К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING STRUKTURAL TAHLILI

STRUKTURAL TAHLILI · Xo‘jamiyarova Zamira Abdusalom qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article presents a philosophical and structural analysis of Abdulla Avloni’s work “Turkiy Guliston yoxud Axloq” (“The Turkic Garden or Morality”). The paper explores the ethical, scientific, and humanistic ideas advanced by the author, as well as the structural composition, linguistic, and stylistic features of the work from a scholarly perspective. The study also highlights Avloni’s intellectual views in connection with the socio-cultural context of his time, his spiritual legacy, and its relevance in modern educational and moral development. Keywords: morality, science, humanism, structure, composition, education, enlightenment. XX asr boshlarida o‘zbek ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy (1878–1934) millatning ma’naviy va madaniy yuksali.shiga katta hissa qo‘shgan adib, pedagog va fikr sohibidir. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari nafaqat axloqiy pandnoma, balki jamiyatni ma’naviy uyg‘onishga da’vat etuvchi falsafiy qo‘llanma sifatida ham qaraladi. Struktural metod asosida asarni tahlil qilish orqali undagi g‘oyaviy qatlamlar, tuzilma va kompozitsion uyg‘unlik, til va uslub birligi o‘rganiladi. Bu yondashuv yozuvchi asarining chuqur ma’nosini anglash va uni tahlil qilish imkonini beradi. Avloniy ushbu asar orqali millatning kelajagini belgilovchi eng muhim omil – axloqiy tarbiya masalasini markazga qo‘yadi. 5 18 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U axloqni inson hayotining bosh me’zoni, ma’naviy komillikka yetaklovchi asosiy yo‘l sifatida talqin etadi. Asarda ilgari surilgan g‘oyalar Sharq falsafasining chuqur ildizlariga tayanib, zamonaviy pedagogik va ijtimoiy qarashlar bilan uyg‘unlashgan holda bayon etilgan. Shu jihatdan, “Turkiy guliston yoxud axloq” nafaqat badiiy asar, balki falsafiy va tarbiyaviy qo‘llanma sifatida ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga Avloniyning axloq haqidagi qarashlari o‘z davrining ijtimoiy-falsafiy tafakkuri bilan qiyosiy o‘rganilib, uning hozirgi zamon ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni yoritiladi. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bir necha asosiy qismlardan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim inson tarbiyasi, axloq, ilm va ma’rifatning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi. Asarning kirish qismida muallif axloqni inson hayotining ziynati sifatida talqin etadi. U shunday yozadi: “Axloq insonning ziynatidir. Axloqi yomon kishi yalang‘och kishidir.” Bu fikrda insonning ma’naviy tozaligi, ichki dunyosi va jamiyatdagi qadriyatlari o‘rtasidagi munosabat ochib beriladi. Asarning kompozitsion tuzilishida axloq va ilm masalalari tenglikda ifodalanib ketiladi, bu esa asarga ichki mantiqiy yaxlitlik beradi. Avloniy uchun ilm – hayotning chirog‘i, axloq esa shu chiroqni yoritib turuvchi nurdir. U shunday deydi: “Ilm hayotning chirog‘idir, jaholat esa zulmatdir.” Bu iqtibos orqali Avloniy insonni ma’naviy zulmatdan qutqaruvchi kuch sifatida ilmni ulug‘laydi. Asarning strukturasida ilm va axloq mavzulari bir-birini to‘ldirib, inson komilligi haqida yaxlit falsafiy tizimni hosil qiladi. Avloniyning ushbu asaridagi eng chuqur va falsafiy g‘oyalar singdirilgan yana bir iqtibosiga e’tiborimizni qaratamiz: “Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguchi, yomonlikdan qaytarguchi, o‘zi esa aytgan so‘ziga amal qilguchi kishi – haqiqiy murabbi, komil insondur”. Bu so‘zlarda yozuvchi insonni so‘z bilan emas, amal bilan yaxshilikka chaqirishga undaydi. Avloniy uchun “yaxshilik” – bu faqat boshqalarga maslahat berish emas, balki o‘zi ham shunga amal qilib boshqalarga namuna bo‘lishdir. Chunki faqat so‘z bilan chaqirgan, ammo o‘zi amal qilmagan inson – jamiyatda ishonchini yo‘qotadi. So‘z va amal birligi – chin ma’naviyatning belgisidir. Avloniy bu iqtibosi orqali shunday degandek bo‘ladi: “Yaxshilik haqida gapirish oson, lekin uni hayotga tatbiq etish – insonning haqiqiy imtihonidir. Shu bois bu iqtibos bugungi kun uchun ham juda dolzarb. Chunki zamonaviy jamiyatda ham haqiqiy yetakchi yoki tarbiyachi – boshqalarni so‘z bilan emas, balki o‘zining odobi, halolligi sabri va insonparvarligi bilan o‘rnak bo‘luvchi insondir. Avloniyning ta’limotida axloq – ijtimoiy ma’suliyat, insonparvarlik, mehr, sabr va halollik singari fazilatlar majmuasi sifatida talqin qilinadi. U yoshlarni yomon odatlardan tiyilish, rostgo‘ylik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni asosiy burch deb biladi: “Yaxshi xulq insonni saodatga yetkurur, yomon xulq esa sharmandalikka sabab bo‘lur.” Bu satrlarda Avloniy axloqiy yuksaklikning inson baxtiga bevosita ta’sirini falsafiy asosda ifodalaydi. “Insonning haqiqiy saodati – uning ichki dunyosi, tozaligi va halolligida”, — deya ta’kidlaydi muallif. 5 19 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Avloniy ijodida insonparvarlik g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. U insonni yuksak qadriyat sifatida ko‘rib, uning qalbini poklik, mehr, adolat va ilm bi

Доказательный фрагмент

«This article presents a philosophical and structural analysis of Abdulla Avloni’s work “Turkiy Guliston yoxud Axloq” (“The Turkic Garden or Morality”).»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents a philosophical and structural analysis of Abdulla Avloni’s work “Turkiy Guliston yoxud Axloq” (“The Turkic Garden or Morality”). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
morality, science, humanism, structure, composition, education, axloq, мораль, enlightenment., воспитание, гуманизм, ma’rifat., kompozitsiya, insonparvarlik, композиция, ilm, tarbiya, просвещение., struktura, структура, наука
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники