К содержанию
РецензированоUZ1991

O’ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI TARIXI (1991-2025)

Z. J. Mirshoxidova

Современная наука и исследования · 2 · 1991

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistonning 1991-yildan 2025-yilgacha bo’lgan muddatda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarining bosqichma-bosqich rivojlanishi yoritib berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) kabi mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi integratsiya jarayonlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada 2016-yildan so’ng Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z davrida “ochiq va pragmatik” tashqi siyosat olib borganligi va buning natijasida mintaqaviy diplomatik aloqalarning sezilarli darajada barqarorlashganligi haqida ham ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: mintaqaviy hamkorlik, integratsiya, tashqi siyosat, diplomatik aloqalar. 1991-yilda Markaziy Osiyo davlatlari birin-ketin o’z mustaqilligiga erishishni boshladi. Ammo barcha davlatlar bir qancha iqtisodiy muammolarga duch keldi, 1990-yilning ikkinchi yarimiga kelibgina iqtisodiyot yaxshilanishni boshladi. Buning natijasida esa aholining turmush tarzi sezilarli darajada ijobiy tarafga o’zgardi. Mustaqillik yillarida 5 ta Markaziy Osiyo davlatlari aholisining soni 50 milliondan oshiq bo’lgan edi, 2024 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 80 milliongacham ko’tarildi. Eng baland ko’rsatgichlar Tojikiston (98%) hamda O’zbekiston (84%)da aniqlangan edi. Bunga qaramay Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmaniston davlatlari ko’rsatgichlari ham bardavom o’sib bordi. Iqtisodiy murakkablik indeksi: iqtisodiy murakkablik indeksi mamlakatning iqtisodiy bilmi hamda salohiyatini o’lchaydi. Germaniya va Yaponiya davlatlariga o’xshagan iqtisodiy murakkablik indeksi baland bo’lgan mamlakatlar texnik jihatdan rivojlangan va ko’p turdagi mahsulotlarni, iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) past bo’lgan davlatlar esa kamroq turdagi mahsulotlarni eksport qiladi. Sovet ittifoqi davrida Markaziy Osiyo davlatlari asosan xomashyo yetqazib berish uchun hukumatga xizmat qilgan. Davlatlar iqtisodiyot bo’yicha neft, gaz, minerallar va xo’jalik mollarini eksport qilishga tayanib qolgan edi, shu sababdan iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) past edi. 2023-yili 132 ta davlat o’rtasida iqtisodiy murakkablik indeksi reytingi bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston 66, Qirg’iziston 72, Qozog’iston 86, Turkmaniston 107 va Tojikiston 110-o’rinlarni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hech biri yaxshi natija ko’rsata olmadi.(Kun.uz, 2023) 1990-yildan beri O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy integratsiya ustida ishlab kelmoqda. Ammo bir qancha ichki va tashqi omillar sababli bu jarayon to’liq amalga oshmadi. Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati 1994-yilda O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida tuzildi, 1998-yilga kelib Tojikiston Respublikasi ham unga qo’shildi. 2002-yilga kelib Markaziy Osiyo Hamjamiyati nomi Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotiga (CACO) o’zgardi. Lekin, 2004-yilda bu tashkilotga Rossiya qo’shildi va buning natijasida tashkilot ichidagi kuchlar muvozanati o’zgardi. Bir vaqtning o’zida Markaziy Osiyo davlatlari, Moskva boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo edilar. 2005-yilga kelib, ikki tashkilotning o’zaro maqsadlari o’xshashligi tufayli Markaziy Osiyoda mustaqil mintaqaviy integratsiya jarayonlari to’xtab qoldi. Shu bilan boshqa mintaqaviy integratsiya tashkiloti qayta tuzilmadi. 689 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Respublika Prezidentlari orasidagi siyosiy kelishmovchilik savdo aloqalarini keskin yomonlashishi ya’ni pasayishiga olib kelgan. 2007-yilda O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi tovar ayrboshlash hajmi 300 millionni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yilga kelib bu ko’rsatgich 2,1 millionga tushib ketti. (Kun.uz, 2023) Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) - bu davlatlararo tashkilot hisoblanib, u 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Belarus va Ukraina tomonidan Minskda tuzilgan tashkilotdir. Uch davlat ham iqtisodiy, siyosiy gumanitar, madaniy va boshqa yo’nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish niyatini bildirdi. So’ng 1991-yilning 21-dekabriga kelib O’zbekiston, Qozog’iston, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Moldova ushbu bitimga qo’shildi. Ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining maqsad va tamoyillari haqida Deklaratsiyani 1997-yilgacha Qozog’istonning poytaxti bo’lgan Olmaota shahrida imzoladilar. 2014-yildagi Rossiya bilan siyosiy va harbiy ziddiyatlarga uchragan Ukraina hukumati, 2018-yil 19-mayda MDHdan rasman chiqish to’g’risida qaror qabul qildi. Turkmaniston esa 2005-yilgacha MDH tarkibida bo’ldi, so’ng cheklangan darajadagi savdo va energetika hamkorligidan foydalanadigan bo’ldi. MDHga a’zo bo’lga davlatlar ko’plab afzalliklarga erishishdi, masalan siyosiy foyda, MDH davlatlar o’rtasida urishlarni oldini olishda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda yordamchi bo’ldi, iqtisodiy tomonlama bo’lsa, erkin savdo hududi yaratildi ya’ni ba’zi tovarlarga boj olinmas edi va ba’zi davlatlar masalan Rossiyadan g

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekistonning 1991-yildan 2025-yilgacha bo’lgan muddatda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarining bosqichma-bosqich rivojlanishi yoritib be…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekistonning 1991-yildan 2025-yilgacha bo’lgan muddatda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarining bosqichma-bosqich rivojlanishi yoritib be… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mintaqaviy hamkorlik, tashqi siyosat, diplomatik aloqalar., integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники