К содержанию
РецензированоRU2025

XOLID HUSAYNIYNINING HAYOTI VA IJODI (“SHAMOL ORTIDAN YUGURIB”) ASARI MISOLIDA

Axatova Dilnoza Allayor qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье рассказывается о жизни и творчестве писателя афганского происхождения Халеда Хоссейни, а также об особенностях его произведений. Цель статьи — показать узбекским читателям причины появления произведений Халеда Хоссейни, степень их связи с жизнью автора и проанализировать роман «Бегущий за ветром» с точки зрения биографического метода. Исследование направлено на формирование у узбекских читателей целостного и глубокого представления о творчестве Халеда Хоссейни и знакомство с его произведениями. Ключевые слова: биографический метод, Афганистан, советская оккупация, война. XXI asrga kelib globallashuv jarayoni butun insoniyat hayotini jadal qamrab oldi. Bu jarayon insonlar hayotini yaxshilash bilan birga, turli siyosiy urushlar, diniy ziddiyatlar, inson huquqlarini buzilish holatlarini ham ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Afg‘onistonda sovet istilosi vaqtida boshlangan va hozirgi kunga kelib yanada avj olgan siyosiy va diniy urushlar ko‘plab begunoh insonlar, ayniqsa, yosh bolalarning bevaqt o‘limiga, ulardagi bolalik zavqining yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Afg‘onistondagi urushlar, ommaviy qirg‘inlar, ayollar huquqlari poymol etilishi va ularga qilinayotgan turli zo’ravonliklar, bolalardan bolalikning tortib olinishi, diniy ziddiyatlar bilan bog‘liq muammolar yozuvchilar asarlariga, adabiyotga ham ko‘chmay qolmadi. Ko‘plab ijodkorlar o‘z asarlarida Afg‘onistondagi murakkab va tahlikali hayotni yoritishgan. 5 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ana shunday ijodkorlardan biri afg‘on-amerikalik sobiq shifokor va yozuvchi Xolid Husayniy bo‘lib, uning asarlari urush o‘choqlaridagi insonlar hayotini, vatanini tashlab boshqa joylarda yashashga majbur bo‘lganlar taqdirini va ichki kechinmalarini, har qanday vaziyatda ham insoniyligini saqlab qola olgan insonlarni mahorat bilan tasvirlaydi. Asli Afg‘onistonlik bo‘lgan, keyinchalik Amrika fuqaroligini olgan Xolid Husayniy 1965-yil Afg‘onistonning Kobul shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligida faoliyat olib borgan. 1976-yilda otasi diplomatik lavozimi sabab Tehronga oilasi bilan ko‘chib o‘tadi. 1979-yilda uni Parij shahridagi Afg‘oniston elchixonasiga o‘tkazishadi. Oila ham Fransiyaga ko‘chib o‘tadi. Ayni shu yili Afg‘onistonda sovet istilosi boshlanadi va Xolid Husayniyning oilasi vataniga qayta olmaydi. 1980-yilda Xolid Husaniyning otasi AQSHdan siyosiy boshpana so‘rab, Kaliforniya shtatiga joylashadi. Xolid Husayniyning Amerikadagi hayoti ayni shu yillardan boshlanadi va ular Amerika fuqaroligini olishadi. Xolid Husayniy Amerikaga kelganda endigina 15 yoshda edi. Tahsilni Amerikada davom ettirdi. Keyinchalik esa, bialogiya va tibbiyot bo’yicha o‘qib, ichki kasalliklar shifokor bo‘lib faoliyat olib bora boshladi. Xolid Husayniy shifokor sifatida 10 yildan ortiq ishladi. Shifokor bo‘lishiga qaramay bo‘sh vaqtlarida hikoyalar yozib turardi. Husayniyning yozuvchilik faoliyati 2001-yildan boshlanadi. 2003-yilda Husayniyning birinchi romani “The Kite Runner” (“Shamol ortidan yugurib”) nashr etildi. Asar katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Xolid Husayniy maskur asarida Amir va Hasan ismli bolalar orqali afg‘on bolalari hayoti, kechinmalari tasvirlanadi. Amir va Husayn orasidagi do‘stlik har bir bola qalbida haqiqiy do‘stlik, sadoqat nomli yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda yordam beruvchi asardir. Qolaversa, asarda hasad, va’daga vafo, vijdon azobi, gunoh, tavba kabi mavzular ham o‘z ifodasini topgan. Asar New York Times jurnalidagi asarlar ro‘yxatida bir necha bor birinchilikni olgan1. 2007-yilda esa asar asosida film olindi. Xolid Husayniyning ilk romani 70 dan ortiq tillarga tarjima qilindi. Yozuvchini dunyoga tanitgan bu asar Afg‘onistom hayotining turli jihatlarini kitobxonga ochib beradi. “Xolid Husayniy 2007-yil Book Expo America nomli tadbirdagi nutqini shunday boshlaydi: Men Hindiston, London, Sidney, Parij, Arkanzas va dunyoning turli joylaridan xatlar oldim. Kitobimni o‘qiganlarni meni chin dildan qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning ko‘pchiligi Afg‘onistonga yordam yuborish yo‘llarini so‘rashdi. Ba’zilar esa afg‘on yetimlarini farzandlikka olish istagini bildirishdi. Bu xatda men adabiyotning yagona, ammo beqiyos kuchini ko‘rdim”2. Chindan ham, Xolid Husayniy o‘zining asari orqali adabiyotning kuchini yana bir bor ko‘rsatdi. Husayniy ilk asari shuhrat qozongach shifokorlikdan to‘liq yozuvchilik faoliyatiga o‘tdi. 2007- yilda yozuvchining “A Thousand Splendid Suns” (“Ming quyosh shu’lasi”) asari nashrdan chiqdi. Bu asarda afg‘on ayollarining ayanchli taqdiri, tolibonlar bosqinidan keyingi davrlarda ayollar huquqlarining poymol etilishi tasvirlanadi. Bu asar ham kitobxonlar tomonidan yuksak baholanadi. Yozuvchining keyingi asari "And The Mountain Echoed" (“Togʻlar ham sado berdi”) 2013-yilda yozib tugallandi. 1 New York Times Best Seller list, January 12, 2014. Retrieved February 11, 2015. 2 "Negotiating the S

Доказательный фрагмент

«В статье рассказывается о жизни и творчестве писателя афганского происхождения Халеда Хоссейни, а также об особенностях его произведений.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассказывается о жизни и творчестве писателя афганского происхождения Халеда Хоссейни, а также об особенностях его произведений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biographical method, Afghanistan, Soviet invasion, war, биографический метод, Afg‘oniston, biografik metod, war., война., sovet istilosi, Афганистан, советская оккупация, urush.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники