К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK VA RUS TILSHUNOSLIGIDA EVFEMIZMLARNING O‘RGANILISHI

Begmatova Dilorom A’zamxon qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

In today's globalized society, there is an increased need to replace inappropriate words on sensitive topics with more polite words, that is, euphemisms. It has become a necessity today for people to use softer alternatives to express themselves in order to prevent their speech from being harsh or offensive. This article describes the history of the study of euphemisms and the approaches of scientists to euphemisms. Key words: euphemism, speech culture, stylistics, positive coloring. Evfеmizmning paydo bo‘lishi insoniyat tafakkuri va axloqiy qadriyatlar rivoji bilan bog‘liq. U nafaqat til hodisasi (ifoda etayotgan shaxs nuqtai nazaridan noqulay bo‘lgan birliklar o‘rnida qo‘llangan so‘z, so‘z birikmasi yoki gap), balki insonning nutqiy vaziyatni qaysidir ma’noda o‘zgartirishga moyilligi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Maqbul so‘z qo‘llana turib, so‘zlovchi tomonidan man etilgan (tabu) birliklar qo‘llanishi natijasida yuzaga kеlishi mumkin bo‘lgan nosoz muhit yumshatiladi. Man etilgan so‘zlar esa insoniyat bilan tеngqur dеyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. A. Hojiеvning 2002-yilda qayta nashr qilingan “Lingvistik tеrminlar izohli lug‘ati”da evfеmizmga quyidagicha izoh bеriladi: “Evfеmizm (grеk. еuphemismos; eu yaxshi, phemi gapiraman) narsa - hodisaning ancha yumshoq formasidagi ifodasi; qo‘pol, bеadab so‘z, ibora va tabu o‘rnida qo‘pol bo‘lmagan, botmaydigan so‘z, iborani qo‘llash. Mas., ikkiqat so‘zi o‘rnida homilador, og‘ir oyoqli so‘zlarini qo‘llash”. XX asrga kеlib nafaqat inson a’zolari, balki hayvon va hasharot, kasallik va narsa- hodisalar nomini evfеmalashtirish ham avj oladi. Chunki jahon urushi davrida odam savdosi, yеtimlik, fohishabozlik rivoj topa borgan sari evfеmik birliklar va argotizmlar ham ko‘payib boradi. Ularning ma’noviy xususiyatlari zamon va makonda, insoniyat xatti-harakati va holati bilan bog‘liq holda tomir yoza boshladi. 7 25 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Evfemizm hodisasi XX asr boshlarida umumtilshunoslikda J. Vandries 1 , L.A. Bulaxovskiy2 kabi tilshunoslar tomonidan soha bilan bog‘liq adabiyotlarda qayd etilgan bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari evfemizm mohiyati tavsifining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hodisani alohida millat, alohida jins vakillari (oltoy ayollari nutqi) misolida tadqiq etgan olimlar sirasiga A.N. Samoylovich3, N.A. Baskakov4larni kiritish mumkin. Ular evfemizmni etnik hodisa sifatida kuzatib, ko‘pqirrali jihatlarini yoritishga harakat qilishadi. E.A. Agayan5, O.N. Turbachev6lar ham ma’lum guruh mentalitet doirasida bu til hodisasini tadqiq etishdi. S. Otayev7 turkman tili evfemizmlari, G.G. Musaboyev qozoq tili evfemizmlari, V.P. Dorbakova8 mongol xalqi evfemizmlari, N.G. Mixaylovskaya Uzoq sharq tillari – chukot, xanti-mansiy, nanay xalqlari tilida uchraydigan evfemizmlarni tahlil qilishgan. Shuningdek, tuva tilida uchraydigan evfemizmlar borasida S.P.Vanshteyn9, Sh.Ch.Sat10, ingliz tilida uchraydigan evfemizmlar xususida I.V.Arnold11 kabi tadqiqotchilar ham o‘z ishlarida ba’zi fikrlarni bildirishgan. A.A.Reformatskiy12 tabu o‘rnida qo‘llanilayotgan evfemik birliklarni etnik taraqqiyot bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Tabuning paydo bo‘lishiga turli bid’at va xurofotlar sabab bo‘lganligini aytib, evfemizmlar uning nomini “yopish” uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi. R.A.Budagov13 esa tabuning paydo bo‘lishiga insoniyatning e’tiqodi turtki bo‘lganligi va u ma’lum ma’noda tafakkur rivoji omillaridan ekanligini e’tirof etgan. Evfemizm hodisasi B.A. Larin14, A.M. Kansev, N.S. Boschayeva, L.V. Artyushkina, G.G. Kujim va boshqa tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning turli jihatlari yoritilgan. Masalan, L.V.Artyushkina15 evfemizmlarning almashinishi va semantik tiplarini tadqiq etgan bo‘lsa, N.S.Boschayeva16 tomonidan uning pragmatik aspekti keng o‘rganildi. G.G.Kujim17 evfemizmni tilning “melirativ” vositasi sifatida tadqiq qiladi, A.M.Kasev18 uni ijtimoiy 1 Вандриес Ж. Язык. – М.: Учпедгиз, 1937. 2 Булаховский Л.А. Введение в языкознание. Часть 2. – М.: Учпедгиз, 1953. 3 Самойлович А.Н. Женские слова у алтайских тюрков // Язык и литература. – Л., 1929. Т 3. – С. 124-125; Самойлович А.Н. Запретные слова в языках казах-киргизской замужней женщины. – СПб: Рус. вост. отд. общество. – 1915. – С. 167. 4 Баскаков Н.А. Пережитки табу и тотемизма в языках народов Алтая // Советская тюркология. – Баку, 1974. – №2. – С.3-9. 5 Агаян Э.А. Введение в языкознание. – Ереван: Университет, 1960. – С.269. 6 Турбачев О.Н. Из истории табуистических названий // Вопросы славянского языкознания. Вып. 3. – М., 1958. – С.12. 7 Атаев С. Эвфемизмы в туркменском языке: Автореф. дисс…канд. филол. наук. – Ашхабад, 1955. – С.21. 8 Дарбакова В.П. Омонимия. МНР // Ономастика. – М.: Наука, 1969. – С. 199-200. 9 Ванштейн С.П. Личные именно-термины родства и прозвища у тувинцев // Ономастика. – М.: Наука, 1969. – С. 128-131. 10 Сат Ш.Ч. Табу и эвфемизмы в тувинском языке // Советс

Доказательный фрагмент

«In today's globalized society, there is an increased need to replace inappropriate words on sensitive topics with more polite words, that is, euphemisms.»

Образец извлечения

Демо-превью

In today's globalized society, there is an increased need to replace inappropriate words on sensitive topics with more polite words, that is, euphemisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
euphemism, speech culture, stylistics, positive coloring, стилистика, positive coloring., stilistika, культура речи, ijobiy bo‘yoqdorlik., nutqiy madaniyat, эвфемизмы, evfemizm, положительная окраска.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники