Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ШЕДЕВР ВОСТОЧНОГО ПРОСВЕЩЕНИЯ СААДИЯ: КОНЦЕПЦИЯ «ГУЛИСТАН»
Ergasheva Zebo Odiljon qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada tilning yoshga qarab o‘zgaruvchanligi sotsiolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Til nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki shaxsiy va ijtimoiy tajribalarni aks ettiruvchi vosita sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Turli yosh guruhlariga mansub shaxslarning nutq xususiyatlari, ularning tilga bo‘lgan munosabati, leksik va grammatik qurilishdagi farqlari chuqur tahlil qilinadi. Bolalar tilida soddalik va takror, o‘smirlar nutqida norasmiylik, kod almashtirish, raqamli uslublar, kattalar tilida esa barqarorlik, maqollashuv va madaniy-estetik ifodalar ustun turadi. Ushbu farqlar, bir tomondan, tilning moslashuvchanligini, ikkinchi tomondan esa avlodlar o‘rtasidagi lingvistik tafovutlarni ko‘rsatadi. O‘zbekiston jamiyati misolida olib borilgan kuzatuvlar yoshga xos til kodlari va ularning jamiyatdagi madaniy-ijtimoiy funktsiyalarini ochib beradi. Maqolada, shuningdek, yoshlar tilidagi o‘zgarishlarning til siyosati, ta’lim va madaniy uzluksizlikka ta’siri tahlil qilinadi. Bu yondashuv tilni nafaqat grammatika yoki fonetika darajasida, balki keng ijtimoiy kontekstda o‘rganishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: tilshunoslik, sotsiolingvistika, yoshga oid farqlar, bolalar nutqi, o‘smirlar tili, kod almashtirish, norasmiy uslub, raqamli til, madaniy kommunikatsiya, o‘zbek tili. Til inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy hayotining asosiy ko‘zgusidir. U faqat aloqa vositasi bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy guruhlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va tajribalari bilan bevosita bog‘liq. Shu sababli, til doimiy o‘zgarishda bo‘ladi, va bu o‘zgarishlarning muhim omillaridan biri – yosh hisoblanadi. Turli yoshdagi insonlarning nutqida farqlar kuzatilishi, tilga bo‘lgan munosabat, lug‘aviy boylik, grammatik qurilish va ifoda vositalaridagi tafovutlar bilan namoyon bo‘ladi. Bolalar nutqi, odatda, takrorlash, soddalashtirish va cheklangan lug‘aviy birliklar bilan ajralib turadi. Ularning til o‘zlashtirish jarayoni psixologik va fiziologik rivojlanish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, so‘z boyligi atrof-muhit, ota-ona nutqi va ta’lim muhitiga qarab shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqida emotsional ifodalar, onomatopeyik birliklar (masalan: “vov”, “bum”) va situatsion tushunishga asoslangan gaplar ustunlik qiladi. Bu bosqichda bola tilda o‘z fikrini ifodalashga urinadi, biroq grammatik me’yorlarga qat’iy amal qilmaydi. O‘smirlik davridagi tilga e’tibor qaratilsa, bu bosqichda til faqat kommunikatsiya emas, balki ijtimoiy identitetni shakllantirish vositasiga aylanadi. O‘smirlar ko‘pincha www.pedagoglar.org 44-to’plam_2-qism_Iyun-2025 87 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari norasmiy so‘zlashuv uslubi, slang, qisqartmalar va kod almashtirish elementlaridan foydalanadilar. Bu orqali ular o‘z do‘stlar guruhi bilan bog‘liqlikni kuchaytiradi va kattalardan farq qilishga intiladilar. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot bu guruh tilini tez o‘zgartirmoqda. Jumladan, o‘zbek yoshlarining nutqida inglizcha so‘zlar, ruscha ifodalar va emojilar bilan boyitilgan so‘zlashuv tili keng tarqalmoqda. Bular tilga bo‘lgan moslashuvchan yondashuvning ifodasidir. Katta yoshdagi insonlarning nutqida esa barqarorlik, uslubiy aniqlik va rasmiylik ustunlik qiladi. Ularning til xatti-harakatida an’anaviy lug‘at boyligi, iboralar, maqollar va hikmatli so‘zlar keng qo‘llaniladi. Ular tildagi grammatik me’yorlarga ko‘proq amal qiladilar. Keksalikda esa tilga bo‘lgan ehtiyoj va ehtiyotkorlik kuchayadi. Lekin ayrim hollarda eshitish yoki eslab qolishdagi fiziologik o‘zgarishlar nutq ravonligiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo tajriba asosida shakllangan til xulq-atvori ularning muloqotda aniqlik va izchillikni saqlashlariga yordam beradi. Yosh guruhlar orasidagi bu farqlar, bir tomondan, tilning ijtimoiy moslashuvchanligini, ikkinchi tomondan esa, jamiyatdagi kommunikatsion ehtiyojlarning rang-barangligini namoyon etadi. Har bir yosh bosqichi o‘ziga xos til kodini yaratadi. Bu kodlar orqali jamiyat ichida ijtimoiy chegaralar, hamkorlik shakllari va madaniy nuqtai nazarlar shakllanadi. Tilshunoslikda bu holat "lingvistik o‘zgaruvchanlik" yoki "sotsiolingvistik tafovut" sifatida baholanadi. O‘zbek jamiyati misolida ham bu holat aniq ko‘rinadi. Masalan, keksa avlod ko‘proq adabiy uslubda so‘z yuritishni afzal ko‘rsa, o‘rta avlod aralash uslubni tanlaydi – ular rasmiy va norasmiy tildan vaziyatga qarab foydalanadi. Yoshlar esa, ayniqsa raqamli asrda ulg‘aygan avlod vakillari, norasmiylik va erkinlik tarafdorlari bo‘lib, yangi til birliklarini faol yaratadilar. Bu esa til taraqqiyotining doimiyligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Xulosa qilib aytganda, til – bu faqat aloqa vositasi emas, balki insonning yoshga oid tajriba va ijtimoiy maqomi bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy fenomen hisoblanadi. Turli yosh guruhlari tilining o‘ziga xosligi tilshunoslik uchun nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhimdir. Tilni o‘rganishda yoshga oid far
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tilning yoshga qarab o‘zgaruvchanligi sotsiolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tilning yoshga qarab o‘zgaruvchanligi sotsiolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- панднома., Guliston, education, Goethe, Гулистан, Gulistan, Baghdad, Gyote, Абдулла, Sadiy Sheroziy, manners - morals, Багдад, образование, Sheroz, нравы – мораль, odob - axloq, pandnoma., Abdulloh, Сади Ширози, Широз, Гете, tarbiya, Abdullah, Bagʻdod, Sadi Shirozi, Shiroz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025