Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НЕКОТОРЫХ ЛЕКСЕМ, ОТНОСЯЩИХСЯ К КИПЧОКСКОМУ ДИАЛЕКТУ КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ
LISONIY TAHLILI · Ergashova Shahlo · OF KASHKADARYA REGION
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
В статье фонетически и лексически сравниваются некоторые слова кипчакского диалекта узбекского языка, активно употребляемые в говоре населения, проживающего в Кашкадарьинской области, со словами литературного языка и существующих диалектов, анализируются, даются комментарии. сделал по этому поводу. Также лексические единицы диалекта сравниваются с «девону-луготит-тюркским» и узбекским диалектами. При анализе примеров он эффективно использовал ряд лингвистических методов, таких как сравнение, сравнительно-исторический. Ключевые слова: диалектология, кипчак, карлук, огузский диалект, фонетика, лексические особенности, разговорная речь. Millatimiz g‘ururi va iftixori bo‘lgan ona tilimizning sofligini saqlash, dunyo miqyosida rivojlantirish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir. Har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlari bo‘ladi. Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining o‘ziga xos belgisidir. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotlaydi. 305 Oktabr, 2025-Yil Darhaqiqat, millatning yuzi, yurtning istiqboli uning tilida, unga bo‘lgan hurmatda o‘z aksini topadi. Tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi lug‘atlar va darsliklar ko‘plab nashr etilayotgani jamiyatimizning ziyoli insonlarini, kelajak avlodning tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ma’lumki, mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan jonli xalq tili - bu sheva. Shevada shu xalqning hayoti va madaniyati to‘liq o‘z aksini topadi. Shevadagi jozibadorlik va ta’sirchanlikni ba’zan adabiy tilda yetkazib berish qiyin. Dunyoda mavjud barcha tillarning deyarli barchasi o‘ziga xos ichki sheva yoki shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi ma’lum. Biroq o‘zbek tili turkiy tillar ichida o‘zining ko‘p shevaliligi va dialektliligi bilan farqlanadi. Dialektolog olimlardan biri professor E. D. Polivanov: “… turkiy tillarning birortasi ham shevalararo o‘zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, birorta turkiy til ham shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir. Bu esa, tabiiy, adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og‘irlashtiradi”, – degan edi. Albatta, adabiy til uchun qaysi dialektni (lahjani) asos qilib olish qiyin tuyulishi mumkin, lekin o‘z navbatida, bir vaqtning o‘zida mamlakatimiz bo‘ylab uchta lahjaning qo‘llanilishi tilimizning boy ekanligidan darakdir. Bilamizki, sheva materiallari adabiy tilimizni fonetik, leksik va grammatik jihatlardan boyituvchi asosiy boyish manbai sanaladi. Qashqadaryo hududidagi bir qator tumanlarda aholining katta qismi qipchoq lahjasida so‘zlashadi. Biz o‘rgangan Qamashi va Yakkabog‘ tumani shevalari ham qipchoq dialektiga oiddir. Biz dialektal materiallarimizni shu tumanlarda yashovchi sheva egalari tilidan yozib oldik. Qipchoq lahjasi asosan fonetik va leksik o‘zgarishlarga juda boy lahjadir. Bu lahjaning ba’zi fоnеtik хususiyatlari quyidagicha ko‘rinishga ega: So‘z boshida: y>j: yеr – jеr, yo‘q - jo‘q, yo‘l - jo‘l, yur - jur, yuz-juz; So‘z oxirida: q>g‘: qulоq – qulog‘, o‘rtoq - o‘rtog‘; g‘> v: sog‘- sov, tog‘-tov, bog‘-bov, tug‘ – tuv; q>v: bo‘yoq-bo‘yov; p>b,v: gap-gab, top-tov. So‘z oxirida ba’zi so‘zlarda undoshlari tushib qoladi: sariq - sori, kichik -kichchi, tag‘in - tog‘i, atayin - atay. X - Q undoshiga o‘tadi: xotin - qotin, tuxum - tuqum, xayol - qiyol, xat-qat, axir -oqir. Qamashi tumani shevasini kuzatishlarimiz natijasida shunga guvoh bo‘ldikki, “Devonu lug‘otit turk” asari leksikasi bilan bugungi o‘zbek shevalarida qo‘llanilgan ba’zi so‘zlar o‘rtasida yaqinlik va ba’zi farqlar borligini, lekin bu ularni bir-biridan ayiruvchi emas, balki yaqinligini ifodalovchi tafovutlar ekanini ko‘rsatdi. Buni quyidagi misollarning qiyosiy tahlilida ham kuzatish mumkin. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qamashi shevasiga oid ba’zi so‘zlarda ham fonetik va leksik o‘zgarishlarni kuztishimiz mumkin: Qamashi tumanida istiqomat qilayotgan aholining shevalari j–lovchi shevalariga kiradi. Ular asosan “Y” harfi qatnashgan yoki ushbu harflar gaplarning boshida kelgan so‘zlarda tovush almashish fonetik hodisasi sodir bo‘ladi. 306 Oktabr, 2025-Yil Masalan, “yo‘q” leksemasi o‘rniga “Jo‘q” tarzida talaffuz qilinadi. Qamashi tumani aholisi shevalarida tovush tushishi, orttirilishi va tovush almashishi hodisalari ko‘p uchraydi. Masalan: “Olma” so‘zida ham tovush almashish hodisasi sodir bo‘lib,“alma”tarzida talaffuz qilinadi. “Bodring” leksemasi “badring” tarzida “o” unlisi “a” tarzida o‘zgaradi. Sheva egalari “pamidor”ni “pamadir”, “to‘g‘ramoq” so‘z
Доказательный фрагмент
«В статье фонетически и лексически сравниваются некоторые слова кипчакского диалекта узбекского языка, активно употребляемые в говоре населения, проживающего в Кашкадарьинской области, со словами литературного языка и…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье фонетически и лексически сравниваются некоторые слова кипчакского диалекта узбекского языка, активно употребляемые в говоре населения, проживающего в Кашкадарьинской области, со словами литературного языка и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dialectology, Kipchak, Qarluq, Oghuz dialect, phonetics, lexical features, so‘zlashuv nutqi., leksik xususiyatlar, огузский диалект, o‘g‘uz lahjasi, colloquial speech., dialektologiya, кипчак, лексические особенности, диалектология, fonetik, карлук, фонетика, разговорная речь., qipchoq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025