Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA KIMYO FANINI O‘QITISH USULLARI
Yuldashova Mavluda Ibrohimjon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Chemistry is one of the important subjects that provides students with a deep understanding of the environment, substances and their interactions. Choosing effective methods in teaching chemistry to senior students is important in increasing their interest and developing their scientific thinking. This article reviews the most effective methods of teaching chemistry to senior students. Keywords: chemical substance, thinking, approach, experiment, practical training, technology, didactics, methodology, method, student, teacher. Hozirgi kun ta'lim jarayonida yuksak intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish-har tomonlama barkamol, yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllanlantirishning istiqbolli yo'llarini izlab topishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Kimyoni o'qitishning eng muhim omillaridan biri, uzluksiz o'quv tizimida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan ilg'or va boy tajribalarni dars jarayonlarida qo'llash, jumladan, kimyo fanini o'qitishda o’quvchilarning fanni chuqur bilishlariga erishishning muhim omillaridan biri, ma'ruzalarda kimyoviy jarayonlarni aks ettiruvchi turli sxema va jadvallardan, ko'rgazmali qurollardan, maket va kimyoviy moddalardan hamda interfaol usullardan keng foydalanishdir. Pedagogik texnologiya bu o'qitishga o'ziga xos bo'lgan yangicha- yo'ndashuvdir. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish ko'rsatmalarini amalga oshirish maqsadida pedagog-olim o'z o’quvchilarining fanni chuqur va puxta o'zlashtirishlari uchun ma'ruza matnlarini bayon qilishda dars jarayonini tushunarli, oson va qulay usullarda olib borsa, ularning faolligi va fanga bo'lgan qiziqishi ortadi. Buning uchun ma'ruzalarda butun guruhning barcha o’quvchilari diqqatini jalb qiluvchi yangicha yondashish, yangi didaktik materiallar kompleksidan keng foydalanish muhim rol o'ynaydi. 426 Oktabr, 2025-Yil Kimyo darslarida o`quvchilarda juda ko'p tajribaviy ko'nikmalar shakllanadi. Kimyo o’qitishning metodlari, shakllari, manbalari o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o’qitish nazariyasining eng muhim bo’limlari sanaladi. O’qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta’lim jarayonida ta’lim mazmunini harakatlantirish shakli bo’lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo’lib hisoblansa, o’qitish metodlari o’rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo’lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e’tibor berish kerak. 1) O’qitishning qonuniyatlari va prinsiplari. 2) O’qitishning maqsad va vazifalari. 3) Shu fan mazmu nining hamda o’rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi. 4) Maktab o’quvchilarning o’qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari). 5) Tashqi sharoitning o’ziga xosligi. 6) O’qituvchining o’z imkoniyatlari. O’qitish metodlarining tuzilishi har xil bo’lib, ular ma’lum jarayonning takomillashuvi bilan to’xtovsiz ravishda o’sib boradi. Bu o’sish jamiyatda madaniyat darajasini o’sishiga bog’liq. Shu sababli o’qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Kimyo o’qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin. O’qitishning dogmatik metodi – o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat o’quvchilarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O’qitishning ilyustrativ metodi – o’qituvchi o’quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo’llaydi. Ular: o’qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko’rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo’llanmalari tablisalardan foydalaniladi. O’qituvchi laboratoriya tajribalarini ko’rsatib tushuntirib beradi. Ilyustrativ metodda o’qituvchi ayrim amaliy mashg’ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo’llaganda ham foydalanadi. Bu metod o’quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig’ilgach kengroq qo’llaniladi. O’quvchilarda amaliy o’quv ko’nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko’rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko’rsatish amalga oshiriladi. O’qitishning illyustrativ metodi – kimyo kursining boshlang’ich qismida ko’p qo’llanadi. Bu davrda o’quvchilarda ko’nikma va malakalar yetarli bo’lmaydi. Shu davrda o’qituvchi tajribalarni o’zi ko’rsatib tushintirib beradi. Bu metoddan o’quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar. O’qitishning evristik metodi - o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, o`quvchilar bevosita o’qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan.
Доказательный фрагмент
«Chemistry is one of the important subjects that provides students with a deep understanding of the environment, substances and their interactions.»
Образец извлечения
Демо-превьюChemistry is one of the important subjects that provides students with a deep understanding of the environment, substances and their interactions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chemical substance, thinking, approach, experiment, practical training, практическое обучение, химическое вещество, технология, эксперимент, method, студент, методика, tajriba, teacher., technology, yondashuv, подход, amaliy mashg‘ulot, tafakkur, дидактика, methodology, учитель., student, o‘qituvchi., o‘quvchi, kimyoviy modda, metodika, didactics, texnologiya, мышление, usul, didaktika, метод
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025