Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PROFESSIONAL NUTQIY JANRLARDA IDIOMALAR VA IBORALARNING O`RNI
NEW RENAISSANCE · Fatxiddinova Iqboloy Faroxiddin qizi
Современная наука и исследования · 2 · 154–185 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada professional nutq janrlarida, ya'ni kasbiy kontekstlarda iboralar va idiomalardan foydalanishni ahamiyati toʻgʻrisida soʻz boradi. Bu omillar yordamida fikrlar aniq, tushunarli va to‘g‘ri yetkazilishi misollar yordamida tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: professional nutq janri, idioma, ibora, pragmatik struktura, nutq shakllari. Annotation. This article discusses the importance of using phrases and idioms in professional speech genres, that is, in occupational contexts. It analyzes how these elements help convey ideas clearly, accurately, and effectively, supported by relevant examples. Keywords: professional speech genre, idiom, phrase, pragmatic structure, forms of speech. Professional nutqiy janrlar - ya’ni tibbiy, huquqiy, pedagogik, jurnalistik, texnik va boshqa kasbiy sohalarga oid nutq shakllari — o`zlarining funksional-mavzuviy va kommunikativ xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu janrlarda idiomalar, ya’ni ko`chma ma’noli, barqaror frazeologik birliklar muhim lingvistik vosita sifatida qatnashadi. Idiomalarning professional nutqda qo`llanishi, bir tomondan, tildagi ifoda uslubining boyligini, ikkinchi tomondan, kasb sohiblari orasidagi o`zaro tushunuvchanlik va nutqdagi ixchamlikni ta’minlaydi. Masalan, jurnalistik matnlarda “ochiq karta bilan o`ynash”, “nozik ip ustida yurish”, “voqeani ko`z qorachig`iday asrash” kabi idiomalar fikrni obrazli yetkazish vositasi bo`lsa, tibbiy sohada “hayot-mamot masalasi”, “yurakni qo`lga olish”, “quloq solmoq (organizmga)” kabi birikmalar bemor bilan shifokor o`rtasidagi muloqotni soddalashtiradi. Yuridik matnlarda esa “qonunni aylanib o`tmoq”, “qalamga tushmoq”, “qonun oldida javob bermoq” kabi iboralar rasmiy hujjatlar va chiqishlarda sodda, ammo ta’sirchan ifodaviylik yaratadi. Professional janrlardagi idiomalar odatiy uslubdan farqli ravishda kontekstga muvofiq o`zgarishga moyil bo`lib, ular ko`pincha metaforik asosda ishlatiladi. Bu holat ularni semantik jihatdan chuqur va ko`p qirralilikka ega vosita sifatida qadrlash imkonini beradi. Idiomalar, shuningdek, kasbiy identitetni shakllantirishda ham muhim rol o`ynaydi, ya’ni har bir soha vakillari o`zlariga xos idiomatik lug`atdan foydalanib, bir-birlarini tez va aniq tushunish imkoniga ega bo`ladi. Shu bois, professional nutqiy janrlar tarkibida idiomalarning qo`llanishi, birinchi navbatda, nutqiy tajriba, muloqot madaniyati va semantik boylik belgisi sifatida namoyon bo`ladi. Ular fikrni mantiqiy izchillikda, emotsional ta’sir kuchi bilan ifodalash imkonini yaratadi, professional muloqotni an’anaviy va madaniy asosda barqarorlashtiradi. Masalan: 1. Jurnalistik nutqda idiomalar. - “Ochig`ini aytganda” - haqiqatni yashirmasdan bildirayotganligini ifodalaydi. Jurnalistning pozitsiyasini kuchaytiradi. - “So`z o`ynatmoq” - til ustaligini yoki kinoyaviy ohangni bildiradi. Stilistik jihatdan matnni qiziqarli qiladi. - “Suvdan quruq chiqmoq” - aybdan qutulish, muammoga tortilmaslik ma’nosida qo`llanadi. Tanqidiy maqolalarda ishlatiladi. 59 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 2. Tibbiy nutqda idiomalar. - “Hayot-mamot masalasi” - nihoyatda muhim, hal qiluvchi holat. Kasallik holatlarida ishlatiladi. - “Ko`zni ochmoq” - real holatni anglash, hushyorlikka kelish. Operatsiyadan keyin yoki tushuntirish jarayonida ishlatiladi. - “Yuragi siqilmoq” -jismoniy yoki ruhiy holatni bildiradi. Simptom sifatida bemor holatini ifodalaydi. 3. Yuridik nutqda idiomalar - “Qonun oldida javob bermoq” - jinoyat yoki qonunbuzarlik uchun javobgarlikni anglatadi. Rasmiy chiqishlarda uchraydi. - “Qilmishni bo`yniga olish” - aybni tan olish ma’nosida. Sud protsesslari bayonida qo`llanadi. - “Qonunni aylanib o`tmoq” - huquqiy cheklovlardan qochish, noqonuniy yo`llarni izlash. Tanqidiy-huquqiy tahlillarda ishlatiladi. 4. Pedagogik nutqda idiomalar. - “Boshlang`ich nuqtadan chiqmoq” -mavzuni boshlash. Dars jarayonlarida ishlatiladi. - “Zamonga mos fikrlamoq” - tanqidiy va mustaqil fikrga o`rgatish maqsadida. Pedagogik motivatsiyada qo`llanadi. - “Aql bilan yondashmoq” - emotsional emas, mantiqiy fikrlash zarurligini bildiradi. O`quvchilarni ongli fikrlashga undaydi. 5. Texnik nutqda idiomalar. - “Tugmani bosish bilan hal bo`lmaydi” - masala murakkabligini bildiradi. Texnik nosozliklarda ishlatiladi. - “Sistema ishdan chiqqan” - jismoniy emas, balki tashkiliy yoki kommunikativ muammolarni ham ifodalashi mumkin. - “Qotib qolgan fikr” - innovatsiyaga qarshi pozitsiyani bildiradi. Muhokamalarda ishlatiladi. Idiomalar professional nutqiy janrlarda nafaqat stilistik, balki funktsional-pragmatik vazifani ham bajaradi. Ular: mutaxassislararo o`zaro tushunishni soddalashtiradi, og`zaki va yozma nutqni emotsional va obrazli qiladi, ixtisoslashgan matnni o`quvchi yoki tinglovchiga yaqinlashtiradi. Masalan: “Ba’zi xodimlar bor ishni boshqalarga yuklab, o`zlari esa qo`lni sovuq suvga ham urmaydi”. “Qo`lni sovuq suvga urmaslik” idioma mas’uliyatsizlik, loqaydlik holatini bildirad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada professional nutq janrlarida, ya'ni kasbiy kontekstlarda iboralar va idiomalardan foydalanishni ahamiyati toʻgʻrisida soʻz boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada professional nutq janrlarida, ya'ni kasbiy kontekstlarda iboralar va idiomalardan foydalanishni ahamiyati toʻgʻrisida soʻz boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- professional speech genre, idiom, phrase, pragmatic structure, forms of speech, forms of speech., nutq shakllari., idioma, ibora, professional nutq janri, pragmatik struktura
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025