Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ БИБЛИОТЕК НОВОГО УЗБЕКИСТАНА
Irgashova Dildora Ma’murjon qizi · Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article is about the libraries of Uzbekistan, which are moving in step with the times. It talks about what a modern library should be, meeting world standards, and what to pay attention to when creating the external and internal appearance of a library. In addition, the activities of the IFLA organization, which unites many libraries around the world, and its useful aspects for our field are relevant. Keywords: library, innovation, modernization, interior, world, IFLA, association, modern. Bugungi kunda zamonaviylashib borayotgan Yangi O‘zbekistonda har sohada o‘sish, rivojlanish kuzatilayotgan bir paytda axborotning manbai hisoblanmish kutubxonalarimiz ham yangicha rang, yangicha mazmunda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xususan, O‘zbekistondagi eng yirik kutubxona sifatida Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi misolida qaraydigan bo’lsak, kutubxonada kundan kunga o‘sish, yangilanish kuzatilmoqda. Ish jarayoniga zamonaviy texnika, texnologiyalarni joriy qilish, vaqtni tejagan holda ish sifatini oshirish kabi maqsadlar oldinga qo‘yilgan. Ish jarayoni bilan birgalikda kutubxonada kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, ularga mutolaa uchun qulay sharoit yaratib berish ham muhim hisoblanadi. Kitoblarning keng assortimenti, qidirilgan kitoblarni tez va oson topish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 4 74 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kitobxonning qulayligi uchun zamonaviy, yorug’ va shinam o‘quv zallari, mustaqil qidirish uchun barcha zallarda computer qurilmalari bilan ta’minlanganligi quvonarli, albatta. Joriy yilning sentabr oyida kutubxona ma’muriyati hamda xodimlar IFLA xalqaro forumida ishtirok etib qaytishdi. IFLA bu jahondagi barcha kutubxonalarni birlashtirgan, ularni rivojlanishi, kengayishi uchun sharoit yaratib beruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Avvallari Milliy kutubxona xalqaro forumda onlayn qatnashib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda delegatsiya bilan yuzma-yuz uchrashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. “Kutubxonalar faol va global professional hamjamiyatlar orqali o'zaro bog'langan va qo'llab-quvvatlaniladi. Kutubxonalar hamkor sifatida e'tirof etiladi, himoya qilinadi va qadrlanadi. Kutubxonalar barcha darajalarda muhim o'zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega.” Ushbu jumlalalar IFLA federatsiyasining bosh g’oyasi hisoblanadi. IFLA o‘z oldiga qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun aniq bir rejalarni tuzib chiqgan bo‘lib, bular 2024- 2029-yillarga mo‘ljallangan IFLA strategiyasida aks etgan. IFLA kutubxonalarni xalqaro hamjamiyatga qo’shilishga, tajriba almashish va rivojlanishga undaydi. Zero, yakkama-yakka harakat qilgandan ko‘ra birgalikda qilingan harakat samaraliroq bo‘ladi. Sohaga yangi innovatsiyalarni kiritish, bundan boshqalarni ham xabardor qilish, yutuqlar bilan bir qatorda sohadagi muammolarni o‘rtaga tashlash kabi masalalar bosh rolda hisoblanadi. Yurtimiz kutubxonalaridagi dolzarb muammolardan biri bu kadrlarning yetishmasligi va yoki kadrlar malakasining yetishmasligidir. Kutubxonalarda ishlayotgan hodimlarning juda kam qismigina oliy ma’lumotli kadr, aksar qismi nomutaxasis hamdir. Zamonaviy axborot zamonida yashayotgan ekanmiz, bugungi kun talablaridan biri bu axborotga ega bo‘lishni tezlashtirish va sifatini oshirishdir. Axborot deganda tor doiradagi kunlik yangiliklarni tushunish kerak emas. Kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar, gazeta, jurnallar haqida kitobxonalarga xabar berish, ularga sharxlar berish kerak. Buning uchun albatta har bir kutubxonada malakali xodimlar ishlashi zarur. Mutaxasislarning yetishmasligi o‘z o‘rnida ishga olinayotgan xodimga qo‘yiladigan talablar darajasini pasaytiradi. Ushbu muammo yillar davomida o‘z yechimini topadi, albatta. Bugungi kunda yurtimizda 7 ta oliygohda kutubxonachi kadrlar tayyorlanmoqda. Bular: 1. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti; 2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalar universiteti; 3. O‘zDSMI Nukus filiali; 4. O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali; 5. Termiz davlat universiteti; 6. Namangan davlat universiteti; 7. Qarshi davlat universiteti; Kutubxonachi rivojlanishi kerak, tezlik va sifat jihatdan o‘sishi lozim deymiz-u lekin, unga mos sharoit qilib berilyaptimi? Kutubxonachilarning malaka oshirish muddati juda qisqa. Unda ham o‘zimizning eski medotdlar yana qaytadan o‘qitiladi, xolos. Umuman bizda chet el kutubxonalari bilan aloqa yo‘q, orqadamiz deb ham ayta olmaymiz. 4 75 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yurtimizdagi katta-katta tashkilotlar tasarrufidagi yoki xususiy tashkilotlar kutuxonasi xodimlari chetda malaka oshirishlari mumkin. Lekin chekka-chekka hududlardagi kutubxonachilarda bu imkoniyatlar qachon paydo bo‘ladi? Bugungi kunda ko‘plab sohalar chet el bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda, ularning ish yuritish sistemasi o‘rganilib bizga mos tushadigan, qul
Доказательный фрагмент
«This article is about the libraries of Uzbekistan, which are moving in step with the times.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the libraries of Uzbekistan, which are moving in step with the times. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- library, innovation, modernization, interior, world, IFLA, association, ассоциация, интерьер, asotsatsiya, ИФЛА, инновации, modern., kutubxona, современный., jahon, библиотека, zamonaviylashtirish, мир, innovatsiya, модернизация, interyer
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025