Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Kollagenning akril monomerlari bilan suvda eruvchan payvand soplimerlari paxta kalavasini oxorlovchi agenti sifatida
Ibodulloyev B. · Rafikov A.
Научные статьи · 2023
Аннотация
Qoramolning terisi chiqindilardan suyultirilgan ishqor eritmasi yordamida ajratib olingan kollagen gidrolizatining akril kislotasi, metakril kislotasi, akrilamid va metakrilamidlar bilan payvand sopolimerlanishining sharoitlari keltirilgan. Sopolimerlanish suvdagi gomogen eritmada, 60oC temperaturada, kaliy persulfat initsiatori ishtirokida sodir bo‘ladi. Payvand sopolimerlar sintezining metodikasi va sxemasi muhokama etilgan. Sintez qilingan sopolimerlarning suvda eruvchanligi ularni to‘qimachilik sanoatida qo‘llanilish imkoniyatini kengaytiradi. Sintez qilingan sopolimerlar paxta kalava iplarini to‘qishdan oldingi oxorlash uchun qo‘llanilgan. Oxorlangan iplarning fizik-mexanik xossalari hozirgi kunda to‘quv korxonalarida qo‘llanilayotgan kraxmalga nisbatan solishtirilgan. Sinov tajribalari chiziqli zichliklari 19 va 30 teks bo‘lgan ikki xil paxta kalava iplarida bajarilgan. Kraxmal bilan oxorlanganga nisbatan kollagenning payvand sopolimerlari bilan oxorlanganda iplarning uzilish kuchi 12÷36%, solishtirma uzilish kuchi 7÷39%, uzilishdagi uzayishi 4÷24%, uzilishdagi ishi 9÷61% ortganligi ko‘rsatilgan. Oxorlangan va oxorlanmagan iplar yuzasining raqamli mikroskopda olingan tasvirlari orqali sodir bo‘ladigan vizual o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan.
Доказательный фрагмент
«Qoramolning terisi chiqindilardan suyultirilgan ishqor eritmasi yordamida ajratib olingan kollagen gidrolizatining akril kislotasi, metakril kislotasi, akrilamid va metakrilamidlar bilan payvand sopolimerlanishining s…»
Образец извлечения
Демо-превьюQoramolning terisi chiqindilardan suyultirilgan ishqor eritmasi yordamida ajratib olingan kollagen gidrolizatining akril kislotasi, metakril kislotasi, akrilamid va metakrilamidlar bilan payvand sopolimerlanishining s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025