К содержанию
РецензированоEN2025

SUD TIZIMIDA KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

NEW RENAISSANCE · Ergashev Aziz Adilovich

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In this thesis, the author discusses the reforms being carried out to bring the justice system of the Republic of Uzbekistan into the ranks of developed democratic states, as well as the legal acts adopted to improve the system of training qualified personnel. Key concepts: justice, qualified personnel, judicial system, professional judges, Academy of Justice, research institution, and interactive teaching methods. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Albatta, mazkur qoida demokartik davlatga xos boʻlgan muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida hokimiyatlar boʻlinish prinsipiga amal qilingan holda, sud hokimiyati hokimiyatning mustaqil tarmogʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu borada mamlakatimizda xalqaro huquq talablariga javob beradigan huquqiy mexanizm ham, qonunchilik bazasi ham yaratildi. Mustaqillikdan keyin Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining nufuzi va obroʻsini oshirish, mustaqilligini taʼminlash borasida tizimli va izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu oʻrinda Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi1, 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi2 qabul qilingan farmonlarni yodga olish maqsadga muvofiqdir. 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 230 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 Mazkur farmonlar mazmunida sud tizimida yuz beradigan islohotlar mustahkamlab qoʻyildi. Sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini taʼminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish uchun 2023-2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi ham tasdiqlandi. Strategiyaning ahamiyatli jihati shundaki, unda odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifasi etib “Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlarini qabul qilishga erishish orqali yurtdoshlarimizning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Endilikda fuqarolar shu jumladan, tadbirkorlarga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilib, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tenglik tamoyillarini toʻlaqonli amalga oshirish, sudlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish ham muhim vazifa sifatida belgilab olindi. 3 Tabiiyki, bunday oʻzgarish va yangilanishlar adolatli davlat barpo etilayotgan yurtimizda insonlarning sud tizimini oʻzining eng ishonchli himoyachisi sifatida his qilishiga mustahkam zamin yaratadi. Bu jarayonlarda sudlar faoliyatining huquqiy hamda moddiy texnik bazasini rivojlantirish bilan bir qatorda sud tizimi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali professional sudyalar korpusini shakllantirish bilan bogʻliq masalalar ham alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni 4 qabul qilindi. Ushbu farmon bilan quyidagilar sud-huquq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etishdagi ustuvor maqsadlar sifatida eʼtirof etildi: jumladan, sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash, taʼlim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish; boʻlajak sudyalarda mustaqil, xolis, begʻaraz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol oʻqitish uslublarini taʼlim jarayon

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the author discusses the reforms being carried out to bring the justice system of the Republic of Uzbekistan into the ranks of developed democratic states, as well as the legal acts adopted to improve…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the author discusses the reforms being carried out to bring the justice system of the Republic of Uzbekistan into the ranks of developed democratic states, as well as the legal acts adopted to improve… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
правосудие, квалифицированные кадры, судебная система, профессиональные судьи, научно-исследовательское учреждение, professional judges, суд тизими, одил судлов, and interactive teaching methods., профессионал судялар, Академия правосудия, Academy of Justice, ilmiy-tadqiqot muassasasi, малакали кадрлар, judicial system, интерактивные методы обучения., Odil sudlov akademiyasi, interfaol oʻqitish uslublari., research institution, qualified personnel, justice
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники