar ishlab chiq

Доказательный фрагмент

«Maqolada zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bo‘yicha usullar va yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada zamonaviy axborot tahdidlari sharoitida talaba yoshlarining axborot va psixologik xavfsizligini ta'minlashning psixologik jihatlarini o'rganish bo‘yicha usullar va yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dezinformatsiya, kiberbulling, axborot-psixologik xavfsizlik, psixo-emotsional holat., psixologik bosim, kiberxavfsizlik, axborot-psixologik tahdidlar, manipulyatsiya texnikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники