Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1927–1930-YILLARDAGI “HUJUM” HARAKATI VA PARANJI TASHLASH JARAYONINING IJTIMOIY OQIBATLARI
JARAYONINING IJTIMOIY OQIBATLARI · Yodgoraliyev Diyorbek Kamoliddin o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the social, cultural, and psychological consequences of the “Hujum” campaign carried out in Uzbekistan between 1927 and 1930, which aimed to liberate women and abolish the wearing of the paranji. Based on archival documents, the study reveals that while the Soviet policy of emancipation was officially framed as a modernization effort, it often clashed with local traditions and religious values, leading to violence and tragedy. Despite these hardships, the movement marked a historical turning point in the lives of Uzbek women, fostering their gradual participation in public, educational, and political life. Keywords: Hujum campaign, veil abolition, women’s emancipation, Soviet policy, social transformation, cultural conflict, history of Uzbekistan. XX asrning 20-yillar oxiri O‘zbekiston tarixida murakkab va ziddiyatli davr bo‘ldi. 1927- yildan boshlab sovet hokimiyati tomonidan o‘tkazilgan “Hujum” harakati rasmiy jihatdan ayollarni ozod qilish ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini oshirishga qaratilgan edi. Biroq bu jarayon ko‘plab hollarda majburiy tus olib mahalliy an’analar, diniy qadriyatlar va jamiyatning ichki ruhiyatiga zid tarzda amalga oshirildi. Natijada “paranji tashlash” jarayoni ayrim hududlarda fojeali oqibatlarga olib keldi. 1926-yil sentyabr oyida O‘rta Osiyo partiya komitetlari huzurida xotin-qizlar bo‘limlari kengash yig‘ilishi o‘tkazilib “ayollar ozodligi” masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 7 14 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu asosda 1927-yil 8-martdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab “Hujum” harakati rasman boshlangan. Bu kampaniya doirasida ayollarni paranjidan voz kechishga, jamoat ishlariga jalb etishga, savodsizlikni tugatish kurslariga qatnashishga undash siyosiy majburiyat darajasiga ko‘tarildi. “Hujum” siyosati O‘zbekistonning deyarli barcha hududlariga yoyilgan bo‘lsa-da, uning eng keskin qarshilikka uchragan joylari aynan diniy e’tiqod kuchli bo‘lgan mintaqalar edi. Ayniqsa Farg‘ona vodiysida (Andijon, Marg‘ilon, Shahrixon) paranji tashlagan ayollar ko‘p hollarda jamoa bosimi, diniy rahbarlarning tahdidi yoki qarindosh-urug‘lar tomonidan jazolangan. Arxiv manbalariga ko‘ra, 1929-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona okrugining Marg‘ilon rayonida ikki ayol og‘ir yaralangan, Andijon okrugi Muxunbek qishlog‘ida esa faol ayol imom tomonidan o‘ldirilgan. Shuningdek, Shahrixon tumanida 2 Surxondaryoda 4 Zarafshon okrugida 2 Xorazmda 1 Samarqandda 3 va Toshkent okrugida 2 ayol o‘ldirilgani qayd etilgan. Umumiy hisobda shu davrda 20 nafar ayol o‘ldirilgan, 5 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. Bu holatlar bo‘yicha 20 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Oradan bir necha yil o‘tgach ham “Hujum” siyosatining og‘riqli izlari yo‘qolmagan. 1939-yil 2-fevralda O‘zbekiston SSR prokuraturasining 56-sonli buyrug‘i e’lon qilinib ayollarga qarshi jinoyatlar hali ham davom etayotgani haqida ogohlantirilgan. Bu hujjatda prokurorlar ayollarga qarshi sodir etilgan hujumlar tahdidlar va qotilliklarni doimiy nazoratda ushlash shuningdek ayollarni davlat tashkilotlariga kengroq jalb etish zarurligi alohida ta’kidlangan. Bu buyruqdan ko‘rinadiki “Hujum” nafaqat siyosiy tashabbus balki ijtimoiypsixologik siljishlar davri ham bo‘lgan. Ayrim joylarda ayollarning paranji tashlashi “kofirlik” deb baholangan, ayrim hududlarda esa bu harakatni “ozodlik belgisi” sifatida qabul qilganlar ham bo‘lgan. Jamiyatda keskin tafovut qaramaqarshi qarashlar va qo‘rquv muhitining mavjudligi tufayli ayollar huquqlari masalasi 1930yillarning oxirigacha dolzarb bo‘lib qolgan “Hujum” siyosati dastlab zo‘ravonlik norozilik va qarshiliklar bilan kechgan bo‘lsada vaqt o‘tishi bilan u O‘zbekiston jamiyatida ayollar hayotiga sezilarli o‘zgarishlar olib kirdi. Tarixiy hujjatlar shuni ko‘rsatadiki 1927-yilning bahoriga kelib mamlakat bo‘ylab 100 mingdan ortiq ayol paranji tashlagan. Bu son ko‘p jihatdan tashviqot va partiya majburiyati ta’siri bilan yuzaga kelgan bo‘lsada ayrim ayollar uchun bu haqiqiy ozodlik timsoli edi. Biroq erkinlik yo‘lida boshlangan harakat ko‘plab fojialar bilan qorishib ketdi. 1927– 1928-yillarda 2,500 dan ortiq faol xotin-qizlar — muallimalar kolxoz faollari mahalla yetakchilari va savodsizlikka qarshi kurash markazlarida ishlagan ayollar - o‘z hayotidan ayrilgan. Shunga qaramay bu davrda ayollar ijtimoiy-siyosiy hayotda tobora faol bo‘la boshladilar. 1928-yilda ayollarga nisbatan noqonuniy harakatlar uchun 671 kishi qamoqqa olingan shulardan 7 nafari otuvga hukm qilingan. Bu ko‘rsatkichlar hukumat tomonidan ayollar himoyasi masalasiga nisbatan nazorat kuchaytirila boshlaganidan dalolat beradi. 1930-yillarga kelib “Hujum”ning ijobiy tomonlari ham asta-sekin ko‘rina boshladi. 1937- yilgacha o‘tkazilgan “savodsizlikni tugatish kurslari”ni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘zbek ayollari soni 273,637 nafarga yetdi. Shuningdek 1927–1929-yillarda sud xalq maslahatchilari orasida 563 nafar o‘zbek ayo
Доказательный фрагмент
«This article examines the social, cultural, and psychological consequences of the “Hujum” campaign carried out in Uzbekistan between 1927 and 1930, which aimed to liberate women and abolish the wearing of the paranji.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the social, cultural, and psychological consequences of the “Hujum” campaign carried out in Uzbekistan between 1927 and 1930, which aimed to liberate women and abolish the wearing of the paranji. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hujum campaign, veil abolition, women’s emancipation, Soviet policy, social, паранджа, social transformation, советская политика, madaniy to‘qnashuv, женское освобождение, традиции, история Узбекистана., O‘zbekiston tarixi., history of Uzbekistan., социальные реформы, sovet siyosati, Hujum harakati, Худжум, ayollar ozodligi, ijtimoiy o‘zgarish, cultural conflict, paranji tashlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025