К содержанию
РецензированоRU2025

YOZMA MANBALARDA SO‘FIY AYOLLAR TIMSOLI

G‘ofurjonova Mohlaroy Nodirjon qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В классической литературе тaзкиры по своей сути ценятся как исторические и литературные источники. Особенно в суфийских тaзкирах своеобразно отражены не только жизнь мужчин, но и жизнь суфийских женщин, их духовный опыт и мистические степени. В данной статье представлена информация об образе ариф женщин в письменных источниках на основе произведения Абу Абдуррахмана Сулами единственного автора тaзкиры, упомянувшего имена суфийских женщин. Ключевые слова: суфийские женщины, тaзкира, Суламий, манакыб. Mumtoz adabiyotimizda tazkira janri chuqur ildizlarga ega boʻlib, oʻzbek adabiyotshunosligining shakllanishida muhim oʻrin egallaydi. Ayniqsa, tasavvufiy tazkiralar diniy-maʼnaviy tafakkur va ruhiy-madaniy hayotning tarixiy manzarasini aks ettiruvchi muhim manbalardandir. Darsliklarda adabiyotshunoslik tarkibiy qismlarga ajratilar ekan, uning avvalgisi adabiyot tarixi ekanligi koʻrsatiladi hamda tazkiralarga quyidagicha ta’rif beriladi: “Oʻzbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining dastlabki kurtaklari sifatida tazkiralarni koʻrsatish mumkin”1. “O‘rta asrlarda nasrdan asosan ilmiy asarlar, manoqib va risolalar yozishda istifoda etilgan bo‘lsa-da, ularning tarkibida ham nazmiy parchalardan foydalanish an’ana tusiga kirgan edi. Ushbu turning o‘ziga xos adabiy janrlaridan shoir-u nosirlar o‘z mahoratlarini namoyish qilish, poetik qarashlarini ifodalashda foydalanar edilar. Xususan, shunday adabiy janrlardan biri tazkira bo‘lib, tazkira (ar. – xotira, esga olmoq) asosan, shoir va olimlarning tarjimayi holi va ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi tarixiy-adabiy majmua hisoblangan. Unda u yoki bu shaxs haqidagi muhim ma’lumotlar va uning mashhur asarlaridan diqqatga sazovor misollar ilova qilingan. 1 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashriyoti, 2004. – B. 13. 5 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tazkiralar asosan tarixiy-irfoniy mavzuda, shoirlarga doir va ba’zan badiiy janrlar bo‘yicha tuzilgan. Birinchi guruh tazkiralar atoqli mutasavvif va olimlar shaxsiyati, dunyoqarashi va ijodiy merosini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularga “Tabaqot us-so‘fiya” (Abdurahmon Sulamiy, X–XI asrlar), “Tabaqot us-so‘fiya” (Abdulloh Ansoriy, X asr), “Tazkirat ul-avliyo” (Farididdin Attor, XII asr), “Nafahot ul-uns” (Abdurahmon Jomiy, XV asr), “Nasoyim ul-muhabbat” (Alisher Navoiy, XV asr) kabi tazkiralarni kiritish mumkin. Ikkinchi guruh tazkiralar nisbatan ko‘proq bo‘lib, ularga Abu Tohir Xotuniyning (XI) “Manoqib ush-shuaro”, as-Saolibiyning “Yatimat ud-dahr”, Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob”, Davlatshoh Samarqandiyning Navoiyga bag‘ishlangan “Tazkirat ush-shuaro” (1486), Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkiralari va boshqalar misol bo‘la oladi. Bu turdagi tazkiralarda shoirlar va ularning she’rlariga munosabat bildirish asnosida tazkira mualliflari o‘zlarining adabiy qarashlarini ham bayon qilib o‘tganlar”2. Tazkiralarning katta qismi tasavvufiy mazmunda boʻlib, ulardan tariqat yoʻlida maʼlum darajaga yetgan, uning maqomlaridan birma-bir oʻtgan, fanofilloh darajasiga yetgan soʻfiylar zikri oʻrin olgan. Ammo soʻfiylar haqida soʻz borganda diqqat asosan erkak siymolarga qaratiladi, ayol soʻfiylar esa yo umuman tilga olinmaydi, yo cheklangan doiradagina yodga olinadi. Ibn Arabiy maʼrifat, muhabbat darajalariga yetishish uchun ayollik qandaydir toʻsiq boʻlmasligini, hatto abdollar3 ichida ayollar ham boʻlganini taʼkidlaydi. Ammo shunga qaramasdan, bu holatga tanqidiy qaragan olimlar ham bor. Masalan, tarixchi, professor Rut Roded 845–1987-yillar orasida arab tilida tasnif etilgan 37 ta tazkiraga asoslanib, ularning asosiy qismida ayollar tarjimayi holi juda oz miqdorni tashkil etishi, hayratlanarli jihati, raqamlar borgan sari kamayib, 2% gacha tushganini koʻrsatib oʻtadi. Nufusning 50% ini tashkil etgan ayollarning erkaklar hukmron jamiyatda tazkiralarning yarmida boʻlsa ham ayollarga oid maʼlumot yoʻqligi tabiiy boʻlgani holda raqamlarning bunchalik oz boʻlishi izohga muhtojligini taʼkidlaydi4. Abu Abdurahmon Sulamiy soʻfiy ayollar siymosiga mustaqil yondashgan ilk mualliflardan biri boʻlib, uning “Zikr-u nisvatil mutaʼabidatis soʻfiyyat” asari oʻz jabhasida birinchilardan hisoblanadi. Sulamiy bundan avval soʻfiy erkaklar tarjimayi holiga alohida asar yozgan boʻlsa-da, ushbu tazkira undan mustaqil hamda tematik jihatdan mutlaqo noyob sanaladi. Ular tafsir, hadis, zuhd-u taqvo yoʻlida komillikka yetishgan ayollar sifatida tasvirlanadi. “Zikr-u nisvatil mutaʼabidatis soʻfiyyat” 84 tarjimayi holni oʻz ichiga oladi. Shulardan uchtasi takrorlanib keladi, yaʼni 2, 12, 13 raqamlari ostidagi tarjimayi hollarni 22, 39, 40- raqamlarda ham uchratamiz. Ular muallif qoʻlyozmasida aynan mana shu ketma-ketlikda bo‘lib, bunga sabab qilib naql qilingan soʻzlarning turlichaligi aytiladi. Risolaning Mahmud Tanohiy tomonidan tayyorlangan tanqidiy nashrida qoʻlyozmadagi baʼzi gr

Доказательный фрагмент

«В классической литературе тaзкиры по своей сути ценятся как исторические и литературные источники.»

Образец извлечения

Демо-превью

В классической литературе тaзкиры по своей сути ценятся как исторические и литературные источники. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sufi women, tazkira, al-Sulami, manaqib, manaqib., so‘fiy ayollar, manoqib., Суламий, тaзкира, суфийские женщины, Sulamiy, манакыб.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники