Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI · O'dayeva Rayxon Ahmadjonovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, imkoniyatlari muhokama qilib, o‘rganilgan. Bundan tashqari ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanilib namunalar tahlil qilingan. Kalit so'zlar: metodlar, innovatsion, o'quvchi, dars, interfaol, samarali, mavzu. Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Dars jarayonida har xil metodlardan foydalanish o'qituvchini izlanishga va o'quvchini o'z ustida ishlashga erkin fikrlashga undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki unda o'quvchi o'zini erkin tuta olishi, fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o'zlashtirilishi lozimligi muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo'lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o'tib, yaxshi natija bergan. Keng qo'llaniladigan usullar - «Klaster», «Aqliy hujum», «Davom ettir», «Taqdimot», «Blits-so'rov», «Muammoli vaziyat» kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o'tilgan mavzuni so'rash qismida «Sinkveyn», «Teskari test», «Aql charxi» metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida «Insert», «Pinbord», «Zinama-zina», «Bumerang» texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida «Venn diagrammasi», "Baliq skeleti", «Nima uchun? », «Qanday? », « Konseptual jadval», « Nilufar guli» kabi grafik tashkil etuvchilar hamda «Tushunchalar tahlili», «T-jadval», «Rezyume»,«Kungaboqar», «Charxpalak» metodlarini, uyga vazifa berishda «FSMU», «Klaster», «Bo'g'inlar zanjiri», «BBB» metodlarini qo'llash dars samaradorligini ta'minlab, o'quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili darslarida ham yuqorida sanab o'tilgan interfaol metodlardan tashqari «Ha... yo'q», «Ta'rif egasini top», «Men kimman?», «Domino», «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha», «Sirli sandiqcha metodi»,«Harfni his qilish» metodlari kabi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin vaqtida o'quvchilar o'zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o'quvchida ishonch, qat'iyat paydo bo'ladi. Munozaraga kirishishni o'rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o'quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim. 7 11 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O'quvchilarga har darsda bir xil dars o'tish ularning zerikishiga olib keladi va mavzuga bo'lgan e'tiborini pasaytiradi. Bunday holatlarning oldini olish uchun dars mashg'ulotlari jarayonida turli xil qiziqarli metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Turli xil qiziqarli metodlardan foydalanish o'quvchilarning diqqatini oshiradi. Masalan o'quvchilarga «Bo'g'in» mavzusini o'tayoygan o'qituvchi «Bo'g'inlar zanjiri» metodidan foydalanishi mumkin. Bunda birinchi aytilgan so'zning oxirgi bo'g'ini keying so'zning birinchi bo'g'iniga to'g'ri kelishi kerak bo'ladi. Namuna: maktab - tabrik; rassom - somsa va shu kabi zayilda davom etadi. Bu metoddan o'quvchilarda o'tilayotgan yangi mavzuni mustahkamlash bilan birga ularning tezkor fikrlashlari, so'z boyligini aniqlash maqsadida ham foydalansa bo'ladi. «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi. «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o'rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo'llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to'rtta va taalluqli bo'lmagan (ortiqcha) bitta so'z (tushuncha, fikr) beriladi. O'quvchilar ana shu so'zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Yozuv ekranda ko'rsatiladi. O'quvchilar ortiqcha so'zni aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, qo'y, toshbaqa, ot, it. So'ng bu so'zlar ishtirokida gap tuzish topshirig'i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi. Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do'sti. O'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o'quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg'otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga o'rgatiladi. «Sirli sandiqcha» metodi. Sirli sandiqcha metodi ham o'quvchining mantiqiy fikrlashini shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metoddan foydalanish uchun o'quvchilar guruhlarga bo'linadi. O'qituvchi doskaga 4 ta mavzu nomini ilib ular haqida hech qanday ma'lumot yozmaydi. Masala
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, imkoniyatlari muhokama qilib, o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, imkoniyatlari muhokama qilib, o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metodlar, innovatsion, o'quvchi, dars, interfaol, samarali, mavzu, mavzu.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014