Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDA BANKLARNING O‘RNI
Iskandarov Murod Lukmanovich · Umurzoqov Tohir Jobir o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article provides an in-depth analysis of the role of commercial banks in ensuring employment in the Republic of Uzbekistan. In recent years, increasing the employment rate, reducing poverty and expanding economic activity in the country's economy have been identified as one of the priority areas of state policy. In this process, the banking system plays an important role not only as a financial intermediary, but also as a sustainable source of economic development. The study analyzes the impact of loans provided by commercial banks to small businesses, family entrepreneurship, startup projects and the service sector on employment. The authors studied the correlation between loan volumes and jobs created based on statistical data from recent years. The results show that an increase in the volume of preferential loans leads to a significant increase in employment indicators. In particular, the active participation of banks in programs such as "Every Family is an Entrepreneur" and "Youth is Our Future" has created new sources of income for low-income segments of the economy. Keywords: commercial banks, employment, credit policy, financial inclusion, entrepreneurship, economic activity, social stability. Kirish: O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi – aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishdan iboratdir. Bandlik masalasi nafaqat ijtimoiy barqarorlikning muhim omili, balki iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri sifatida ham qaralmoqda. 6 85 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu nuqtai nazardan, mehnat bozorida samarali bandlikni ta’minlashda moliyaviy sektor, ayniqsa, tijorat banklarining faol ishtiroki dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Banklar kredit, lizing, mikroqarz va investitsion mexanizmlar orqali iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirib, bandlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklari bugungi kunda nafaqat moliyaviy vositachilik vazifasini bajaradi, balki iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda muhim institut sifatida shakllanmoqda. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Ayollar daftari” kabi davlat dasturlari doirasida ajratilgan bank kreditlari yuz minglab fuqarolarning mehnat faoliyatini boshlashiga, o‘zini o‘zi band qilish imkoniga ega bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Natijada, bandlik darajasi ortib, ichki iste’mol bozori kengaymoqda, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi. Shu bilan birga, aholining bandligini oshirish jarayonida bank tizimining roli faqat moliyaviy resurslar ajratish bilan cheklanmaydi. Banklar investitsion muhitni yaxshilash, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy diversifikatsiyaga hissa qo‘shmoqda. Mazkur tadqiqotda bank sektorining bandlik siyosatidagi o‘rni, kredit siyosati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida moliyaviy inklyuziya va ijtimoiy yo‘naltirilgan bank amaliyotlarining yanada takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. O‘zbekiston olimlari orasida bank kreditlari va bandlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni empirik tahlil qilgan tadqiqotlar soni ortib bormoqda. H. Tursunov o‘z izlanishlarida tijorat banklarida ajratilgan kreditlar hajmi, muammoli kreditlar (NPL) darajasi hamda bandlik indikatorlari o‘rtasidagi munosabatni panel ma’lumotlar asosida o‘rgangan. Unga ko‘ra, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishidagi kreditlar hajmi ortgani sari yangi ish o‘rinlari yaratish faolligi oshgan, biroq muammoli kreditlar ulushi ko‘paygan davrlarda banklar riskdan qochish siyosati tufayli bandlik o‘sishi sekinlashgan (Tursunov, 2023). Bu holat banklarning kredit sifati bilan bandlik siyosatini muvofiqlashtirish zaruratini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash tarzda, A. Abdurahmonov mamlakat miqyosida 2019– 2024-yillar oralig‘ida kredit siyosati va iqtisodiy faollik o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilgan. U xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kredit hajmi bilan yangi ish o‘rinlari o‘rtasidagi elastiklik yuqori ekanini aniqlagan. Muallifning fikricha, imtiyozli kreditlarning bandlikka ta’siri eng kuchli sohalarni aniqlash orqali davlat dasturlarini sektorlar kesimida differensiallashtirish lozim (Abdurahmonov, 2021). Moliyaviy inklyuziya va mikromoliyalash yo‘nalishida N. Hasanov tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham e’tiborga molikdir. U mikrokredit olgan uy xo‘jaliklarida o‘zini-o‘zi band qilish ehtimoli oshishini va norasmiy bandlikdan rasmiy mehnat sektoriga o‘tish jarayonining tezlashishini empirik isbotlab bergan (Hasanov, 2022). Shu tariqa mikromoliyaviy institutlar va banklarning kichik kredit dasturlari ijtimoiy-iqtisodiy faolli
Доказательный фрагмент
«The article provides an in-depth analysis of the role of commercial banks in ensuring employment in the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides an in-depth analysis of the role of commercial banks in ensuring employment in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- commercial banks, employment, credit policy, financial inclusion, social stability., moliyaviy inklyuziya, iqtisodiy faollik, ijtimoiy barqarorlik., aholi bandligi, tadbirkorlik, entrepreneurship, economic activity, kredit siyosati, tijorat banklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014