Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
БИОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПО ПРОИЗВЕДЕНИЮ ФЁДОРА МИХАЙЛОВИЧА ДОСТОЕВСКОГО «ЛУННЫЕ НОЧИ»
ASOSIDA BIOGRAFIK TAHLIL · Qarshiboyeva Shohsanam · DOSTOEVSKY'S "MOONLIT NIGHTS"
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes Fyodor Mikhailovich Dostoevsky’s novel “White Nights” through the lens of the biographical method. The study highlights the writer’s inner psychological conflicts and the contrast between the imaginary and the real world. Furthermore, the article interprets the social and emotional characteristics of the era in which Dostoevsky lived using a biographical approach. Keywords: biographical method, realism, romanticism, imagination, loneliness. БИОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПО ПРОИЗВЕДЕНИЮ ФЁДОРА МИХАЙЛОВИЧА ДОСТОЕВСКОГО «ЛУННЫЕ НОЧИ» Аннотация. В данной статье роман Фёдора Михайловича Достоевского «Белые ночи» анализируется с использованием биографического метода. В произведении чётко отражены внутренние проблемы личности писателя, различие между воображаемым и реальным мирами. Кроме того, с помощью биографического подхода интерпретируются социально-психологические особенности эпохи, в которой жил Достоевский. Ключевые слова: биографический метод, реализм, романтизм, воображение, одиночество. XIX asrga kelib Rossiya jamiyat turli siyosiy o‘zgarishlar oqimida edi. Bu adabiyotga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi, rus adabiyoti romantik yo‘nalishdan voz kechib g‘arbga taqlid qilib realizmga o‘ta boshladi. Yozuvchilar o‘z asarlarida asosan oddiy xalq va ularning iztiroblari, yashash uchun kurashlarini markaziy obrazga olib chiqish bu davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biriga aylandi. Tabaqalanish tanqid ostiga olindi, Gogol, Turgenev, Belinskiy, Dostayevskiy aynan shu mavzuda juda ko‘plab mashhur asarlar yaratishdi. Dostayevskiyning “Oydin tunlar” romani ham shu davrning maxsulidir. O‘sha vaqtda Rossiyaning barcha shaharlarida jumladan Sank peterburgda ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgan edi. Shaharlardanda turli obodonchilik ishlari amalga oshirilib, shahar manzarasi yanada go‘zallashib borayotgan edi. 5 15 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “19-asrda Sankt-Peterburgda jadal modernizatsiya qilinayotgan shaharni boshqaradi - kengaytirilgan xiyobonlar, yangi arxitektura va o‘sib borayotgan aholi bilan, bu uning aloqadan uzilish hissini paradoksal ravishda kuchaytiradi”1. “Biografik metod adabiyotshunoslikdagi kontekstual tahlil metodlaridan biridir. Ushbu metod XIX asrning ikkinchi yarmida shakllangan bo‘lib, asoschisi sifatida fransuz olimi Sh.Sent- Byov e’tirof etiladi. Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o‘rganishni nazarda tutadi. Zero, badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslanadi, shunday ekan uning ko‘p qirralari muallif biografiyasi kontekstida anglashiladi. Boshqacha aytganda, ushbu metod asarga muallif yuklagan mazmunni anglashda etakchi ahamiyat kasb etadi.”2 Ushbu metod yordamida biz yozuvchining shaxsiy hayotidagi voqealar uni asariga qay darajada taʼsir qilganini anglaymiz. Shu tufayli asarga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi, uning yangidan yangi maʼnolarini kashf etamiz. “Oydin tunlar” asari orqali kitobxon nafaqat Rossiyaning 1840-yillatdagi holati balki yozuvchining ichki kechinmalari yolgʻizlik va xayolparastlik haqidagi takrorlanmas fikrlaridan bahramand boʻlishimiz mumkin. Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy oʻz ijodiy uslubini yaratgan buyuk shaxsdir. Uning asarlarida har bir qahramon oʻz fikri va azoblari ochiq ayta oladi va ularning psixologik holatlari bir birini takrorlamaydi. Bu Dostoyevskiy mahoratining mevasidir. U ijodining ilk davrlaridanoq personajlarining ruhiy olamiga kuchli etibor berdi, ularning har biriga alohida yondashgan holda oʻzining ichki olamini ularga singdirib yuborishga erishgan. “Oydin tunlar” ijodining ilk davrlarida yozilgan asardir. Ushbu hikoyaga yozuvchining Peterburgdagi yolgʻizligi, javobsiz sevgilari asos qilib olingan. Asar bosh qahramoni xayolparast 26 yoshda boʻlsa ham xuddi Dostoyevskiydek hali hayotda oʻz oʻrnini topmagan, yolgʻiz va xarob holatda yashagan, aytib oʻtishimiz joizki bu hikoya yozilgan vaqtda yozuvchi 27 yoshda boʻlgan. Ijodkor onasidan erta ayrilgan va qattiqqoʻl ota qo'lida tarbiya topganligi sababli ham mehrga tashna bo'lgan, biroq odamlar bilan yaqin aloqa o'rnatishga qiynaladi. Shuning uchun ham yolgʻiz yashaydi, hech kim bilan suhbatlasha olmaydi, bu holatni biz xayolparastda ko'rishimiz mumkin. Ularning har ikkisi ham oʻz yolgʻizligini kechalari bilan Peterburg koʻchalarida sayr qilish bilan yengishga harakat qilishadi. Koʻchalar, ulardagi har bir uy tanish goʻyo uylar ularga oʻzining holati haqida bazan arz-u dod qiladi, bazan esa oʻz baxtini koʻz-koʻz qilib maqtanadi. Odamlar esa bazan asabiy, bazan esa xursand holatda ularga qarab oʻtayotgandek tuyuladi. Aslida esa bularning bari ularning tasavvurida boʻladi xolos. Oʻtkinchilarning hech biri xayolparastga eʼtibor bermaydi, ularning barchasi oʻz uylariga yaqinlarining yoniga shoshishadi. Xayolparastning oʻzi aytganidek “Ular juda baxtli negaki, ularning hayoti pufakdek yorilib yoʻqolib ketmaydi”3, ularning hayoti muntazam zanjirlar bilan qattiq bo
Доказательный фрагмент
«This article analyzes Fyodor Mikhailovich Dostoevsky’s novel “White Nights” through the lens of the biographical method.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes Fyodor Mikhailovich Dostoevsky’s novel “White Nights” through the lens of the biographical method. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biographical method, realism, romanticism, imagination, loneliness, биографический метод, воображение, biografik metod, romantik, realizm, loneliness., романтизм, одиночество., реализм, yolg‘izlik., xayolparastlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026