К содержанию
РецензированоUZ1927

DINIY MATNLAR KORPUSI UCHUN IZOHTALAB SO‘ZLARNI SEMANTIK TAVSIFLASH USULLARI

TAVSIFLASH USULLARI · Manzura Abjalova Abdurashetovna · Fayiza Tursunboyeva Abdurahmat qizi

Современная наука и исследования · 2 · 1–10 · 1927

Аннотация

A corpus of religious texts is a system of processed religious texts, and its creation will be a factor in improving the work on issues such as understanding the content of religious texts, automatic semantic analysis, and machine translation. It will also improve the quality of queries and translations related to religious texts in search engines and translation systems and improve the large database. It can be an object for effective research such as lexicography and ontology. The article shows the semantic field and semantic groups among the 428 lexical units studied for the corpus of religious texts based on the publication of the Islamic scholar Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf's "Sakhihul Bukhari" 1-juz (2019) and reveals the semantic labeling of these lexical units. Also, the article studies the lexical units “Book” and “Hadith”, which are the most frequently occurring words in religious texts, based on thematic grouping, semantic tagging, and analysis based on keywords and word combinations. As a result of the study, a total of 17 thematic groups were formed. The semantic problems and semantic description methods analyzed in this study are the most important factor in corpus linguistics analysis and methodologies. Key words: Corpus linguistics, semantics, semantic description, semantic description methods, frequency, tagging, religious texts, semantic relation, functoriality I. Kirish 721 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Tilning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatning o‘rni beqiyos, xususan, insoniyat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan dinning ta’sirini alohida e’tirof etmasdan iloj yo‘q. Tabiiy tillarning aksarining negizida bu ta’sirni topish mumkin. Jumladan, o‘zbek tili ham bundan mustasno emas. Yurtimizda yetishib chiqqan islom dinining eng yirik olimlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy [1] kabi islomiy bilimlar ulamolarining asarlari tilimiz rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Til korpuslari semantik tahlillar uchun boy ma’lumotlar manbai sanalib, shu sababdan ham bugungi kunda semantik nazariyaning chuqur va keng tadqiq qilinishi boshlandi [2]. Semantik tavsiflash ayni to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida [3] juda muhim elementlardan hisoblanadi. Bu orqali qidiruv tizimlari, web xizmatlardan foydalanishni avtomatik tahlil qilgan holda integratsiyani osonlashtirish mumkin [4]. Shuningdek, til korpuslari mashina tarjimasi, til muhandisligi, axborot qidirish, leksik tahlil, leksikografiya kabi lingvistik tadqiqotlarga ham boy manba bo‘lib xizmat qiladi [5]. Aynan semantik tadqiqotlar jamlangan maqsadli til korpuslari esa raqamli lingvistika rivojida alohida qiymatga ega (masalan: SemOntoCor, Alisher Navoiy g‘azallarining semantik bazasi). Har bir tilning leksik-semantik tizimida u yoki bu denotat (voqelikdagi aynan bir narsa) nomining alohida-alohida lug‘aviy birliklar yordamida ifodalanishi mazkur so‘zlar ifodalab kelgan denotatlarning shu xalqning hayoti, turmush tarzi, xo‘jaligi, ijtimoiy ishlab chiqarishda qanday ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi [6]. Xuddi shuningdek, diniy matnlarda uchraydigan o‘ziga xos denotatlar ham lug‘aviy ma’nosidan tashqari turli kontekstlarda turli mazmunga ega bo‘ladi. Va bu mazmunlarda nafaqat xalqning, balki shu mazmunga asos bo‘lgan dinning ta’sirini ham chuqur ifodalaydi. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, O‘zbekistonda islom dini qariyb 15 asrlik tarixga ega bo‘lib, arab tilining o‘troq aholi leksikasidagi o‘rni juda katta. Yer yuzida islom dini keng tarqalganligiga qaramasdan, arab tili dunyosida korpus lingvistikasi ingliz tili korpus lingvistikasi darajasida taraqqiy etmayapti. Buning sabablari sifatida lingvist olim O. Ismoil arab tilining o‘ziga xos tomonlari – flektivligi, bosh harflarning mavjud emasligi, unlilarning harf bilan ifoda etilmasligi, tilning morfologik xususiyatlari kabilarni qayd etadi [7]. Shuningdek, diniy matnlarda uchraydigan izohtalab lug‘aviy birliklarni semantik tavsiflash ehtiyoji ushbu so‘zlarning asrlar davomida iste’moldan chiqishi, xos doiralarda o‘rganilishi, shuningdek, manbalar bilan birgalikda lingvistik tadqiqotlar yetishmasligi ham rivojlanishni ortga surmoqda. Mazkur bo‘shliqni to‘ldirish uchun bugungi kunda diniy matnlardagi izohtalab so‘zlarning kontekstual-semantik izohini hech bir lug‘atsiz joriy vaqtda, tezkor (interaktiv tarzda) bilish va shunday so‘zning diniy matndagi ma’nosini anglashi uchun diniy matnlar korpusi va uning semantik tavsiflar bazasi muhim sanaladi. Diniy matnlarda, xususan, hadislarda shunday so‘zlar borki, ularni bugungi kun o‘quvchisi maxsus lug‘atlarsiz tushunishga qiynaladi. Ular tadqiqotimizda izohtalab so‘z birikmali termini bilan ifodalandi. Ushbu maqola diniy matnlardagi izohtalab lug‘aviy birliklarga semantik tavsif berish metodlarini ochib berishga qaratilgan. Maqola mohiyatini ochishda islomiy bilimlar olimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sahihul Buxoriy”, 1-juz asari asos

Доказательный фрагмент

«A corpus of religious texts is a system of processed religious texts, and its creation will be a factor in improving the work on issues such as understanding the content of religious texts, automatic semantic analysis…»

Образец извлечения

Демо-превью

A corpus of religious texts is a system of processed religious texts, and its creation will be a factor in improving the work on issues such as understanding the content of religious texts, automatic semantic analysis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Corpus linguistics, semantics, semantic description, semantic description, functoriality, semantic description methods, diniy matnlar, frequency, semantik tavsiflash metodlari, semantik tavsif, chastota, kitob, funksionimiya, tagging, semantika, semantic relation, teglash, hadis, Korpus lingvistikasi, religious texts, semantik munosabat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники