К содержанию
РецензированоRU2025

ВОПРОСЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ

Rashidova Dildora Mansur qizi · Sattorova Gulruh Furqat qizi (Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.)

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье представлен научно-теоретический анализ работы, проводимой в сфере противодействия коррупции в высшем образовании, теоретических вопросов и мер борьбы с коррупцией. Обозначена важность государственной политики в сфере профилактики коррупции. Кроме того, проанализированы многие особенности данной проблемы. Ключевые слова: коррупция, высшее учебное заведение, взяточничество, личность, правосознание, право. Ta’lim tizimi jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega, chunki ta’lim orqali yangi avlodni tarbiyalash, ilmiy salohiyatni oshirish va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash mumkin. Ammo, ta’lim tizimida korrupsiya holatlari mavjudligi bu jarayonlarni jiddiy xalaqit beradi. Ta’limda korrupsiyaning oldini olish masalalari nafaqat ta’lim sifatini ta’minlash, balki jamiyatda adolat, shaffoflik va ishonchni mustahkamlash uchun ham muhimdir. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi turli xil so’rovnomalar tashkil etilyapti. OTMlari o‘quv jarayonlarida, talabalar bilimini tekshirish imtihonlarida va qabul jarayonlarida axbarot kommunikatsion texnologiyalar imkoniyatlari keng joriy etilmoqda. Korrupsiya haqida va uning oqibatlaridan xalqning, ayniqsa professor-o‘qituvchilar, talabalarning koʻpchilik qismini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot ishlari, ma’ruzalar, slaydlar OTMlarda keng targ‘ib qilinyapti. 4 44 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, jamoat joylarida ta’lim muassasalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” shiori ostida bannerlar o‘rnatildi.Korrupsiyaning ma’lum bir davlatda rivojlanishi esa shu mamlakatning tanazzuliga, rivojlanmasligiga olib keladi. “Korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so’zidan olingan bo’lib “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya bu – insonning mansab obroʻyidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi sanalanadi. Korrupsiya faoliyati yashirin iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida aholidan pora olish, qonunga zid ravishda pul daromadlarini qo‘lga kiritib tushum qilish tushuniladi. Lekin, umuman olganda, davlat xizmatchilarigina emas, balki, davlat tashkilotlarida ishlamaydigan insonlar ham korrupsiyaga oid ishlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni amalga oshirishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, korrupsiya holatini sodir etgan shaxslar qattiq jazolanmoqda, jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlar yo‘lga qo‘yilmoqda, respublikamiz ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan doimiy nazorat qilib tekshirilmoqda. Jinoyatchilik keng yoyilib ketishiga va korrupsiyachilar tomonidan aldangan mansabdorlarning qilmishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar, masalalar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosda hozirgi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Bu oqimga qarshi kurash dunyoning ko‘plab davlatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qancha dasturlar joriy etildi va shular asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Davlatimiz ta’lim tizimini tubdan yaxshilash uning sifati hamda samaradorligini ko’tarish, ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Lekin korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay yana shu illat bilan boyishni maqsad qilgan firibgarlar haligacha uchrab turibdi. Eng avvalo, kichik yoshdan korrupsiya, uning zararlari, oqibatlari haqidagi ilk dunyoqarash shakllantirilishi, bolalarda poraning eng oddiy shakllari haqida tasavvur hosil qilinishi zarur. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy usullari. 1.Shaffoflikni ta’minlash. Korrupsiyaning oldini olish uchun ta’lim tizimida shaffoflikni ta'minlash zarur. Bu, o'quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik uchun barcha jarayonlarning ochiq boʻlishini anglatadi. Masalan: Imtihonlar va baholash jarayonlarini elektron tizimga o‘tkazish, shu bilan birga baholashning obektivligini ta'minlash, o‘qituvchilarni ishga olishda ochiq tanlovlar tashkil qilish va shaffof me’yorlarga asoslanish, grantlar va stipendiyalar taqsimotida shaf

Доказательный фрагмент

«В статье представлен научно-теоретический анализ работы, проводимой в сфере противодействия коррупции в высшем образовании, теоретических вопросов и мер борьбы с коррупцией.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлен научно-теоретический анализ работы, проводимой в сфере противодействия коррупции в высшем образовании, теоретических вопросов и мер борьбы с коррупцией. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
corruption, higher education institution, bribery, person, legal consciousness, huquqiy ong, korrupsiya, oliy ta’lim muassasasi, взяточничество, личность, высшее учебное заведение, правосознание, коррупция, право., law., inson, qonun., poraxoʻrlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники