К содержанию
РецензированоUZ2023

Paxta va sintetik tolalar aralashmasining yigiruvchanlik xususiyatlari tahlili

Jumaniyazov Q. · Saidxodjayeva Sh.

Научные статьи · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada paxta va sintetik tolalar aralashmasining to‘qimachilik sanoatdagi o‘rni va ahamiyati hamda ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilgan. Keyingi yillarda paxta xomashyosi eksporti qisqarib, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar eksportiga urg‘u berilgan. Bu mamlakatga yetishtiriladigan tabiiy tolalardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetarli emas, ularga kimyoviy tolalarni aralashtirib tayyor mahsulot miqdori va assortimentini oshirish kerakligini taqozo qilmoqda. Kimyoviy tolalarning afzalligi shundaki, qanday xossalarga ega tolalar kerak bo‘lsa, shunday tolalar hosil qilish mumkin. Shuning uchun ham kimyoviy tolalar ishlab chiqarish borgan sari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Kimyoviy tolalar ichida sintetik tolalar va iplar eng ko'p ishlab chiqarishga talab etiladigan tolalar hisoblanadi. Ularning ishlab chiqarish hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Iste'molchilar talabiga ko'ra, ularni ishlab chiqarish uchun yuqori samaradorlikdagi texnologiyalardan foydalanilmoqda. Sanoat miqyosida ishlab chiqaruvchi barcha sintetik tolalar ichidan poliester termik jihatdan eng barqarordir. Poliester ko‘pgina kislotalar, oksidlovchi, qaytaruvchi, organik eritmalar, neft mahsulotlari va quyosh nurlari ta’siriga bardoshli. Shuningdek, kimyoviy shtapel tola va iplarning to‘qimachilik sanoatida xomashyo sifatidagi ahamiyati ko‘zda tutilgan.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada paxta va sintetik tolalar aralashmasining to‘qimachilik sanoatdagi o‘rni va ahamiyati hamda ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada paxta va sintetik tolalar aralashmasining to‘qimachilik sanoatdagi o‘rni va ahamiyati hamda ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники