К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMIGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABALAR

NEW RENAISSANCE · Abduraxmonova Noila Nasim qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article covers the content of pedagogical requirements for the system of developing intellectual skills of future primary school teachers, and provides a broad overview of pedagogical problems and their solutions. It also presents examples of effective methodologies and technologies used in the process of developing intellectual skills of future primary school teachers. The conclusions and recommendations provide the necessary recommendations. Keywords: teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, educational effectiveness, student, teaching process, reproductive, algorithmic. Zamonaviy o‘qituvchi o‘z rivojlanishiga katta e'tibor qaratadi va bilimlarini yangilashga bo‘lgan munosabati doimiy ravishda o‘zgarib turadi. O‘qituvchi pedagogik tajribaga ega bo‘lib, bu tajribani hisobga olib, malakasini oshirish va kasbiy fazilatlarini yanada takomillashtirish yo‘llarini izlaydi. “O‘qituvchilarning qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi, ularning kasbiy bilimlarini maqsadli ravishda doimiy ravishda yangilash va pedagogik mahoratini oshirish jarayoni sifatida qaralishi lozim”. Insondagi juda ko‘p psixologik jihatlar, shu jumladan, uning tafakkuri, madaniyati, xususan, nutq odobiga taalluqli ijobiy yoki salbiy xususiyatlar unga aynan shu yoshida singishi barcha tomonidan e’tirof qilinganligi ma’lum. Shu bois boshlang‘ich ta’lim mazmuni, shakli va 269 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 vositalariga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratish, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘ladi. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga maktab davrida singdirilgan unsurlar ularning kelajakda yuqori salohiyatli kasb egasi bo‘lib etishishlari uchun mustahkam zamin yaratadi. Yangi ta’lim manbalaridan foydalanishda katta qiyinchiliklar mavjud emas. O‘qituvchilar va talabalar elektron axborot vositalari orqali dunyo ma’lumotlarini olish imkoniyatiga ega. O‘qituvchi mustaqil ravishda rivojlanish imkoniyatiga ega, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini o‘rganishga ehtiyoj bor. Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lib qolish uchun o‘qituvchi doimo bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi kerak. Bu hayot davomida ta’lim berish g‘oyasini ko‘taradi. Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga alohida e’tibor berib borilayotgan bir davrda pedagog kadrlarning, “ya’ni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning intellektual ko‘nikmalarini takomillashtirish, zamonaviy ta’limni shakllantirish talab etilmoqda.Shuningdek, bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimi oldiga yangicha metodik tayyorgarlikka ega”[6] degan xulosalar bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash vazifasilari ichida birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Negaki, “boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning psixologik, fiziologik o‘ziga hosliklarini hisobga olishi, shakllantirish va rivojlantirish tajribasini egallashi lozim. Ma’lumki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ta’lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor o‘rin egallaydi”. Oliy ta’limda o‘qitish amaliyoti ilmiy metodik adabiyotlarda yoritilgan mavjud an’naviy pedagogik ta’lim tizimida qator muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsada, undagi kamchiliklarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bizning fikrimizcha, unda turli darajalilik, mobillik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, uzviylik, ko‘pqirralilik etishmaydi. “Buning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyat, chuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va puxta metodik tayyorgarlikka ega shaxs bo‘lish talab etiladi”[4]. Olib borilgan tadqiqotlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi kasbga metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan ba’zi talablar bor. Xususan, P.V.Amosova yuritgan fikr- mulohazalarga ko‘ra o‘z kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini his qilish; ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega bo‘la olish; ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolutsiyasini bilish, tevarak olamni bilish va uni o‘zlashtirishning turli metodlariga ega “bo‘lish;jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ahamiyatini tushunish; axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovatsion metodlaridan xabardor bo‘lish, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharhlash qobiliyatiga ega bo‘lish; ilm-fan taraqqiyoti va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o‘z nuqtai nazarini qayta ko‘rib chiqish, ishlashning innovatsion shakl va metodlarini tanlashga qodir bo‘lish; turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan bo‘lish zarurligini ta’kidlangan”.”Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlanishning mavjud holatini, boshlang‘ich ta’limda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarni mos ravishda isloh etish, kasbiy-metodik tayyorgarlikni takomillashtirish bo‘yicha metodikalarni” ta’lim jarayoniga joriy etish bugungi kundagi eng zarur vazifalaridan biri sanaladi. Oliy ta’limning pedagogika sohasi bo‘yicha “

Доказательный фрагмент

«This article covers the content of pedagogical requirements for the system of developing intellectual skills of future primary school teachers, and provides a broad overview of pedagogical problems and their solutions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the content of pedagogical requirements for the system of developing intellectual skills of future primary school teachers, and provides a broad overview of pedagogical problems and their solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, o‘qituvchi, talaba, dars jarayoni, reproduktiv, ko‘nikma, xorijiy tajriba, algoritmik., dastur, mezon, intellekt, ta’lim samaradorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники