К содержанию
РецензированоRU2025

O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” VA REMARKNING “GʻARBIY FRONTDA OʻZGARISH YOʻQ” ASARLARINING MUSHTARAKLIGI

Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без перемен». Через анализ этих произведений показывается, что судьбы людей, несмотря на различие времени и пространства, могут быть удивительно схожими. Ключевые слова: фатализм, структура произведения, психология, сравнительный анализ. Annotation. This article explores the similarities between O‘tkir Hoshimov’s “Lives Spent in a Dream” and Erich Maria Remarque’s “All Quiet on the Western Front.” Through the analysis, it is revealed that human destinies can be strikingly similar despite differences in time and space. Keywords: fatalism, structure of the work, psychology, comparative analysis. Adabiyotda urush, ijtimoiy bosim, inson ruhiyati singari mavzular turli tillarda va makonlarda turlicha tasvirlanadi va ba’zan ushbu asarlar oʻrtasida oʻxshash va yaqin fikr, mulohazalar paydo boʻladi. O‘zbek adabiyoti bilan xalqaro adabiyot o‘rtasida bunday parallelar topish, asarlarni mutolaa qilishni yanada chuqurlashtiradi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani bilan Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarini solishtirib ko‘rish, ularning umumiy g‘oyalari va strukturaviy jihatlari haqida anglashni osonlashtiradi. “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” romani 1928-yili yozilgan va 1929-yilda chop etilgan. Asarda yozuvchi bosh qahramon obrazi orqali oʻz hayotida boshidan kechirganlar tasvirlangan. Atrofdagi voqealar, boshqa insonlar taqdirini yortish ancha qiyin, ammo inson oʻz boshidan kechirgan voqealarni tasvirlashda mayda detallarigacha batafsil tasvirlaydi, bu esa asarning jonli chiqishiga sabab boladi. Asar haqida nemis tanqidchisi Alfred Kerr: “Romanning har bir satrida bir insonning o‘limi bilan bir avlodning orzusi so‘nadi”, – deydi1. Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari 1993-yil yozib tugatilgan va 1994-yilda nashrga chiqarilgan. Roman tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad; „Romanni loqayd-hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi. U kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqa narsa solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil- dilidan qargʻish yogʻdiradi“, – deydi. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Tushda_kechgan_umrlar 5 45 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ushbu ikki asar mazmuniy jihatdan bir-biriga yaqin asarlar hisoblanadi, masalan, urush va zo‘ravonlik koʻlamining inson ruhiyatiga ta’siri tasvirlari bir-biriga juda o‘xshash. “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” romanida frontdagi askarlar tajribasi, jasorat emas balki fojia, ruhiy vayronlik shaklida tasvirlanadi. “Modomiki, oldingi marraga borganda yirtqichga aylanib ketar ekanmiz – shunday qilmasak jon saqlashning iloji yoqligini bilamiz – dam olish payti bir pulga qimmat masxarabozga aylanamiz”2 o‘ylari bilan “Tushda kechgan umrlar” romanidagi ayniqsa, afg‘on urushi, jamiyatdagi totalitar tuzum va uning insonga yetkazgan zarari orqali, urushning inson hayotiga va ruhiy dunyosiga qanday ta’sir qilganligini, qahramonlar ruhiyatidagi befarqlikda nomoyon boʻladi. “Uch oydan beri hech nima yozmadim. Umuman… Hech nimaning qizigʻi yoʻq menga. Hech nimaga hayron ham qolmayman. Qismda har kuni yangi gap tarqaladi “Falon joyda koʻprik qulabdi”, xoʻsh nima boʻlibdi? Koʻprik boʻlgandan keyin portlaydi-da, “bitta duxni olib, zambarakka tross bilan osishibdi”. Nima bolibdi dux bo‘lgandan keyin osadi-da”3. Hatto ular nima uchun urishayotgani, asl maqsadlari nima ekanligini ham bilishmaydi, shunchaki shohni manzilga yetishida qurbon bo‘layotgan piyoda ekanligini his qilishadi. Ikkala asar ham urush, zo‘ravonlik jarayonlarini gʻalaba va zafarlar bilan emas, balki uning dahshatli, vayron qiluvchi tomonlari orqali bildiradi. Yoshlik, orzular va yo‘qotishlar – “yo‘qolgan avlod” motivi Remark qahramonlari va ularning sinfdoshlari urushga idealistik ruhda kirishadi, ammo tez orada realizm bilan yuzlashadi – “lost generation” (yo‘qolgan avlod) motivi koʻp tilga olinadi. Oʻtkir Hoshimov romanida ham yoshlik davri, orzular, vatanparvarlik istagi bilan boshlanadi, biroq keyinchalik bosh qahramon Rustam va boshqa obrazlar urush og‘irligi bilan yuzlashadi. Bu jihatdan ikkala asar yoshlik begʻuborligidan soʻng, zo‘ravonlik, ruhiy yo‘qotishlar ketma-ketligini namoyish etadi. Remark qahramoni frontga qaytgach, oddiy fuqarolik hayotiga (uy, maktab, mahalla) moslasha olmaydi. Oʻtkir Hoshimovning asarida ham afsuski, shunday: totalitar tuzumga, urushga yoki siyosatga jalb qilingan shaxslar keyinchalik jamiyat bilan bo‘lgan aloqalaridan chetlashadi, ong hamma narsaga begona bo‘lib qoladi. Natijada, har ikkisi ham asosiy qahramon orqali: jamiyat va inson orasida yaralangan kesma, ya’ni inson jamiyatdan ajralib qolishi yoki jamiyat uni “ortiqcha” deb his qilishi holatini tasvirlaydi. Do‘stlik, hamkasblik va insoniy aloqalarning bardoshli turtki bo‘lishi: “O‘za

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без перемен».»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без перемен». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fatalism, structure of the work, psychology, comparative analysis, сравнительный анализ., Tatalizm, структура произведения, asar strukturasi, qiyosiy tahlil., психология, ruhiyat, фатализм, comparative analysis.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники