Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ В ПОВЫШЕНИИ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ И ВОПРОСЫ ИХ ИЗОБРАЖЕНИЯ НА КАРТЕ
Kamilov Bobir Sultonovich · Barnaqulova Muhayyo Ortiq qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the importance of mineral fertilizers in increasing soil fertility, their types and principles of application. It also covers the scientific and methodological foundations of creating fertilizer use maps using modern geographic information systems (GIS). Keywords: soil fertility, mineral fertilizers, nitrogen, phosphorus, potassium, GIS, agrochemical map, soil assessment. Kirish. Tuproq — insoniyatning asosiy tabiiy boyliklaridan biri bo‘lib, u oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda beqiyos rol o‘ynaydi. Aholi sonining ortib borishi, intensiv dehqonchilikning kengayishi natijasida tuproqdagi tabiiy oziqa moddalari kamayib bormoqda. Shu sababli tuproq unumdorligini saqlash va oshirish maqsadida mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mineral o‘g‘itlarning turlari va ularning ahamiyati Mineral o‘g‘itlar o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Ular tarkibiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1. Azotli o‘g‘itlar — ammoniy selitrasi, karbamid, ammoniy sulfat. Ular o‘simlikning barg hosil qilishi, oqsil sintezi va vegetativ o‘sishini rag‘batlantiradi. 2. Fosforli o‘g‘itlar — superfosfat, ammofos, fosforit uni. Fosfor ildiz tizimini rivojlantirishda va hosil pishishini tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 3. Kaliylik o‘g‘itlar — kaliy xlorid, kaliy sulfat, silvinit. Ular o‘simlikni sovuqqa, qurg‘oqlikka va kasalliklarga chidamli qiladi. 667 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Mineral o‘g‘itlarni me’yorida va muvozanatli qo‘llash tuproqdagi oziqa muvozanatini tiklash, hosildorlikni 20–40 foizgacha oshirish imkonini beradi. Tuproq unumdorligini oshirishda o‘g‘itlarning roli Tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, strukturasi va mikrobiologik faolligi mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq. Masalan: Azotli o‘g‘itlar chirindi hosil bo‘lish jarayonini tezlashtiradi. Fosforli o‘g‘itlar tuproqdagi kationlar bilan bog‘lanib, o‘simliklar uchun oson o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tadi. Kaliylik o‘g‘itlar esa tuproqning sho‘rlanishga qarshi barqarorligini oshiradi. Shuningdek, o‘g‘itlarni ekologik me’yorlarga rioya etgan holda qo‘llash tuproqning biologik muvozanatini saqlab qolishga yordam beradi. Tuproq toshlardan hosil bo‘ladi. Ammo, tuproq o‘zining unumdorligi, shuningdek, boshqa hayot omillari bilan jinslardan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda tuproq unumdorligini oshirish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshiradi. Dastlab, tuproqdagi mavjud mineral o‘g‘itlarni aniqlash uchun tuproq maxsus tuproq tahlil laboratoriyalarida tekshiriladi. Tuproq tahlil laboratoriyalarida asosan tuproq tarkibidagi unumdorlik uchun zarur bo‘lgan fosfor , kaliy va gumus miqdorlari tekshiriladi. Tuproq tarkibidagi mineral o‘g‘itlar bilan tanishib chiqsak : Fosfor oqsillar tarkibiga kiradi va o‘simliklarning nafas olishi hamda ildizlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘simlikning jivojlanishini va mevalarning yetilishini tezlashtiradi. Fosfor yetishmasa g‘o‘za past bo‘yli , mayda bargli bo‘lib, barglarida qizil taramlar vujudga keladi. Kaliy o‘simliklarda erkin yoki kuchsiz kimyoviy birikkan holda asosan, protoplazmada bo‘ladi. U o‘simlikni yaxshi shoxlashi hamda mustahkamlanishiga, hosilning oshishiga va turli kasalliklarga chidamli bo‘lishiga yordam beradi. Kaliy ekin hosildorligini oshirish bilan birga mahsulot sifatini ham yaxshilaydi: mevalar sifatli, paxta tolasi pishiq, don esa serkraxmal bo‘ladi. Kaliy yetishmasa, g‘o‘za bargida qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘lib, barglari sekin – asta to‘kilib ketishi ham mumkin. Gumus (chirindi) — tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui; nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyoviy oʻzgarishi (chirishi va undan murakkab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil boʻladi. Gumus tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar va boshqalar), ularning oʻzgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, oksikislotalar, fenollar, monosaharidlar va h. k.) va guminli moddalar kiradi. Gumus tuproq unumdorligini taʼminlovchi eng muhim qismdir. Karta - Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko‘rsatadi. Bu tuproq tarkibidagi mavjud mineral o‘g‘itlarning miqdorini ko‘rsatuvchi kartalarni GAT dasturlarida yaratiladi va bu kartalarni yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak -kartaga qo‘yiladigan talablarni aniqlash va uning xomaki dasturini tuzish; b) - manbalarni to‘plash, tahlil qilish va baholash; c) -kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalami o‘rganish; d) -karta dasturi (loyihasi)ni tuzish. 2. Tuzish: a) -manbalarni tayyorlash va qayta ishlash; b) -kartaning birinchi originalini yara
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the importance of mineral fertilizers in increasing soil fertility, their types and principles of application.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the importance of mineral fertilizers in increasing soil fertility, their types and principles of application. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soil fertility, mineral fertilizers, nitrogen, phosphorus, potassium, GIS, azot, tuproq unumdorligi, GAT, минеральные удобрения, agrochemical map, mineral o‘g‘itlar, калий, fosfor, агрохимическая карта, ГИС, азот, tuproq bonitirovkasi., agroximik xarita, soil assessment., фосфор, kaliy, оценка почв., плодородие почв
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025