Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РЕФОРМЫ, ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ СУДОВ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ
VA VAZIFALAR · Ergashev Aziz Adilovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
In this article, the author examines issues related to achieving genuine judicial independence in the new Uzbekistan, institutional and other reforms implemented in the judicial system to ensure fair trials, the establishment of the Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan to fundamentally improve the system of training highly qualified personnel in the field of justice, and the introduction of the institution of investigative judges. Key concepts: judicial authority, justice, "virtual court", Academy of Justice, Judicial System, Supreme Judicial Council, investigative judge, judicial community. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishdan iboratdir. Sud hokimiyati nafaqat uch hokimiyatning biri, balki uning yuksak nufuzli huquqiy holati, jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror boʻlishining asosiy sharti boʻlib hisoblanadi. Sud hokimiyatining eng oliy vazifasi – fuqarolarning huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini hamda mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini taʼminlash, qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro qilish va qoʻllashda qonuniylik hamda adolatni taʼminlashdan iboratdir. Sud – odil sudlovning oliy nuqtasi va shuning uchun ham uning rolini oshirish huquqiy demokratik davlat barpo etish yoʻlidagi qonuniy jarayon hisoblanadi. Sud-huquq tizimini isloh 602 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 qilish boʻyicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarni qayd etar ekanmiz, bu sohada hali yechimini kutib turgan muammolar borligini ham inkor eta olmaymiz. Bu muammolar, birinchi navbatda, sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini taʼminlash, sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʻlgan, yuksak malakali, xalol va pok vijdonli sud xodimlari korpusini shakllantirish, sudlarda ishlarni koʻrish sifatini yanada oshirish bilan bogʻliqdir.1 Shu munosabat bilan keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21- oktyabrdagi PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,3 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4 , 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-sonli “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi5, 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni6larini sanab o‘tish o‘rinlidir. Mazkur yoʻnalishda Prezidentimiz tomonidan oxirgi qabul qilingan farmonda amalga oshirilayotgan sud tizimida malakali kadrlar tayyorlash takomillashtirganga qaratilgan muhim islohotlardan biri sifatida Sudyalar oliy maktabi faoliyatini tubdan isloh qilish, yaʼni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini tashkil etilganligini taʼkidlash joiz. Endi ushbu Akademiya Sudyalar oliy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi, kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashgʻulotlari joriy etiladi, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv darslari tashkil etiladi, kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar. 1 S. Avazov. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosi. https://docs.yandex.ru/docs/view?tm=1761457677&tld=ru 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 3 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. http
Доказательный фрагмент
«In this article, the author examines issues related to achieving genuine judicial independence in the new Uzbekistan, institutional and other reforms implemented in the judicial system to ensure fair trials, the estab…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the author examines issues related to achieving genuine judicial independence in the new Uzbekistan, institutional and other reforms implemented in the judicial system to ensure fair trials, the estab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- судебная власть, правосудие, "виртуальный суд", Академия, “virtual sud”, Odil sudlov akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi, tergov sudyasi, odil sudlov, justice, sudyalar hamjamiyati., judicial authority, Sud tizimi, sud hokimiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025