К содержанию
РецензированоRU2025

ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭМОЦИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ВОСПИТАТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA · TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING HISSIY KOMPETENTSIYASINI · SHAKLLANTIRISH OMILLARI · Jovmirzaeva Nargiza Quvondiqovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the mechanisms of developing emotional competence of teachers in preschool educational organizations, managing emotions, communication, the role of emotions in the work of teachers working with children. Keywords: Emotion, feeling, competence, formation, attitude, approach, communication, children, positive result, effective methods, technology, principle. His-tuyg'ular dunyosi inson hayotining barcha jabhalariga – boshqa odamlar bilan munosabatlarga, faoliyatga, muloqot va idrokga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyachining kasbiy faoliyati yuqori hissiy intensivlik va stressga moyillik bilan ajralib turadi. Psixologlarning ta'kidlashicha, his-tuyg'ularni samarasiz boshqarish nevrozlarga, odamning aqliy, somatik, jismoniy sog'lig'ining buzilishiga va natijada faoliyat va hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Pedagog-tarbiyachilarning hissiy kompetentsiyasini rivojlantirish bir qator omillar evaziga shakllanadi. Xususan, birinchi omil – bu o'z his-tuyg'ularini va hissiyolarini tan olish va tushunishdir. Emotsional ongning eng yuqori darajasi insonning nafaqat his-tuyg'ularni idrok etishi va tasvirlashi, balki uning paydo bo'lish sabablarini ham tushunishi bilan tavsiflanadi. 6 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Emotsional kompetentsiyaga ega bo'lgan pedagoglar stressli vaziyatlarni boshqalarga qaraganda osonroq yengishadi va tezda hissiy muvozanatni tiklaydilar1 . Nazariya va amaliyot shuni ko'rsatadiki, hissiy jihatdan barkamol tarbiyachi pedagogik improvizatsiya va ijodkorlik qobiliyatiga ega bo'ladi va bu omil pedagogni professional sifatida tavsiflaydi. O'zining professionalligi va mahoratida u o'ziga ishonch, hissiy sherik topadi. Ishonch va improvizatsiya pedagogik faoliyatdagi stressning oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. O'zining va boshqa odamlarning his-tuyg'ularidan xabardor bo'lgan malakali tarbiyachi- pedagog ularga qanday munosabatda bo'lishidan qat'i nazar, ularni ijobiy qabul qiladi va professional manba sifatida ko'radi. Yuqori darajadagi hissiy kompetentsiyaga ega bo'lgan tarbiyachilar o'zlarini, o'z qadriyatlarini, ehtiyojlarini yaxshi bilishadi va ularga muvofiq yashaydilar. Kasbiy faoliyatni amalga oshirish va munosabatlarni o'rnatish o'z-o'zidan muvofiqlik holatida sodir bo'ladi. Bunday pedagog-tarbiyachilar ochiqlikka asoslangan munosabatlarni quradilar. Ular jamoada hamda guruh bolalari o'rtasida ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otishga va ulardagi eng yaxshi holatlarni ochib berishga qodir. Bunday pedagoglar ijobiy ta'sir qilishni ya'ni qo'llab-quvvatlash, ilhomlantirish, rivojlanish taktikasini tanlaydilar. Pedagogik muloqot – tarbiyachi faoliyatining uzviy va qismidir. Shuning uchun hissiy kompetentsiya muhim ahamiyatga ega, bu hissiy kelishuvga, konstruktiv muloqotga yordam beradi va vaziyatdan, ular qanchalik noqulay bo'lishidan qat'i nazar ijobiy munosabatlarni saqlab qolishga imkon beradi. Bu o'z-o'zidan tarbiyachilar, ota-onalar, hamkasblar va ta'lim muassasasi rahbariyati bilan muloqotni uyg'unlashtirish shartidir. Tarbiyachi hissiy kompetentsiyani mustaqil ravishda ham rivojlantirishi mumkin. Buning uchun hozirgi vaqtda keng tarqalgan texnikalarni qo'llash muhimdir: his-tuyg'ularni aniqlash; hissiyotlar manbasini aniqlash; reaktsiyaning eng mos turini tanlay olish. Bunda his-tuyg'ular va hissiyotlarning ahamiyatini va ularning har bir inson hayotida qanday rol o'ynashini bilish kerak. Emotsional kompetentlik bu – pedagogning salbiy omillarga dosh berish, hissiy qo'zg'alish holatini yengish va stressdan keyin tezda ruhiy muvozanat holatiga qaytish qobiliyati. Empatiya esa boshqalarning hissiy holatini aks ettirish va tushunish, boshqasiga hamdardlik, faol yordam berish xulq-atvorini o'z ichiga oladi. Ushbu xususiyatlaprga ega pedagog tarbiyalanuvchilarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xususan, bolalar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lgan pedagoglarni afzal ko'rishlari isbotlangan: 1. Insoniy fazilatlar – mehribon, xushchaqchaq, mas'uliyatli. 2. Tashkiliy fazilatlar – adolatli, halol, boshqalarga hurmat ko'rsatadigan. 3. Uddaburonlik fazilatlari – faoliyatga undovchi, qiziqishlarni inobatga oluvchi. 4. Tashqi ko'rinishi – yaxshi kiyingan, yoqimli ovoz, muloyim qarashga ega. Hissiy jihatdan barkamol pedagog ta'limiy improvizatsiya va ijodkorlik qobiliyatiga, har qanday faoliyatni qiziqarli qilish mahoratiga egaligi bilan ajralib turadi. 1 Сергиенко Е. А., Ветрова И. И., Волочков А. А., Попов А. Ю. Адаптация теста Дж. Мэйера, П. Сэловея и Д. Карузо «Эмоциональный интеллект» на русскоязычной выборке // Психологический журнал. 2010. Т. 31. № 1. С. 121–139. 6 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bolalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida emotsional kompetentli pedagog quyidagi usullardan foydalanadi: – guruhda ijobiy hissiy muhit yaratish; – bolalarga

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the mechanisms of developing emotional competence of teachers in preschool educational organizations, managing emotions, communication, the role of emotions in the work of teachers working with c…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the mechanisms of developing emotional competence of teachers in preschool educational organizations, managing emotions, communication, the role of emotions in the work of teachers working with c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Emotion, feeling, competence, formation, attitude, approach, communication, ijobiy natija, positive result, технология, принцип., munosabat, общение, children, эффективные методы, principle., bolalar, tamoyil., technology, yondashuv, дети, подход, чувство, shakllantirish, положительный результат, отношение, компетентность, Emotsiya, malaka, samarali metodlar, формирование, texnologiya, Эмоция, effective methods, muloqot, xis-tuyg'u
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники