К содержанию
РецензированоUZ2025

NODIR JONUZOQ SHE’RIYATINING MATNIY TUZILISHI VA TEMATIK KO‘LAMI

NEW RENAISSANCE · Mirxoliyev Hayotjon Niyatqobul o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda Nodir Jonuzoq she’riyatining matniy tuzilishi va tematik ko‘lami ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda shoir ijodida poetik matnning kompozitsion qurilishi, ritm va ohang uyg‘unligi hamda semantik qatlamlarning mazmun shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, uning she’rlarida aks etgan mavzular — milliy qadriyatlar, inson ruhiyati, tabiat manzaralari va ijtimoiy-falsafiy masalalar — badiiy talqin doirasida ko‘rib chiqilgan. Tezisda shoir poetik olamining matniy tuzilishdagi izchilligi va tematik rang-barangligi o‘zaro bog‘liq holda tahlil etilib, ularning o‘zbek adabiy jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: matn, badiiy matn, matn tuzilishi, she’riyat, individuallik, tematik ko‘lam, lisoniy tahlil, badiiy tasvir. XXI asrning birinchi choragida respublikamizda ilm-fanning barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Boshqa sohalardagi kabi filologiya, shu jumladan, tilshunoslik sohasidagi o‘zgarishlar alohida diqqatga sazovordir. Keyingi yillarda tilshunosligimizda o‘zbek tilini ilmiy asosda tadqiq qilish rivojlandi. O‘zbek tilida eng faol boʻlgan lingvistik vositalarni oʻzbek she’riyatidagi roli va shu bilan birga uning she’riy matnlarda oʻziga xos xususiyati, ma’no- mazmuni, lingvistik xususiyati keng qamrovda qamrab olindi. Oʻzbek tilshunosligida badiiy matn va uning birliklari, matnni bogʻlovchi vositalar haqida oʻzbek tilshunos olimlari turli fikrlarni aytib oʻtishadi. Avvalo “Matn” atamasi va uning ma’nosi haqida toʻxtalib oʻtamiz. “Matn” atamasi haqida ilmiy adabiyotlarda uning ma’nosi haqida turlicha talqin etiladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida matn soʻzini arab tilidan oʻzlashganligi haqida ma’lumot berilgan. “Matn- yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst / 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasmi , chizma va izohlarsiz asosiy qismi”[13: 663]. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida matn soʻzini aynan tekst soʻzi anglatgan ma’noga ishora qilinadi. Avvalo shuni alohida takidlash lozimki, insonlar oʻrtasidagi muloqot matn vositasida amalga oshishini hisobga olsak. Matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash haqidagi qoidalar nazariyasiga zid boʻlishi turgan gap. Oʻz navbatida matn ham nutqning bir koʻrinishi hisoblanadi. Har bir matn murakkab tuzilishi va mazmuniy mundarijaga ega boʻlib, u yozma va ogʻzaki ijod namunasi sanaladi. O‘zbek adabiyotining yorqin vakllaridan biri bo‘lgan Nodir Jonuzoq she’riyatini tahlil qilar ekanmiz, uning ijodida vatan va milliy g‘urur, sevgi va insoniyat, falsafiy va ijtimoiy, tarixiy xotira va milliy meros hamda tabiat kabi mavzular o‘z ifodasini topadi. Shoirning yaqinda nashrdan chiqqan “Muborak kunlar” deb nomlangan kitobidagi she’rlar, maqolalar, suhbat va munosabatlardan tartiblangan ushbu kitob shoirning ijodiy salohiyatini bor bo‘y-basti, salobat va zalvori bilan kitobxon ko‘zi oldida gavdalantiradi. 4 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 Kitobga jamlangan barcha asarlarni bir mavzu – Vatan, millat mavzusi birlashtirgan bo‘lib, ular janr va shaklidan qat’i nazar, kuchli vatanparvarlik, elparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan. Sezdim, hech uzib bo‘lmas huzuringda qarzim bor, Sha’ningga yarashiq so‘z aytsam, deya orzum bor. Tilla tashbeh so‘rayman, so‘rayman gavhar ta’rif - Xudoyimga dunyoda yolg‘izgina arzim bor: O‘zingga mos, munosib she’r bo‘lay, O‘zbekiston, Quyoshli so‘z tashigan she’r bo‘lay, O‘zbekiston. [2: 4] Ushbu to‘plamdan joy olgan “O‘zbekiston” she’ridagi har bir so‘z vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan. Shoirning vatanga mos ta’rif berish uchun tilla tashbeh va gavhar ta’rif kerakligini ta’kidlaydi. Shoirning “Sizni sevar edim…” to‘plami haqida so‘z ketganda, “sizni sevar edim…” Bu so‘zlarni tilga olmagan yoki hayolidan o‘tkazmagan kishi bormikan ?! Sevgi – inson botinini poklaydigan, uni yuksaklarga ko‘taradigan ilohiy quyun, to‘fon, alanga… Nodir Jonuzoqning ushbu to‘plamiga ana shu tuyg‘u asosida bitilgan, turli yillarga mansub she’rlar jamlangan. Ushbu to‘plam bir necha mustaqil she’rlardan tarkib topgan. Lekin kitobga yagona lirik qahramon – MEN bor. U she’rlarda ham, dostonda ham yetakchilik qiladi. U kitobning so‘nggi sahifasini tugatgandan so‘ng sizning yoningizga kelib o‘tirib oladi. Umuman olganda, ushbu kitob oshiq odamga o‘xshaydi. “So‘z chamani” she’riy to‘plamlaridan joy olgan she’rlarini o‘qish jarayonida ulardagi tematik xilma-xilllik namoyon bo‘ladi. She’rlarining mavzu ko‘lami keng, badiiy topilmalari yangi va ohorli, o‘xshatishlari o‘ziga xos va tabiiy. Satrlar qatidagi samimiyat va sehr o‘quvchini ohangraboday o‘ziga tortadi, serjilo timsollar she’rxonni o‘yga toldirib, fikriy tanballikdan qutqaradi. Nodir Jonuzoq she’rlarini tahlil davomida shoir she’riyatining matniy tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida shakl va mazmun o‘zaro uyg‘unlikda bir butunlikni aks ettiradi. Matniy tuzilish jihatidan Nodir Jonuzoqning ijodi muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Nodir Jonuzoq she’riyatining matniy tuzilishi va tematik ko‘lami ilmiy tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Nodir Jonuzoq she’riyatining matniy tuzilishi va tematik ko‘lami ilmiy tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lisoniy tahlil, badiiy tasvir., matn tuzilishi, she’riyat, tematik ko‘lam, badiiy matn, individuallik, matn
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники