К содержанию
РецензированоUZ1991

O’ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI

Zokirov Saydullo Odiljon o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 1991

Аннотация

Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi. Yo’lga qo’yilgan bu aloqalar dunyo miqyosida ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. Mamlakatlarning til, madaniyat, tarix va yana bir qancha yo’nalishlar bo’yicha o’rnatgan hamkorliklari turkiy xalqlar o’rtasida tinchlik va totuvlikni mustahkamlanishiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay, taraqqiyot va rivojlanish yo’lida ham bir mayoq sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining 1991-2025-yillar mobaynida Turkiy davlatlar bilan o’rnatgan aloqalari tarixi yoritib beriladi. Kalit so’zlar: Turkiy davlatlar, O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, madaniyat, ijtimoiy hayot, savdo va tijorat, rivojlanish, tashabbuslar, o’zaro shartnomalar, mamlakat rahbarlari, diplomatik aloqalar. 2009-yil 3-oktyabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi ostida tashkilot tuzilgan. 2021-yil 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Istanbul shahrida bo'lib o'tgan sammitida O'zbekiston tashabbusi bilan mintaqaviy tuzilma nomi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) deb o'zgartirildi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar o‘rtasida ishonch va aloqalarni mustahkamlash, savdo- iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdir. O’zbekiston azaldan turkiy zabon millatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va kengaytirishning faol tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan biri bo’lgan. Bunday aloqalarning yo’lga qo’yilishi mamlakatimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Mamlakat rivoji yo’lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar har bosqichda o’z mevasini berib bormoqda. Turkiy davlatlar bilan o’rnatilgan va o’rnatilajak aloqalar ham xalqlar o’rtasida tinchlik va farovonlikni ta’minlash, o’zaro birlik va ahllik manbasi, madaniyatlararo bir muhim ko’prik sifatida xizmat qilib kelmoqda va qilishda davom etadi. O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo’lishi 2019-yilning kuz oylariga, aniqrog’i, 15-oktyabr kuniga to’g’ri keladi. Ushbu tarixiy va unutilmas kunda Ozarbayjonning Boku shahrida tashkilotning yettinchi sammiti bo’lib o’tadi. [1] Ushbu sammitda tashkilotning a’zo davlatlari rahbarlari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ishtirok etadi. Kuzatuvchi mamlakat sifatida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Purli Agamurodov anjumanda qatnashdi. O’zbekiston ushbu sammitda birinchi bor to’la huquqli a’zo mamlakat sifatida qatnashgan edi. [2] Keyingi yillarda mazkur davlatlar bilan aloqalar kengaydi, oliy va yuqori darajadagi rasmiy tashriflar amalga oshirildi. 696 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 - Turkiy Kengashga a’zolik xalqimizning tub manfaatlariga to‘la javob beradi. Bugungi kunda o‘rtamizda nafaqat madaniy-ma’naviy aloqalar, balki savdo-iqtisodiy munosabatlar ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Oxirgi uch yilda davlatlarimizning o‘zaro savdo hajmi salkam ikki barobarga oshdi, mingdan ortiq yangi qo‘shma shirkatlar ochildi. Transport qatnovlari kengaymoqda, vizasiz tartib asosida turistlar oqimi tobora ko‘paymoqda, xalqlarimizning qardoshlik rishtalari mustahkamlanmoqda, – dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan o’zaro aloqalari ham keyingi bosqichga ko’tarilmoqda. Quyida, O’zbekistonning Turkiya, Qirg’iziston, Qozog’iston va Ozarbayjon mamlakatlari bilan o’zaro hamkorlik jarayonlari yoritib beriladi. O’zbekistonning Turkiya bilan aloqalari. Azaldan, turk va o’zbek xalqlari o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, strategik, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni o’rnatish bo’yicha hamfikr bo’lib kelgan. Turkiya O’zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berib, turk va o’zbek xalqlarining o’zaro rishtalarini mustahkamlashga harakat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat mustaqilligini e’lon qilgandan so’ng bir qancha davlatlar bilan strategik va siyosiy aloqalarni o’rnatdi. Jumladan, Turkiya O’zbekistonning mustaqilligini birinchilardan bo’lib 1991-yil 16- dekabrda tan oldi, va mamlakatimiz bilan tijoriy va madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishni boshladi. Shu borada, I.Karimov Anqara murakkab va jadal o’sib borayotgan dunyo tizimida yosh mustaqil davlat uchun yaxshi hamkor va do’st bo’lishiga umid bog’lagan edi. Dastlab ikki tomonlama munosabatlar birodarlik ruhida yo‘lga qo‘yildi va ishonchni mustahkamlash chora- tadbirlariga erishildi. 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 19

Доказательный фрагмент

«Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hammamizga ma’lumki, madaniy va lisoniy kelib chiqishi bir bo’lgan Turkiy davlatlarning o’zaro aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkiy davlatlar, savdo va tijorat, tashabbuslar, rivojlanish, o’zaro shartnomalar, O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkiya, mamlakat rahbarlari, diplomatik aloqalar., madaniyat, ijtimoiy hayot, Qozog’iston
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники