Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUDYALAR MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH – ODILLIK VA QONUN USTUVORLIGINING ASOSIY MEZONI
USTUVORLIGINING ASOSIY MEZONI · Ergashev Aziz Adilovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
In this thesis, the author expresses the opinion that judges are independent in carrying out activities aimed at ensuring social justice, law and order, the rule of law, the protection of fundamental rights and freedoms, as well as the legitimate interests of citizens enshrined in the Constitution, subject only to the Constitution and laws, regulations aimed at ensuring this principle. Key concepts: social justice, rule of law, independence of judges, legal mechanism, professional qualifications of judges, inviolability of judges. Mamlakatimizda sud hokimiyati ijtimoiy adolat, huquqiy tartib, qonun ustuvorligini kafolatlash, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishdan iboratdir. Ushbu vazifalarni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlamasdan turib amalga oshirishni tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu munosabat bilan Yurtboshimizning bir qator farmonlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni1, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7- dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 327 Oktabr, 2025-Yil korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni2 qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida ham ustuvor vazifalar sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qoʻllash, faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda eʼtiborni avvalo huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish kabi masalalarga alohida urgʻu berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonidan ham koʻzlangan maqsad sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha kasbiy faoliyatini har qanday koʻrinishdagi tashqi taʼsirlardan samarali muhofaza qilishni taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlarni yaratish; sudyalikka kadrlarni tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini izchil joriy qilish; sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yoʻlga qoʻyish hamda sud tizimida aniqlangan har qanday korrupsiyaviy harakatni murosasiz holat deb baholash; sudyalarning kasbiy malakasi, maʼnaviyati va masʼuliyatini oshirish boʻyicha kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish orqali yuksak professional sudyalar korpusini shakllantirishdan iborat edi. Mazkur farmon bilan sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha sud inspeksiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasini tuzish; - Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish shuʼbasi negizida matbuot xizmati va birinchi boʻlim, shuningdek ijro apparati negizida axborot-tahlil, murojaatlar bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash tuzilmalari hamda arxiv va devonxona tashkil etish; - Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hayʼatlari bilan birgalikda aniq choralar belgilash vazifasini yuklatildi. Ushbu farmon Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlarida belgilangan sudyalarning chinakam mustaqilligi va faqat Konstitutsiya va qonunlariga boʻysunishi prinsipini amalda taʼminlanishiga qaratilganligini eʼtirof etish oʻrinlidir. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam must
Доказательный фрагмент
«In this thesis, the author expresses the opinion that judges are independent in carrying out activities aimed at ensuring social justice, law and order, the rule of law, the protection of fundamental rights and freedo…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, the author expresses the opinion that judges are independent in carrying out activities aimed at ensuring social justice, law and order, the rule of law, the protection of fundamental rights and freedo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- социальная справедливость, верховенство закона, независимость, rule of law, независимость судей, неприкосновенность судей., social justice, professional qualifications of judges, sudyalarning kasbiy malakasi, ijtimoiy adolat, профессиональная квалификация судей, legal mechanism, sudyalar daxlsizligi., independence of judges, qonun ustuvorligi, huquqiy mexanizm, sudyalarning mustaqilligi, правовой механизм, inviolability of judges.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026