К содержанию
РецензированоRU1978

ГИПЕРТОНИЯ

GIPERTONIYA KASALLIGI · G`aybullayev Muslimbek

Современная наука и исследования · 2 · 1978

Аннотация

Артериальная гипертензия (высокое кровяное давление) — это широко распространенное хроническое заболевание, характеризующееся устойчивым повышением артериального давления. Оно часто протекает без серьезных симптомов, но является основной причиной таких опасных для жизни осложнений, как инсульт и инфаркт. Для успешного лечения и предотвращения осложнений необходимы регулярный контроль артериального давления и постоянная медикаментозная терапия. Ключевые слова: сердце, артериальное давление, кровь, кровеносные сосуды, артериальный. HYPERTENSION DISEASE Annotation. Arterial hypertension (high blood pressure) is a widespread chronic disease characterized by a sustained elevation of blood pressure. It often proceeds without severe symptoms but is the main cause of life-threatening complications such as stroke and heart attack. Regular blood pressure monitoring and continuous drug therapy are crucial for successful treatment and complication prevention. Keywords: heart, blood pressure, blood, blood vessel, arterial cystole, diastole, heart rhythm. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 1978-yilda qabul qilingan gipertoniya kasalligining tasnifi quyidagi bosqichlardan iborat: I bosqich qon bosimi oshishining koʻrsatkichi 140/90 mm simob ustunidan yuqori boʻlib (masalan, 150—180/90-* 105) markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir va buyrak sistemasining zararlanishi belgilarisiz kechadi, uzoq muddat davom etmaydi va bemor iztirobdan qutilgandan soʻng hamda qon bosimini tushiruvchi, tinchlantiruvchi dorilar ichilgandan va organizmga maʼlum muddat dam berilgandan keyin uning ahvoli yaxshilanadi va arterial bosim koʻrsatkichlari tez orada moʻʼtadillashadi. II bosqichda arterial bosimning sistolik koʻrsatkichi 160–179 mm simob ustuniga, diastolik koʻrsatkich esa 100–109 mm simob ustuniga teng boʻlishi va undan ham yuqoriga koʻtarilishi mumkin. Bu bosqichda patologik oʻzgarish asosan yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasi bilan belgilanadi, shuningdek, toʻr parda tomirlarining yoyilgan yoki fokal torayishi, mikroalbuminuriya, yaʼni siydikda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin konsentratsiyasining qisman oshishi (1,2—2,0 mg/dl) kuzatiladi. Ultratovush tekshiruvi yoki angiografiya (son arteriyalarida, aortada, yonbosh va son arteriyalarida oʻtkazilgan) orqali aterosklerotik oʻzgarishlar (pilakchalar)ni aniqlash mumkin. Klinik shikoyatlari tez-tez bosh ogʻrishi, bosh aylanishi (gipertonik krizlar), yurak sohasida ogʻriq, noxushliklardan iborat. 513 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 III bosqichda bemorlarda qon bosimi koʻrsatkichlari yanada yuqori (sistolik-180— 209 mm, diastolik esa 110–119 mm simob ustuniga teng va undan ham yuqori) va doimiy boʻladi. Bu bosqichning klinik manzarasi rang-barang boʻlib, nafaqat yurak-tomir sistemasida (stenokardiya, miokard infarqti), balki bosh miya qon tomirlarida ham patologik oʻzgarishlar (gemorragik insult, ensefalopatiya), buyrak yetishmovchiligi (nefroangioskleroz) hamda koʻz toʻr pardasiga qon quyilishi kuzatiladi. Bunday ogʻir asoratlar sodir boʻlgan paytlarda qon bosimi koʻrsatkichlari pasayishi, hatto normallashishi ham mumkin. Gipertoniya kasalligiga toʻgʻri tashxis qoʻyish bemorda ikkilamchi arterial gipertenziya sabablarini bartaraf etishga bogʻliq. Gipertoniya kasalligini davolash murakkab va uzoq, davom etadigan jarayon boʻlib, bemordan vrach koʻrsatmalarini qatʼiy bajarishni talab etadi. Avvalo bemor oʻzining hayot faoliyati, ovqatlanish, ishlash va dam olish rejimlarini oʻzgartirishi, masalan, spirtli ichimlik ichish va chekishdan voz kechishi, shoʻr, yogʻliq ovqatlarni kam isteʼmol qilishi, semirishga yoʻl qoʻymasligi, kam suyuqlik ichishi, yengil jismoniy mashqlar qilishi: bir oz yurishi, sekin yugurishi (puls oʻlchab turiladi), changʻida yurishi, velotrenajordan foydalanishi, dam olish kunlarini unumli oʻtkazishi (shahardan chetga chiqish, toza havodan nafas olish, tiniqib uxlash), autotrening bilan shugʻullanish, turli asabiy-ruhiy his-hayajonlardan uzoqroq boʻlishga harakat qilishi kerak. Shuningdek, psixoterapiya, giperbarik oksigenatsiya, elektruyqu, akupunktura va massaj usullaridan foydalanish lozim. Doridarmonlar bilan davolanish oilaviy vrach yoki kardiologning koʻrsatmasi asosida olib boriladi. Hozirda qon bosimini tushiradigan preparatlarning turlari va son-sanogʻi juda koʻp. Davolovchi vrach gipertoniya kasalligining bosqichini hisobga olib, bir yoki bir necha gipotenziv preparatlarni bemor mizojini eʼtiborga olgan holda maʼlum muddatga tavsiya etadi va davo natijasini muntazam nazorat qilib boraUmumiylashtirib olganda, gipertoniya rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: Ortiqcha vazn, metabolik kasalliklar, endokrin kasalliklar, kamharakat turmush tarzi; Muntazam emotsional stresslar, ruhiy tushkunlik, fojeali voqealarni boshdan o’tkazish, yaqin insonlarni yo’qotish; Biznesdagi, ishdagi muammolar tufayli kuchli asabiy taranglik; Bosh miya jarohatlari (avtohalokat, yiqilish, gipotermiya); Yurak-tomir tiz

Доказательный фрагмент

«Артериальная гипертензия (высокое кровяное давление) — это широко распространенное хроническое заболевание, характеризующееся устойчивым повышением артериального давления.»

Образец извлечения

Демо-превью

Артериальная гипертензия (высокое кровяное давление) — это широко распространенное хроническое заболевание, характеризующееся устойчивым повышением артериального давления. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
heart, blood pressure, blood, blood vessel, arterial cystole, diastole, heart, diastola, yurak, артериальное давление, arteria sistola, qon, кровь, сердце, qon bosimi, qon tomir, yurak ritmi., артериальный., кровеносные сосуды, heart rhythm.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники