К содержанию
РецензированоRU2025

РОЛЬ МУЗЫКИ В ВОСПИТАНИИ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ

MUSIQANING O‘RNI · Salimova Sevara Asqar qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article examines the topic "Effective ways of educating students based on national values". The article analyzes the role of national values in the educational process, their importance in the personal and social development of students. Combining elements of national values, culture, traditions and upbringing, effective methods of forming patriotism, moral qualities and cultural identity in students are considered. The article also provides information on the role of teachers and educators, methods of integrating national values in educational programs and modern pedagogical approaches. As a result, the article offers strategies necessary for educating students based on national values and emphasizes the social significance of this process. This study aims to contribute to the upbringing of the future generation as healthy and spiritually mature individuals. Keywords: upbringing, education, student, teacher, pedagogy, value, history, art, folk oral creativity, person, century. 295 Oktabr, 2025-Yil Kundalik hayotimizda, jamiyatimizning madaniyatini vujudga keltirishda, uning ma’naviy hayotida, davrimizga munosib har tomonlama barkamol badiiy didli, sog’lom fikrli yoshlarni tarbiyalash voyaga yetkazishda musiqa san’atining o’rni ahamiyatli bo’lib kelmoqda. Jumladan, chet el, o’zbek musiqa madaniyatining poydevorini vujudga keltirishda mehnatkash xalq tomonidan yaratilgan kuy va qo’shiqlar kishi qalbini o’ziga rom qilib, asrlash osha xalq uchun ilhom manbai bo’lgan va insonlarga ma’naviy ozuqa berib kelgan. Xalqimiz o’zlarining bebaho musiqa durdonalarini yaratgani, bu asarlar hozirgi milliy musiqamizga asos bilan bir qatorda, doimo go’zallikka tashnalik sezgan inson qalbi to’ridan o’rin olib kelmoqda. Inson qalbi go’zallikka tashnalik sezish bilan bir vaqtda go’zallik muhitidan o’ziga oladi va shakllanadi. San’at kishilarga faqatgina ma’naviy ozuqa berib qolmasdan jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim rol o’ynaydi. Musiqaning keng ta’sirchan tarbiyaviy imkoniyatini o’rta asr mutafakkirlari A.N.Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alishe’r Navoiy va boshqalar yuqori baholashgan. Ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alishe’r Navoiy asarlarida tambur, rubob, g’ijjak, nay, karnay, surnay kabi ko’pgina cholg’ularning nomlari qayd qilinadi. Bular o’rta asrlarda kashf etilgan. Navoiy buyuk shoir, mutafakkir olimmusiqachi, tarixchi, pedagogik va mashhur davlat arbobi bo’lgan. Shoir o’z asarlarida insonning go’zalligini va ma’naviy boyligini va ijodiy mehnatini zavq, shavqini tarannum etadi. Olim o’z asarlarida musiqa san’atining tarbiyaviy imkoniyatlarini yuqor baholaydi. O’rta Osiyoning progressiv mutafakkirlari asrlar mobaynida musiqa go’zalligini real mavjud bo’lgan juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan san’at ekanligini tushuntirib berganlar. Jumladan, o’zbek xalq og’zaki ijodining ertak janrida ham musiqaning ta’sirchan tarbiyaviy imkoniyati keng o’rin olgan. Musiqa kishining ruhiga tez ta’sir etadi, uning ahloqiy-estetik qiyofasining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sadiiy She’roziy aytganidek: “Musiqa inson ruhining yo’ldoshidir”. Shu bois o’quvchilarda inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqiy idrokni tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh masalasi bo’lib turadi. Sharqning ko’pgina xalqlari kabi o’zbeklar o’tmish avlodning musiqa san’atida professionalizm eramizning birinchi asrlaridek vujudga keldi va asrlar davomida rivojlanib borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg’u musiqa janrlarida ham yuksak badiiy natijalarga erishdi. Ammo professional musiqachilar bizning asrimizgacha ya’ni XX asrgacha amalda nota yozuvini qo’llashmadi. Milliy ta’lim va tarbiya o’z mazmunida insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur, axloqiy va umuminsoniy fazilatlarni mujassam etishi bilan jamiyat rivojida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda milliy ta’lim va tarbiya oldidagi eng muhim vazifalardan biri ham o’quvchi-yoshlarda milliy ong va milliy madaniyatni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu esa, birinchi navbatda ta’lim va tarbiya ishlarida milliy-ma’naviy qadriyatlardan unumli, oqilona va o’z o’rnida foydalanishni taqozo etadi. Fikrimizni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Biron bir jamiyat ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaratishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” – degan gaplari ham tasdiqlaydi [35] O’zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida xalq musiqa ijodiyoti xalq hayotini barcha tomonlarini aks ettirish qamrovi va ko’lami bilan o’tmishning “jonli ensiklopediyasi” hisoblanadi. 296 Oktabr, 2025-Yil Unda xalqimiz hayotining turli davrlaridagi tarixiybadiiy ko’rinishlari bilan birga xalq pedagogikasining eng ilg’or, oliyjanob g’oyalari umumlashganligi bois, yoshlarning badiiy-estetik va axloqiy, ma’naviy tarbiyasida foydlanish ta’lim sohasiga qo’yil

Доказательный фрагмент

«This article examines the topic "Effective ways of educating students based on national values".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the topic "Effective ways of educating students based on national values". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
upbringing, education, student, teacher, pedagogy, value, history, art, folk oral, o‘qituvchi, искусство, century., san’at, история, человек, воспитание, образование, shaxs, педагогика, ценность, person, ученик, tarix, pedagogika, учитель, qadriyat, tarbiya, народное устное творчество, o‘quvchi, asr., ta’lim, folk oral creativity, xalqa og‘zaki ijodi, век.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники