Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОРГАНИЗАЦИЯ ТРАНСФОРМАЦИОННОГО ПРОЦЕССА В ЦЕНТРЕ «ЯЗЫК И РЕЧЬ» ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ
Erhanova Nasiba Absayitovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Для того чтобы дети были готовы к школьному обучению, они должны обладать не только интеллектуальными и социальными навыками, но и развитыми речевыми и коммуникативными способностями. Эта потребность четко обозначена в «Государственном стандарте дошкольного образования и воспитания», «Государственных требованиях к развитию детей раннего и дошкольного возраста» и Государственной учебной программе Республики Узбекистан «Первая ступень». Эти аспекты анализируются в статье. Ключевые слова: речь, компетентность, деятельность, трансформация, коммуникация, право выбора, дидактический ресурс. Bolalarning nutqiy salohiyatini rivojlantirishda ona tilidagi badiiy asarlar bilan tanishtirish ularning soʻz boyligini oshiribgina qolmay, balki axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Bu jarayonda innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Biroq, barcha tarbiyachilar ham zamonaviy texnologiyalarni taʼlim jarayonida samarali qoʻllay olmayapti. 6 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, bolalarning nutqiy faolligi anʼanaviy taʼlim shakllariga qaraganda noanʼanaviy, ijodiy yondashuvlar orqali yanada tez va samarali rivojlanadi. Shu bois, bolalarni keng qamrovli nutqiy faoliyatga jalb etish uchun badiiy adabiyotlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida oʻrgatish metodikasi eng muhim va samarali usul hisoblanadi. Bu yondashuv bolalarning nutqiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va ularning mustaqil fikrlashini kuchaytirishda muhim oʻrin tutadi. Bolalar nutqini rivojlantirishning zamonaviy usullari bolani faollashtirish, interaktivlik va motivatsiyani oshirishga qaratilgan. Ushbu usullar ragʻbatlantiruvchi taʼlim muhitini yaratish uchun multimedia resurslari, texnologiyalar va ijodkorlikni oʻz ichiga olish muhimligini tan oladi. Ushbu yondashuvlarni qoʻllash orqali pedagog-tarbiyachilar bolalarning eʼtiborini samarali tarzda jalb qilishlari, oʻquv jarayonini qiziqarli va samarali tarzda tashkil etishi mumkin. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Til va nutq” rivojlanish markazida olib boriladigan taʼlimiy oʻyinli faoliyatlar mazmuni ogʻzaki nutqni shakllantirish, ona tili va uning grammatik tuzilishini oʻzlashtirish, erkin fikr yuritish, savollar berish, ijodiy hikoyalar tuzish, sheʼriy matnlarni yodlash, xulosalar chiqarishga oʻrgatishni oʻz ichiga oladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Til va nutq” markazida samarali taʼlimiy faoliyatni olib borish uchun eng muhim shart – bu toʻgʻri tashkil etilgan taʼlimiy muhit, bolalarda gapirish va ogʻzaki muloqotga kirishish istagi paydo boʻladigan koʻrgazmali-didaktik resurslar taʼminoti. Bunday xulosaga kelishimizga quyidagi faktorlarni asos qilib keltirish oʻrinli: – “Til va nutq” rivojlanish markazidagi barqaror metodik taʼminot tarbiyalanuvchilarning nutqiy salohiyatini maksimal darajada roʻyobga chiqarishni taʼminlaydi; – maktabga tayyorlov guruhi bolalari uchun oʻyinlar, oʻyinchoqlar, didaktik materiallar, oʻquv dasturiga mos boʻlishi bilan birga mazmunan boy, oʻzgaruvchan, koʻp funksiyali, mobil, foydalanish uchun xavfsiz boʻlishi; – “Til va nutq” rivojlanish markazi oʻquv dasturiga muvofiq metodik qoʻllanmalar, (shu jumladan multimediali taʼlimiy resurslar), oʻyinlar, didaktik-tarqatma materiallar bilan jihozlangan boʻlishi; – “Til va nutq” rivojlanish markazida olib boriladigan taʼlimiy oʻyinli faoliyatlarda mavzuga mos tarqatma va koʻrgazmali vositalar shu markazdagi bolalar soniga yetarli boʻlishi taʼlimiy jarayon vaqti va samaradorligi oʻrtasidagi proporsionallikni taʼminlaydi. “Til va nutq” markazida olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar uchun zaruriy pedagogik shart-sharoitlar. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladigan nutq oʻstirish taʼlimiy faoliyatlarida va “Til va nutq” markazida olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar uchun zaruriy pedagogik shart-sharoitlar quyidagi komponentlarni oʻz ichiga oladi: – Pedagogning kasbiy tayyorgarligi; – Pedagogik vazifalarni belgilab olish; – Taʼlim mazmuniga mos material tanlash; – Rivojlantiruvchi-motivatsion taʼlimiy muhit yaratish. Quyida ushbu komponentlarga toʻxtalib oʻtamiz. 6 11 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan nutq oʻstirish taʼlimiy va oʻyinli faoliyatini olib boruvchi pedagogning kasbiy tayyorgarligi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: Pedagogning kasbiy tayyorgarligi pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasining sifati bilan belgilanadi. Pedagogik kasbiy tayyorgarlik tarkibida psixologik, psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlik hamda ilmiy-nazariy va amaliy qobiliyatlarni kasbiy mahorat asosi sifatida koʻrsatish mumkin. Ushbu koʻp jabhali professional tayyorgarlikning eng birlamchilari sifati
Доказательный фрагмент
«Для того чтобы дети были готовы к школьному обучению, они должны обладать не только интеллектуальными и социальными навыками, но и развитыми речевыми и коммуникативными способностями.»
Образец извлечения
Демо-превьюДля того чтобы дети были готовы к школьному обучению, они должны обладать не только интеллектуальными и социальными навыками, но и развитыми речевыми и коммуникативными способностями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech, competence, activity, transformation, communication, right to choose, право выбора, речь, дидактический ресурс., transformatsiya, didaktik resurs., компетентность, деятельность, коммуникация, kompetensiya, трансформация, didactic resource., muloqot, tanlash huquqi, nutq, faollik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025