К содержанию
РецензированоRU2025

FEODOR DOSTOYEVISKIYNING “OYDIN TUNLAR” ROMANIDA XAYOLPARAST QAHRAMON TAVSIFI

QAHRAMON TAVSIFI · Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье рассматривается мастерство Достоевского в раскрытии человеческой психологии на примере его произведения «Белые ночи» и образа мечтателя — главного героя повести. Раскрываются такие темы, как внутренняя потребность человека в любви, её роль в духовной жизни, а также страх одиночества. Через это ставится цель глубже изучить творчество Достоевского и донести его идеи до читателя. Ключевые слова: «Белые ночи», образ мечтателя, социальный анализ, принцип парадоксальности, конфликт. Feodor Dostoyeviskiyning “Oydin tunlar” romani hajm jihatdan kichik bo‘lsa-da, ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan. Asarni asl mohiyatini tushunish ba’zan biroz og‘irlik qiladi, lekin chuqur tafakkur va asarni sinchiklab o‘qish ko‘plab masalalarga yechim keltirishi tabiiy holat. Feodor Dostoyeviskiyning “Oydin tunlar” romani 1848-yil sentabr-noyabr oylarida yozilgan, ushbu asar Aeksey Pleshcheyevga bag‘ishlab nashr etilgan. 1848-yil 31-oktabrda nashrga ruxsat berilgan. Asar birinchi nashrdan keyin 2 martta 1860 va 1865-yillarda tahrirlangan. O‘zgartirishlar davomida asarning ko‘plab qismlari almashtirilgan1. 1849-yil yanvar oyida nashr etilgan „Sovremennik“ asarida Aleksandr Drujininning ushbu asar uchun sharhi berilgan boʻlib, unda tanqidchi „Oydin tunlar“ asarini „Golyadkin“, „Slabogo serdtsa“ asarlaridan yaxshiroq deya baholagan. Drujininning fikricha, asarning eng muhim kamchiligi shundaki, xayolparast obrazi aniq bir vaqt yoki zamonni tasvirlanmagan, uning kasbi va bir qancha boshqa xususiyatlari oʻquvchiga nomaʼlumligicha qolgan. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Oydin_tunlar 5 42 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tanqidchi: „Oydin tunlar”dagi xayolparast obrazining shaxsi yanada aniqroq yoritib berilganida va uning bir qancha xususiyatlari aniqroq yetkazib berilganda, asar badiiy adabiyot sohasida koʻp narsaga erishgan boʻlardi“, deb yozgan edi. Drujinin shuningdek, „har bir sahifada uchrab turadigan bir xillik“ka sabab asarni yozishda shoshqaloqlikka yoʻl qoʻyilgan degan fikrlarni ham keltirib oʻtgan2. Drujinning ushbu fikri asarni o‘qiganda haqiqatga yaqindek tuyiladi. Sababi voqealar davomida sizda ko‘proq qahramon haqida bilgingiz, uni his qilgingiz keladi. Uning bu holatga tushish sabablarini o‘rganish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Qahramonni qanchalar yaxshi bilsangiz uni shunchalar anglay bo‘shlaysiz deyishadi. Stepan Dudishkin „Otechestvennyye zapiski“dagi oʻz sharhida „Oydin tunlar“ni 1848- yilda yaratilgan eng yaxshi asarlar qatoriga qoʻshib, Dostoyevskiy asarlarida qahramonlarning psixologik tahlili yetakchi rol oʻynashini taʼkidlagan. Dudishkin asar toʻgʻrisida shunday yozgan edi: “Muallif oʻz asarlarida bir xil soʻzlarni tez-tez takrorlashi, koʻpincha har bir nafasida ideallikka erishishga harakat qiladigan qahramonlar obrazini yaratishi, shundoq ham bechorahol insonlarning qalbi muhabbat sabab yana bir bor parchalanish holatini tasvirlashi bois tanqid qilinadi „Oydin tunlar“da esa muallif bu borada deyarli benuqson. Asar yengil va oʻynoqi ruhda yozilgan boʻlib, agar bosh qahramonning oʻziga xos xususiyatlari biroz boshqacharoq tasvirlanganida, ushbu asar badiiy jihatdan juda yetuk boʻlar edi”3. Dudishkin fikriga ko‘ra asarda so‘zlarning takrorlanishi asarning ma’nosiga salbiy ta’sir ko‘ratadi, lekin yozuvchi qahramon timsolini ochib berar ekan, uning ruhiy holati kechinmalari va tuyg‘ularini ifodalashda so‘zlar takroridan foydalanish tabiiy hol. Bu asar qahromonining yanada ochiqroq ifodalashga xizmat qilgan. Yozuvchi Yevgeniy Tur 1861-yilda „Ruskoy rechi“ uchun yozgan maqolasida asarni maqtab, uni rus adabiyotidagi „eng yaxshi poetik asarlardan biri“, „maʼno jihatdan oʻziga xos va ijro jihatdan juda nafis“ deya baho bergan4. Haqiqatdan ham asar bir nafasda o‘qiladigan, odamni hayajonga soladigan va o‘zidan uzoqlashtirmaydigan asar hisoblanadi. Hajm jihatidan kichik bo‘lishiga qaramay, insonning tafakkur olamini ishlashga majbur qiladi. Asardagi xayolparast obrazini real obraz sifatida ko‘rish qiyin masala lekin asar yozilgan vaqtda yozuvchining o‘zi ham uylanmagan bo‘lgani va bu kabi muhabbat masalalarini yaxshi tushungani tabiiy. Ayni yigitlik davrida ayrim insonlarda bunday holatlarning ba’zi ko‘rinishlari uchrab turadi. Ko‘pchilik asardagi xayolparast obrazini bo‘rttirilgan deb hisoblashishadi, lekin asarni tahlil qilishda joy va makon masalasiga ham e’tibor berish kerakligini unitib qo‘ymasligimiz lozim. Aslida har birimizning ichimizda aqlga sig‘maydigan narsalarni xayol qiladigan, dunyo tashvish va o‘ylari oldida miltillab, har eslaganda odamni xayolatga yetaklaydigan xayolparast inson yashaydi. Hatto yozuvchining o‘zi ham „Peterburgskoy letopis“ning toʻrtinchi felyetoni soʻngida: „Biz hammamiz ozmi-koʻpmi xayolparastlarmiz!“ jumlalarini keltirib oʻtgan 5 . Dunyodagi eng katta muvoffaqiyatlar, kashfiyotlar va yutuqlar aynan insonlarning xayollarini ro‘yobga chiqarish uchun qilgan harakatlari natijasida paydo bo

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается мастерство Достоевского в раскрытии человеческой психологии на примере его произведения «Белые ночи» и образа мечтателя — главного героя повести.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается мастерство Достоевского в раскрытии человеческой психологии на примере его произведения «Белые ночи» и образа мечтателя — главного героя повести. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“White Nights”, the image of the dreamer, social analysis, the principle of, xayolparast obrazi, konflikt., принцип парадоксальности, paradoksallik prinsipi, conflict., the principle of paradox, “Oydin tunlar”, «Белые ночи», конфликт., ijtimoiy tahlil, социальный анализ, образ мечтателя
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники