К содержанию
РецензированоUZ2025

SHARQ ILM-FANI TARAQQIYOTIDA “MINERALOGIYA”NING O‘RNI

Joʻrayeva Nargiza Farrux qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The works written by Abu Rayhan Beruni have not escaped the attention of people in the world even now. His book "Kitab al-jamohir fi ma' rifat al-jawahir" known as "Mineralogy" is one of them. In this work, more than 300 minerals and their types, properties, uses, conditions of formation, color, physical properties and density are explained in detail. Key words: Abu Rayhan Beruni, Belensky, Krachkovsky, Mineralogy, metals, color, gold, density, India, stories. Sharq uyg‘onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973–1048) tabiiy fanlar, astronomiya, geografiya, tarix, mineralogiya va boshqa sohalarda salmoqli ilmiy meros qoldirgan. Uning “Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir”, ya’ni mashhur “Mineralogiya” asari o‘rta asr ilm-fani tarixida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental tadqiqotdir. Asar minerallarning tabiatda uchrashi, xossalari, kimyoviy tarkibi, iqtisodiy hamda amaliy ahamiyatini puxta ilmiy asosda bayon etadi. Beruniyning ilmiy merosi barcha fan sohalarida oʻz hissasini qoʻshmasdan qolmaydi. Krachkovskiy taʼbiricha " ...uning qiziqqan ilm sohalaridan koʻra , qiziqmagan sohalarini sanab oʻtish ancha osondir" deydi. Haqiqatdan ham Beruniy qiziqmagan sohaning oʻzi yoʻq. Kimyo deysizmi, matematika deysizmi,oʻsimliklar haqida deysizmi,geografiya haqida deysizmi sanab oxiriga yetolmaysiz. Beruniyning 150 dan ziyod asar yozgan boʻlsa, bizgacha 27tasi yetib kelgan xolos. Bulardan Geografiya va geodeziyaga oid "Tahdid" asari, astranomiyaga oid "Qonuni Maqsudiy", hind xalqi etnografiyasidan xabar beruvchi "Hindiston", dorivor oʻsimliklar toʻgʻrisidagi "Saydana" Geodeziya va Mineralogiya asarlari shular jumlasidandir. 377 Oktabr, 2025-Yil "Mineralogiya "kitobiga toʻxtaladigan boʻlsak bu kitob arab tilida yozilgan boʻlib Belenskiy tomonidan 1963-yil rus tiliga tarjima qilingan. Asar anʼanaga koʻra Allohga hamd bilan boshlangan. Kitob ikki qismdan iborat boʻlib, birinchisi qimmatbaho toshlar haqida. Unda 33ta tosh va minerallar haqida ochiq oydin bayon qiladi. Ikkinchi qismda flizzot—metallar deb nomlanib, bu qismda 12 ta metall toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Bunday olib qarasak, kitobda hammasi boʻlib yuzga yaqin mineral toshlar va metallar nomi keltirilgan. Misol uchun simobni oladigan boʻlsak, uning zichligi juda ham yuqori darajada ekanligini koʻrish mumkin. Shuning uchun Beruniy uni barcha metallarning onasi deb hisoblaydi. Bundan tashqari oltin, la'l kumush va boshqa barcha qimmatbaho metallarning zichligini solishtirma ogʻirligini boshqa metallarga nisbatan aniqlagan. Hikoyalarga keladigan boʻlsak, “Mineralogiya” asarining birinchi qismida 25ta sheʼriy parcha va 30 ta hikoyalar mavjud. Uning hikoyalarida asosan adolat, haqiqat, toʻgʻri soʻzlik kabi xislatlar ulugʻlanib, kibr, mugʻombirlik, aldash kabi xislatlar qoralanadi. Uning "Oʻz qadrini bilgan choʻri " hikoyasida Goʻzal qizlarni choʻrilikka olib kelishibdi.Ular doimo saroyda yashab,xonni soʻzidan chiqmadilar. Buning evaziga ularga doimo tillolar, sovgʻa - salomlar berishar ekan oʻsha qizlarni ichida bir sohibjamol choʻri qiz boʻlgan ekan. U yuborilgan sovgʻa - salomlarni hech birini olmas ekan. Buni eshitgan podshoh hayratlanibdi, gʻazablanibdi.Sohibjamol choʻri qizga bir qop yoqut keltirib berishibdi. Qiz unga qiyo ham boqmabti. Shunda podshoh soʻrabti senga nima kerak, shu yerdan istaganingni ol bari seniki debdi.Shunda qiz podshohni tanladi. Podshoh ham uni oʻz nikohiga olishga majbur boʻldi. Arslon izidan ,yigit soʻzidan qaytmaydi deganlaridek, podshoh ham oʻz soʻzida qoladi. Hamma qizni aqlliligiga qolibdi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan “Mineralogiya” asari Sharq ilm-fani tarixida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan yuksak durdonadir. Unda minerallarning mohiyati nafaqat amaliy, balki nazariy nuqtayi nazardan ham chuqur tahlil etilgan. Beruniyning aniq ilmiy metodlari va kashfiyotlari bugungi zamonaviy geologiya, mineralogiya hamda kimyo fanlarining shakllanishiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Shuning uchun ham “Mineralogiya” asari jahon ilmiy merosining oltin sahifasiga bitilgan nodir yodgorlik sifatida baholanishi bejiz emas. Foydalanilgan adabiyotar: 1. Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQI NAMUNA-O’RNAK VOSITASI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(4), 1288-1292. 2. Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152. 3. Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7). 378 Oktabr, 2025-Yil 4. Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134. 5. Sharipova, M. B. (2021). Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, (7). 6. Baxshilloyevna, S

Доказательный фрагмент

«The works written by Abu Rayhan Beruni have not escaped the attention of people in the world even now.»

Образец извлечения

Демо-превью

The works written by Abu Rayhan Beruni have not escaped the attention of people in the world even now. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abu Rayhan Beruni, Belensky, Krachkovsky, Mineralogy, metals, color, gold, stories., Krachkovskiy, Belenskiy, Абу Райхан Беруни, Минералогия, Беленский, zichlik, плотность, Mineralogiya, Abu Rayhon Beruniy, золото, India, oltin, Крачковский, density, metallar, истории., металлы, Индия, Hindiston, rang, цвет, hikoyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники