К содержанию
РецензированоUZ2019

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELI SIFATINING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI (O‘ZSANOATQURILISHBANK ATB MISOLIDA)

Dobilova Nigora Axmadaliyevna

Современная наука и исследования · 2 · 2019

Аннотация

The banking system of the Republic of Uzbekistan is analyzed on the example of the activity of JSCB "Uzsanoatqurilishbank". The study studies the relationship between the composition of the bank's loan portfolio, the level of non-performing loans (NPL), the share of reserves and profitability indicators (ROA, ROE) for the period 2019-2024. The analysis shows that as the quality of the loan portfolio increases, the bank's financial stability indicators change in a positive direction, that is, a decrease in the share of non-performing loans increases profitability and capital adequacy. Based on the results of the study, the author proposes to introduce modern methods of credit risk management in banks - "credit scoring" systems, the IFRS 9 Expected Credit Loss model and digital credit monitoring platforms. These measures will serve to strengthen the financial stability of commercial banks and improve the quality of the loan portfolio. Keywords: loan portfolio, financial stability, non-performing loans (NPL), profitability, capital adequacy, risk management, IFRS 9, Uzsanoatqurilishbank. Kirish: So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimi chuqur islohotlar jarayonini boshdan kechirmoqda. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kapital yetarliligi, likvidlik darajasi va kredit portfeli sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga mos tartibotlar joriy etilmoqda. Xususan, Prezidentning 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son Farmoni bank sektorini transformatsiya qilish, xususan davlat banklarini xususiylashtirish va ularning aktivlar sifati monitoringini kuchaytirishga qaratilgan. Bu islohotlar bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kredit portfeli sifatining ahamiyatini yanada oshirdi. Tijorat banklari faoliyatining samaradorligi, avvalo, ularning kredit siyosati va kredit portfeli sifatiga bog‘liq. Kredit portfeli bank aktivlarining eng katta qismini tashkil etadi va daromadlilikning asosiy manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, kredit portfelida muammoli kreditlarning yuqori ulushi bankning foyda marjasini pasaytiradi, risk darajasini oshiradi va kapital yetarliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, kredit portfeli sifatini tahlil qilish va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunda tijorat banklari oldida turgan eng muhim strategik vazifalardan biridir. 643 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Mazkur tadqiqotda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB misolida 2019–2024-yillar oralig‘ida kredit portfeli sifatining bank moliyaviy barqarorligiga ta’siri empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda muammoli kreditlar (NPL), zaxira siyosati, rentabellik (ROA, ROE) va kapital yetarliligi (CAR) o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan IFRS 9 Expected Credit Loss (ECL) modeli, Basel III talablariga asoslangan risk boshqaruvi va raqamli kredit monitoring tizimlarini milliy bank amaliyotiga joriy etish istiqbollari tahlil qilinadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar tijorat banklarining kredit portfeli sifati va moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni chuqur tadqiq etib kelmoqdalar. Xususan, H. Tursunov (2019; 2023) o‘z ilmiy ishlarida banklarning muammoli kreditlari (NPL) va rentabellik ko‘rsatkichlari (ROA, ROE) o‘rtasidagi bog‘liqlikni panel regressiya yordamida tahlil qilgan. U kreditlar tasnifi va zaxiralash siyosati qat’iylashgan yillarda foydalilik barqaror bo‘lganini, IFRS 9 doirasida ECL (“Expected Credit Loss”) modeliga o‘tish esa risklarni erta aniqlash imkonini berganini qayd etadi. A. Abdurahmonov (2020; 2022) esa kredit portfeli tarkibi va kapital yetarliligi o‘rtasidagi “risk- transmissiya kanali”ni ochib bergan; u stress-test ssenariylari asosida makroshoklar NPL darajasini oshirganda kapital amortizatori rolini mustahkamlash zarurligini asoslab beradi. B. Karimov (2021) tadqiqotida esa kredit monitoringi raqamlashtirilishi va “credit scoring” tizimlari joriy etilishi NPL darajasini kamaytirganini, filiallararo xavf bahosini birxillashtirganini amaliy misollar bilan ko‘rsatadi. Rossiyalik olimlar ham ushbu yo‘nalishda e’tiborga molik ilmiy natijalarga erishgan. E. Zaytseva (2020) post-sovet mamlakatlari bank tizimi misolida VAR modellashtirish orqali NPL dinamikasi va likvidlik xavfi o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilib, muammoli kreditlar oshgan yillarda banklar qisqa muddatli likvid aktivlarga o‘tib, kreditlash hajmini qisqartirishga majbur bo‘lishlarini ko‘rsatgan. I. Kuznetsov (2018; 2022) esa IFRS 9 talablarini Rossiya bank tizimida joriy etishning murakkab jihatlarini yoritgan; u ECL modeli zaxiralarni pro-siklikdan chiqarib, kredit yo‘qotishlarini barqarorlashtirishga yordam berishini, biroq ma’lumotlar sifati va IT- infratuzilmaning tayyorgarligi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. Yevropalik tadqiqotchilar kredit portfeli sifati bilan moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagi aloqani makroprudensial nuqtai nazardan o‘rganadilar. Claudio Bori

Доказательный фрагмент

«The banking system of the Republic of Uzbekistan is analyzed on the example of the activity of JSCB "Uzsanoatqurilishbank".»

Образец извлечения

Демо-превью

The banking system of the Republic of Uzbekistan is analyzed on the example of the activity of JSCB "Uzsanoatqurilishbank". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
loan portfolio, financial stability, non-performing loans (NPL), profitability, muammoli kreditlar (NPL), Uzsanoatqurilishbank., moliyaviy barqarorlik, rentabellik, capital adequacy, risk management, kredit portfeli, O‘zsanoatqurilishbank., kapital yetarliligi, IFRS 9, risklarni boshqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники