К содержанию
РецензированоRU2025

ABDULVOHID BURHONOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI

Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В современной развивающейся литературе существует множество творческих личностей, каждая из которых занимает своё особое место и имеет значение для нашей культуры. В данной статье рассматриваются жизнь и творческая деятельность Абдулвахид Бурханов. Также раскрывается общественная активность и литературная деятельность Мунзима, его роль в развитии просвещения и джадидского движения. Ключевые слова: «То ба кай?», «Тарбияи афтол», новая методическая школа, джадидизм. Annotation. In today’s developing literature, many creative figures have their own unique place and significance for our culture. This article provides information about the life and literary activity of Abdulvohid Burhonov. It also highlights the social engagement and creative work of Munzim, emphasizing his contribution to education and the Jadid movement. Keywords: “To ba kay?”, “Tarbiyayi aftol”, new-method school, Jadidism. XX asr boshlarida O‘zbekiston adabiyoti va madaniy hayotida taraqqiyparvarlik g‘oyalari keng yoyila boshladi. Bu davrda millatni uyg‘otish, ma’rifat tarqatish, xalqni zamonaviy dunyoqarash sari yetaklash g‘oyasi ko‘plab adiblar ijodining markaziga aylandi. Ana shunday ziyolilar safida Abdulvohid Burhonov ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Uning asarlarida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy muammolari, xalqni jaholatdan chiqarish, ilm va ma’rifat orqali taraqqiyot sari yetaklash masalalari bosh mavzu sifatida namoyon bo‘ladi. Burhonov ijodi o‘z davrining ijtimoiy hayotini chuqur anglash, xalq dardini ifoda etish va milliy o‘zlikni saqlashga da’vat ruhida yozilganligi bilan ajralib turadi. Shu bois, adib ijodida taraqqiyparvarlik mavzusini o‘rganish nafaqat uning badiiy mahoratini, balki o‘z davrining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarini ham tahlil etish imkonini beradi. Abdulvohid Burhonov – Munzim. Ma’rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo 1875-yili Buxoroda tavallud topadi. Dastlabki ta’limni eski maktabda oladi. XIX asrning 90- yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma’rifiy she’rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadi. XX asrning birinchi o‘n yilligida Munzim yangi usuldagi maktab ochish uchun harakat qiladi. Buxorodagi dastlabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog‘liq. 5 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U 1908 -yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o‘qitish uslubini Mahmudxo‘ja Behbudiy va Abduqodir Shokuriydan o‘rganadi1. Shu yili 23-oktabrda Mirzo Abdulvohid hovlisida ochilib, 12 bola o‘qitiladi. Ularning bir qismi pullik, bir qismi tekinga ta’lim oladi. 1909-yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etadi. Munzim o‘z maktabi uchun Sadriddin Ayniy bilan hamkorlikda darsliklar yaratadi. Shu yili Mukammal Burhonov, Sadriddin Ayniy bilan birgalikda “Tarbiyayi aftol” (Bolalar tarbiyasi) jamiyatini tuzishdi, ular bilan birgalikda 14 bola Istanbulda ta’lim oldi. Sadriddin Ayniy “ Ochiq fikrlilarning dastlabki mashhur namoyondalari, yoshlar va yosh fikrlilar ediki, yangi maktab atrofida jam bo‘lgan edilar2” degan edi. Ana shu yoshlar ichida Munzim ham bor bo‘lgan. Munzim Buxoroning birinchi matbuot nashri “Buxoroi sharif” gazetasini chop etishda faol ishtirok etgan. She’rlarini fors-tojik tilida shu gazetada “Munzim” taxallusi bilan chop ettirgan. Gazetaning 1912-yilda chiqqan 53-sonida uning “Vatan” she’ri, 59-sonida “To ba kay” va “Maktab” she’rlari nashr etilgan3. Bu she’rlarda jadidchilik harakati ilgari surgan ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, farzandlarimiz tarbiyasi, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. To ba kay? Zolimon dar dahr mehronad davron to ba kay, Meshavand dar komi onho charx gardon to ba kay? Hokimoni zolimon xunkhor paydo meshavand, Gar chi az ranji benavoyon to ba kay? Qachongacha? Zolimlar bu dunyoda davr suradi – qachongacha? Falak ularga xizmat qiladi – bu qachongacha? Zolim, qonxo‘r hukmdorlar yana paydo bo‘ladi, Bechora xalqning azob-u ranjidan bexabar – bu qachongacha4? Bu bandda shoir adolatsizlik, zolimlik va ijtimoiy tengsizlikka qarshi fikr bildiradi. Munzim “To ba kay?” (“Qachongacha?”) so‘zi orqali xalqning sabr toqati tugayotganini, adolatsizlikdan charchaganligini, holatning yomon ekanini ifodalaydi. Shoir davr zulmiga qarshi ruhiy norozilikni bildiradi. “Zolimon dar dahr mehronad davron to ba kay” – dunyo zolimlarga xizmat qilayotganini, hamma ularning atrofida aylanayotganini aytib, bu holat qachongacha davom etishini so‘raydi. “Meshavand dar komi onho charx gardon to ba kay” – falak, taqdir go‘yo zolimlar foydasiga aylanayotganini tanqid qiladi. “Hokimoni zolimon xunkhor paydo meshavand” – jamiyatda qonxo‘r, zolim hukmdorlar ketma-ket paydo bo‘layotganini va bularning oxiri yo ‘qligini ta’kidlaydi. “Gar chi az ranji benavoyon to ba kay” – xalqning, bechoralarning iztirobi tugamayotgani, ularning og‘rig‘iga hech kim e’tibor bermayotganini, har kim o ‘z manfaatlari

Доказательный фрагмент

«В современной развивающейся литературе существует множество творческих личностей, каждая из которых занимает своё особое место и имеет значение для нашей культуры.»

Образец извлечения

Демо-превью

В современной развивающейся литературе существует множество творческих личностей, каждая из которых занимает своё особое место и имеет значение для нашей культуры. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“To ba kay?”, “Tarbiyayi aftol”, new-method school, Jadidism, yangi usul maktab, «Тарбияи афтол», джадидизм., «То ба кай?», новая методическая школа, jadidchilik., To ba kay?, Jadidism.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти